o ‘rtasidan kelib chiqqan holda choraklik (yillik) o'zlashtirish natijalarini
aniqiash tartibidan iborat.
Masalan, o'quvchi biror o'quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va
5 ga bajargan, joriy nazorat bo'yicha ham shunday natijalarni qayd
etgan bo'lsa, unga chorak uchun «4» baho qo'yiladi. Bu esa joriy,
o ra liq va yakuniy n a z o ra t pay tid a yaxshi tay y o rg a rlik k o 'r g a n
o'quvchining ijobiy baholanishi o'rniga, chorak yoki yil oxirida muayyan
m a v z u d a n «5» b a ho g a berilgan jav o b la rin in g m u tl a q o in o b atg a
olmasligiga sabab bo'ladi..
Reytingtizimida o'zlashtirish natijasi nazoratning ko'rsatilgan barcha
shakllardan o'tish jarayonida to'plangaii ballarni qo'shish yo'li bilan
aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o'quv
fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5,
8
, 7 ball qo'yilsa, o'quvchining
chorak yoki yarim yillik uchun to'plagan bali 27 ballni tashkil etadi,
bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting balini
to'plam aguncha va barcha nazorat shaklidan o 'tm a g u n c h a attestatsiya
qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim
o'rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir q a to r afzalliklarga ega, chunonchi:
— t a ’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
— o'quvchi bilimini eng adolatli mezonlar y ordam ida aniqiash;
— t a ’limni standartlashtirish jarayoni uchun zaru r imkoniyatlarni
ochib berish;
— t a ’lim standartlarida k o 'z d a tutilgan o 'q u v dasturiga kirgan
majburiy ixtiyoriy mavzularning to'laligicha o'zlashtirilishi;
— o'quvchilarda o 'z ustida mustaqil ishlashga intilish, erkin fikr
yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
— o'quvchilarda yom on baho olishga bo'lgan q o 'rq u v yo'qolib,
uning o'rniga bilimlarni ixtiyoriy o'zlashtirish, mavjud kamchilik va
nuqsonlarni bartaraf etish yo'lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi.
Boshqacha aytganda, qo'rquv o'rniga intilish, rejalashtirish, harakat
qilishga ehtiyoj tug'iladi, o'rganishga nisbatan qiziqish ortadi.
Dostları ilə paylaş: