‘z b e k I s t n r e s p u b L ik a s I o L iy va o r t a m a X s u s t a ’l im V a z ir L ig I sh. J. Ergashxo‘jayeva innovatsion marketing



Yüklə 164,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/86
tarix14.12.2023
ölçüsü164,95 Kb.
#176966
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86
Ergashxo`jaeva SH. J.Innovarsion marketing

Talabni shakllantirish -
innovatsion korxonaning potensial xari­
dorlar tovar, uning xususiyatlari, texnik darajasi, iqtisodiy ko‘rsat- 
kichlari, kafolatlari, narxi, xarid bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlar, 
servis haqida, shuningdek, sotuvchining ishonchliligi, uning nufuzi 
va yutuqlari haqida to ‘liq xabardorligi borasida maqsadli yo‘naltiril- 
gan harakatlaridir.
Talabni shakllantirishning asosiy vositasi juda keng usullar va 
texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan reklama hisoblanadi. Talabni 
shakllantirish, ayniqsa, uning iste’mol xususiyatlari haqida xaridor­
lar axborotga ega boTmagan tovar bilan bozorga chiqishda yoki 
korxona ilgari faoliyat ko^rsatmagan va uning tovarlari xaridor­
larga nom a’lum bo‘lgan bozorga chiqishda alohida ahamiyatga ega 
boTadi.
Sanoat innovatsion tovarlariga talabni shakllantirishning asosiy 
usuli potensial xaridorlar bilan to‘g‘ridan to;g ‘ri muloqot o^rnatish, 
ilmiy-texnik simpoziumlar, seminarlar, sinov va namoyishlar o ‘tka- 
zishdir.
Iste’mol yo ‘nalishidagi tovarlarga talab reklama tadbirlari, nam­
oyishlar, ko‘rgazma-sotuvlar o'tkazish, matbuot, radio va televi- 
deniya vositasida jamoatchilik fikriga ta’sir ko'rsatish usullaridan 
keng foydalanish y o ‘li bilan shakllantiriladi. Bunda ijtimoiy, axlo- 
qiy, psixologik, emotsional, estetik va boshqa xususiyatlarni hisobga 
olish shart.
116


In novatsiyalaryetk azib b erish gash artn om a tu/.isli. 
Ko'pcliilik 
liollarda, shartnoma tuzishga kirishishdan oldin muzokaralar o ‘tk;i 
zish va ular muvaffaqiyatii yakunlangan hollarda bu shartnoma- 
ning qanday bo'lishi kerakligini aniqlab olish zarur bo'lib, bu ish 
eng m as’uliyatli va mashaqqatli hisoblanadi. Bunda quyidagilarni 
aniqlash taqozo etiladi:
- soliqqa tortishni optim allash nuqtayi nazaridan shartnoma- 
ning turi;
- shartnoma shakli - bir martalik, ramkali, uzaytiriladigan;
- shartnomaning asosiy shartlarini detallashtirish darajasi (max- 
fiylik, fors-major, nizolarni hal qilish tartibi va h.k.);
- shartnomaning ijrosi o ‘ziga xosliklari bilan bog‘liq masalalar 
ro‘yxati;
- shartnoma shartlari buzilgan holatlarda tomonlaming javobga- 
lik darajasi.
Uchrashi mumkin bo'lgan risklarni bartaraf qilish uchun shartno­
ma tuzishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- bitimning muhim ehtimollarini tadqiq etish;
- moliyaviy va yuridik risklar ro‘yxatini tuzish;
- aniqlangan risklarni bartaraf qilish uchun shartnomaning tako- 
millashtirilgan variantini taklif etish.
Shartnomani tayyorlash bosqichidayoq tomonlar o ‘rtasida «mu- 
nosabatlarni loyihalash» jarayoni boshlangani haqida gapirish 
mumkin bo‘Iadi. Muzokaralar borishini mahalliy huquq va xalqaro 
me’yorlarga mos keladigan namunaviy yuridik shartnomalar mav- 
judligi ancha soddalashtiradi.
Puxtalik bilan bajarilgan tayyorgarlik ishlari va to‘g ‘ri tuzilgan 
shartnoma tomonlarning kelgusidagi o'zaro munosabatlarini sezilar­
li darajada yengillashtirishi mumkin.
Shartnomaning o‘zi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha mu- 
ammolarni hal qilmaydi. Shartnomani diqqat bilan va to ‘g ‘ri tayyor­
lash ikkala tomonning shartnoma amal qilish muddatida ularni hal
117


qilish mumkin bo‘lgan yo'llar haqidagi kelishuvlarini qayd qilishga 
imkon beradi. Shartnoma tuzish juda murakkab va uzoq muddatli 
jarayon sanaladi, biroq shu tufayli kelajakda yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan barcha nizolarning oldini olish imkoniyati paydo bo'ladi.
Shartnomani, undagi barcha tarkibiy qismlar qanchalik aniq de- 
tallashtirilganiga qarab, kelajakdagi asosiy muvaffaqiyat omillari 
qatoriga kiritish lozim.

Yüklə 164,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin