xom ashyo, yarim va tayyor mahsulot ko‘rinishiga kelgunicha
harakatlanadi, to ‘planadi, omborda saqlanadi va saralanadi. n-chi
ishlab chiqarishda iste’mol uchun tayyor mahsulot ya’ni
tovar
k o ‘rinishiga kelgan mahsulot unga bo‘lgan talabga qarab iste -
molchilar o ‘rtasida taqsimlanadi.
M oddiy oqimlarning yuqorida ko‘rib o ‘tilgan harakatlanish
sxemasini asfalt-beton zavodi misolida ko‘rib chiqaylik.
Zavod
tayyor mahsulot, y a ’ni asfalt-beton qorishmasini tayyor
holatga keltirish uchun bir qancha ishlar amalga oshiriladi:
- shag‘alni tashib keltirish uchun avtotransport vositalariga
buyurtma berish;
-
ortish mexanizmlari
va avtotransportning o ‘zaro uzluksiz
ishlashini tashkil etish;
- shag‘al (xomashyo)ni tosh maydalash
va qumni ajratib olish
qurilmasiga yetkazib berishni tashkil etish;
- qurilma uzluksiz ishlashini ta ’minlash uchun m a’lum zaxirani
(omborni) yaratish;
- tosh maydalash qurilmasiga shag‘alni uzatishni tashkil etish;
- asfalt sexining uzluksiz ishlashini ta ’minlash uchun gudron
moyi zaxirasini tashkil etish;
- ombordagi qum va chaqir toshlarni
hamda gudron moyini
asfalt tayyorlash qurilmasiga uzatish;
- tayyor mahsulotni olish va uni sotishni (taqsimlashni tashkil
etish) tashkil etish;
- asfalt qorishmasini kerakli joyga belgilangan vaqtda va kerakli
hajmda yetkazib berish (agar zavod mahsulotlarni yetkazib berish
majburiyatini olgan bo‘lsa).
Bulardan ko‘rinib turibdiki
logistika obyektiga marketolog,
moliyachi, ishlab chiqarishni rejalashtiruvchi va boshqaruvchi
menejer nuqtayi nazaridan qarash ham mumkin ekan.
Dostları ilə paylaş: