‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I


SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA



Yüklə 11,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/243
tarix19.10.2023
ölçüsü11,97 Mb.
#157327
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   243
Toxtaxodjayeva M.X. va bosh. Pedagogika

SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA
IJTIM OIYLASHUVI
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib 
turnvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega boMgan jamiyatning 
a ’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs boMishi uchun psixik 
j ih a td a n rivojlanishi, o ‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o ‘z 
xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmogM kerak.
«Individ» nima? Bola maMum yoshga qadar «individ» sanaladi. 
Individ (lotincha «individium» so‘zidan olingan boMib, «boMininas», 
«alohida shaxs», «yagona» m a ’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini 
shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o ‘ziga xos xususiyatlari boMib, uning 
n am o yon boMishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini 
puxta o'rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor 
boMish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.
Individual yondashuv o ‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga 
boMgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga 
ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki 
natijasida shakllana boradi.
K a d rla r tayyorlash milliy m odelida shaxs kadrlar tayyorlash 
tizimining bosh subyekti va obyekti, taMim sohasidagi xizmatlarining 
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida t a ’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual 
va m a ’naviy-axlohiy jih a td a n tarbiyalash, uning har to m o n la m a
rivojlangan shaxs sifatida namoyon boMishiga erishishni nazarda tutadi. 
M a zk u r ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim 
olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi 
h a m d a muayyan kasb yo ‘nalishi b o ‘yicha m ehnat qilish huquqini 
kafolatlaydi.
O d a m n in g ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga avlanishi uchun 
ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiva kerak boMadi. Ana shular ta ’sirida 
o d a m inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o ‘zi nima?
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o ‘sishida namoyon
www.ziyouz.com kutubxonasi


boMadigan m iq d o r va sifat o 'zg arish lar m ohiyatini ifoda etuvchi 
murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, 
quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, 
y a n g in in g p a y d o boMishi, e s k in in g y o 'q o l i b b o r is h i , m i q d o r
o ‘zgarishining sifat o ‘zgarishiga o ‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishning 
manbayi qarama-qarshiliklarning o ‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson iitimoiv maviudotdir degan falsafiy 
ta ’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik. biologik mavjudot hamdir. 
Demak, lining rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham
muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida 
baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va iitimoiv qonun iyatlar 
birgalikda t a ’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib boMmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turm u sh
tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham t a ’sir etadi.
Inson butun umri davomida o ‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham
psixik jihatdan kamolga yetadi, bun d a bolaga berilayotgan tarbiya 
maqsadga muvofiq boMsa, u jam iyat a ’zosi sifatida kam ol topib, 
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o ‘ziga munosib o ‘rin egallavdi. 
Chunki rivojlanish tarbiya ta ’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini t o ‘g ‘ri ko‘rish va bexato baholash u c h un
uni turli m unosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to ‘g ‘ri hal etish uchun uning 
xulqiga ta ’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish 
zarur.
Tarbiya bolaga samarali t a ’sir etishi uchun o'sish va rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. S hu nd ay 
qilib, rivojlanish va tarbiva o ‘rtasida ikki to m o n lam a aloqa mavjud.

Yüklə 11,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   243




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin