‘z b e k I s t n r e s p u b L ik a s I o L iy va o r t a m a X s u s t a ’l im V a z ir L ig I sh. J. Ergashxo‘jayeva innovatsion marketing



Yüklə 164,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/86
tarix14.12.2023
ölçüsü164,95 Kb.
#176966
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86
Ergashxo`jaeva SH. J.Innovarsion marketing

Yarmarka
— bu namunalarning xalqaro iqtisodiy ko‘rgazma- 
si bo‘lib, u, nomlanishidan qat’i nazar, o'tkazilayotgan mamlakat 
urf-odatlariga muvofiq keng iste’mol tovarlari yoki asbob-uskunalar 
yirik bozorini ifodalaydi, bitta joyning o'zida chegaralangan vaqt 
davomida belgilangan muddatlarda bo‘lib o ‘tadi va unda eksponent- 
larga milliy va xalqaro miqyosda savdo bitimlari tuzish uchun o ‘z 
mahsulotlari namunalarini namoyish etishga ruxsat beriladi. Unda 
olib chiqqan holda savdo qilishga ruxsat etiladi.
K o‘rgazma va yarmarkalarning asosiy ustunliklaridan biri shuki, 
ularda, qoidaga ko‘ra, turli mamlakatlardan turli ishlab chiqaruv- 
chilarning juda ko‘p sonli tovar namunalari mujassam topadi. Bu 
esa xaridorga qisqa vaqt ichida bozorda mavjud bo‘lgan takliflar bi­
lan tanishib chiqish, mutaxassislardan zarur maslahatlar olish, narx
150


va sifat tavsifnomalarini kerakli tarzda taqqoslash, muzokaralar 
o'tkazish, tijorat shartlarini kelishib olish va, nihoyat, shartnoma 
imzolash imkonini beradi. Bunda xaridor yangi mahsulot bilan ishchi 
ko‘rinishda tanishish, u bilan ishlash usullarini, qoilanish sohasi va 
samaradorligini o'rganish imkoniyatiga ega b o iib , bu mashina va as- 
bob-uskunalar xarid qilishda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
K o'rgazm ada ishtirok etish eksponentlarga o ‘z korxonasining 
ham kommunikatsion, ham narx shakllantirish, ham sotuv, ham to­
var siyosatini bir vaqtning o ‘zida amalga oshirish imkonini beradi. 
Marketing vositalaridan boshqa birontasi korxona va uning mahsu- 
lotlarini butun boricha to iiq namoyish etish va shu bilan bir paytda 
mijozlar bilan shaxsiy aloqalar o ‘rnatish imkoniyatini taqdim eta ol- 
maydi.
Innovatsion mahsulotlarni siljitish bo ‘yicha bu ko ‘rgazmalarda 
tuziladigan asosiy tijorat bitimlari quyidagilardir:
- shartnomalarning asosiy turi - bu tovarni kelgusida yetkazib 
bergan holda namoyish etilayotgan namunalar (shuningdek, model- 
lar, chizmalar va kataloglar) b o ‘yicha bitimlar;
- bitimlarning boshqa turi - bu eksponatlarning o ‘zini: mashina 
va asbob-uskunalarni, uzoq muddat foydalaniladigan predmetlar va 
keng iste’mol tovarlarining ayrim turlarini sotishdir. Bunday bitim­
lar tuzishda xaridor xarid qilingan tovarni mos keluvchi ko'rgazm a 
yoki yarmarka yopilganidan so'ng olib ketishi kelishib olinadi.
Eksponentlarning aksariyati ko‘rgazmada ishtirok etishni mar­
keting siyosatining ajralmas bir tarkibiy qismi deb hisoblaydi. 
Marketing vositasi sifatida ko‘rgazmalar korxona uchun marke­
ting tadbirlari xarajatlarini optimallashtirishni anglatadi, chunki 
ko‘p funksionalli ahamiyatga ega b o ia d i. K o‘rgazmalar, shuning­
dek, marketing strategiyasini shakllantirish uchun ko'plab zaruriy 
boshlangich nuqtalar berishi mumkin. Bu ko'rgazm alarning ayrim 
funksiyalariga to ‘xtalib o ‘tadigan b o isa k , yanada aniqroq m a iu m
b o ia d i:
- k o ‘rgazmalar maqsadli bozorlaming o ‘ziga xos ko ‘zgusi hi­
soblanadi;
151


- ko‘rgazmalar yorqin, hayajonli hodisa hisoblanadi hamda po­
tensial xaridorlar va hamkorlarni o ‘ziga jalb qiladi;
- ko'rgazmalar bozor haqida axborot to ‘plashga imkon beradi;
- ko ‘rgazmalar yangi bozorlarni yanada ochiqroq qiladi;
- ko‘rgazmalar narx va erishiladigan natijani to 'g ‘ridan to‘g'ri 
taqqoslashga imkon beradi;
- ko‘rgazmalar intensiv axborot almashinishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, ko'rgazma yoki yarmarkada ishtirok etish
haqidagi qaror ularni o ‘tkazish joyi, ehtimoliy auditoriya tarkibi, 
ko'rgazmaning tarmoqdagi nufuzi, tashkilotchilarning kerakli sha- 
roitlarni ta’minlash qobiliyati, ko‘rgazma maydonlari qiymati, kuti- 
layotgan qatnashchilar va ularning soni kabi mezonlar asosida qabul 
qilinadi.
Ushbu ko‘rgazmada o ‘tgan yillar tajribasi (tuzilgan bitimlar 
soni), tashkilotchilar tomonidan o ‘tkazilgan tadbirlar (simpoziumlar 
va h.k.) va ularning natijalari bo'yicha ishbilarmonlik faolligi xarak- 
teri hisobga olinadi.
Firmaning ko ‘rgazmada ishtirok etishi reklamasi ham u qatorga 
kiradigan qo‘shimcha tadbirlar xarajatlari istalgan holda ham re- 
jalashtirilgan bo‘lishi lozim. K o‘rgazma tashkilotchilari reklamasi 
tashrif buyuruvehilami faqat ko‘rgazma hududiga olib keladi, eks- 
ponent reklamasi esa ularni yanada uzoqroq, korxona stendi tomon 
yetaklaydi.
Eksponatlar namoyishi vizual axborot olishga imkon beradi, bi­
roq ushbu tovarlar ustunliklarini amaliy o ‘zlashtirish vizual qabul 
qilingan axborotdan ustunlik qilishi va bevosita muloqotga olib ke- 
lishi lozim.
K o‘rgazmaiar boshqa hech qaysi axborot vositalarida k o ‘rilma- 
gan darajada maqsadli guruhlar ichida bevosita reaksiyaga olib ke­
ladi va bozorni tahlil qilish uchun to ‘g ‘ridan to‘g'ri dalillar bera­
di. K o‘rgazma hodisa sifatida belgilangan zamon va makon bilan 
bog‘liq ekanligi sababli undagi muvaffaqiyat ham aniq o ‘lchanishi 
va baholanishi mumkin.
152



Yüklə 164,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin