M oddiy oqimlar ustidan amalga oshiriladigan logistik operatsi-
yalarga ortish, transportirovka qilish,
tushirish, butlash, taxlash,
joylashtirish va boshqa operatsiyalar kiradi.
Axborot oqimlari bilan amalga oshiriladigan logistik operatsi-
yalarga moddiy oqimlarga taalluqli m a’lumotlami to‘plash, qayta
ishlash va axborotlami uzatish kabi xatti- harakatlar kiradi.
Logistik operatsiyalar bir qancha
belgilariga qarab turlarga
ajratiladi (10- rasm).
I
10- rasm. Logistik operatsiyalarning turlari
Logistik operatsiyalarning yiriklashtirilgan guruhi logistik
vazifalar (funksiyalar) deb ataladi.
Logistik operatsiyalami paxta xomashyosini tashish misolida
ko‘rib chiqaylik (Sh.O.Butayev materiallari).
Tayyorlov punktlaridan paxta
tozalash zavodlariga paxta
homashyosini tashishda quyidagi logistik operatsiyalar bajariladi.
Tayyorlov punktida shibbalangan paxta g ‘arami yumshatiladi va
avtopoyezdga g ‘aram to'plovchi mexanizm yordamida ortiladi.
Avtopoyezdni o ‘zining va yuk ortilgandan keyingi og‘irliklari taro-
zida tortib aniqlanadi. Yukni jo ‘natish hujjatlari rasmiylashtiriladi.
43
Avtopoyezdv yukni paxta zavodiga olib keladi. Avtopoyezdni
o ‘zining va yuk ortilgandan keyingi og‘irliklari
tarozida tortib
aniqlanadi. Olib kelingan yuk qabul qilinib olinadi va kerakli
hujjatlar rasmiylashtiriladi. Qabul qilib olingan yuk tushiriladi va
omborlarga joylashtiriladi. Bu operatsiyalarning to ‘plami (majmui)
logistik funksiyaniv tashkil etadi. Masalan, yuk jo ‘natilishini
tashkil
etish funksiyasi, qabul qilib olish fimksiyasi. Avtopoezdlar kunlik
bajargan ishiga paxta zavodining omborini
kerakli zaxiralar bilan
toMdirish yoki ehtiyojini qondirish funksiyasi deb qarash mumkin.
Paxta xomashyosini tayyorlash va qayta ishlashni ikki bosqichli
logistik funksiya deb qarash mumkin ekan. Bunda birinchi
bosqichda paxta dalaiarida yetishtirilgan
paxta xomashyosini
tayyorlov punktlariga tashib clish va saqlash. Ikkinchi bosqich esa
tayyorlov punktlaridan homashyoni zavodga tashib keltirish va u
yerda uni qayta ishlash.
Dostları ilə paylaş: