9.2. Logistik markazlarning tavsiflari va ularni rejalashtirish
Har bir logistik markaz quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi
(38 - rasm).
38 - rasm. Logistik markazlarning tavsiflari
Rasmdan ko‘rinib turganidek, har
qanday logistik markaz bar-
cha uchun ochiq bo‘lishi kerak. Logistik markaz ixtiyoridagi quril-
ma va uskunalardan barcha ishtirokchilar teng foydalana olishi ke
rak. Logistik markaz tarkibiga kiruvchi ishtirokchilar yagona maq-
sad uchun faoliyat yuritishlari kerak. Logistik markaz faoliyatida bir
necha turdagi transport turlarni ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir.
Logistik markazni boshqarishda uning
muvozanatini boshqarish
asosiy o ‘rin tutadi.
Logistik markazlami yaratishda tadqiqot qilinadigan iqtisodiy
masalalar bir qancha bosqichdan iborat bo‘ladi(39 - rasm).
Birinchi bosqichda yaratilmoqchi bo‘lgan markaz tahlil qilib
chiqiladi.
Bunda logistik markazning turi, logistik markaz xizmat-
lariga bo‘lgan talabni baholash, xizmatlarga bo‘lgan
talabni seg-
mentlash va raqobatni baholash ishlari amalga oshiriladi. Tahlillar
natijasida ko‘rsatiladigan xizmat turlari, talab hajmi va iste’mol-
chilar aniqlanadi.
Rejalashtirishning ikkinchi bosqichida
logistik markazning pa-
rametrlari tahlil qilinib, so‘ngra zarur bo‘lgan investitsiyalar hajmi
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: