Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə35/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Senzitivlik u yoki bu psixik reaktsiyani keltirib chiqaruvchi qo‘zg‘atuvchining eng kam kuchi bilan ifodalanadi. Senzitiv kishilar sezgilar qo‘zg‘atuvchining minimal intensivligini his etadi, chunki ularning sezuvchanligi juda yuqori bo‘ladi.
Reaktivlik - emotsional javobning kuchi bilan belgilanadi. Reaktiv odam — bu o‘ta ta’sirchan bo‘lib, u har qanday tashqi va ichki ta’sirlarga emotsional tarzda o‘z munosabatini bildiradi.
Aktivlik (faollik), ushbu xususiyat kishining shijoati va g‘ayratida namoyon bo‘lib, bu xususiyatga ega bo‘lgan kishilar o‘z maqsadlari yo‘lidagi barcha to‘siqlarni juda katta qat’iyat bilan yengib o‘tadilar, o‘zlarining maqsadlari yo‘lidagi matonat va qat’iyatlilikni namoyon etadilar.
Reaksiya sur’ati kishidagi bilish, emotsional, irodaviy, shuningdek nutqiy hamda xatti-harakat reaksiyalari kabi psixik jarayonlarning kechish tezligini anglatadi.
Plastiklik-rigidlik. Plastiklik insonning tevarak-atrofida o‘zgarayotgan hayotiy shart-sharoitlarga, faoliyat turiga, atrof-muhitga yengil va qiyinchiliklarsiz moslashuvchanligini anglatsa, rigidlik uning bu borada mo‘rtligini, ya’ni atrofidagi barcha o‘zgarishlarga tez moslasha olmasligini, xatti-harakatlarining bir qolipga tushib qolganligini ifodalaydi. .
Ekstraversiya-intraversiya. Ushbu xususiyatlar insonning ko‘proq tashqi muhitga murojaat qilishi (ekstroversiya) yoki o‘zining ichki timsollar olami, tuyg‘u va o‘ylari (introversiya)ga murojaat qilishini anglatadi. Kishilarning ruhiyatidagi ana shu ikki yo‘nalishdan qaysi biri ustun ekanligi ularning reaksiyasini, faoliyatini, ularning kirishimli ekanligini yoki odamoviligini belgilab beradi.
Taniqli psixolog olimlarning ko'plab ilmiy tadqiqotlarida aksariyat yuqori malakali sportchilar kuchli asab tizimi tipiga va uning turli ko‘rinishlariga mansub ekanliklari ko‘rsatilgan. Ularga asab jarayonlarining muvozanatlashganligi xosdir. Asab tizimining mazkur asosiy tipologik xususiyatlari sportchilarning bir qator psixik sifatlarini belgilab beradi va bu sifatlar sportchilarning “katta sportda” ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ular orasida ayniqsa: intellektual va emotsional- irodaviy jarayonlarning yengil va tez paydo boiishi, ularning o‘zgaruvchanligi va barqarorligi; o‘zlariga to'siq bo'layotgan omillarga qarshi kurasha olishi; xatti-harakatlarining faolligi va muvofiqligi; jismoniy yuklamalarga chidashi, ishchanligini tiklay olish qobiliyati va hokazolardir (B.A.Vyatkin, A.P.Kashin, A.V.Rodionov, B.N.Smirnov va boshqalar).
Ushbu ma’lumotlar sportchilar erishgan yuqori natijalaridan kelib chiqib, ular asab tizimining mazkur xususiyatlarini sport faoliyatiga nisbatan bo‘lgan barcha qobiliyatlarining asosi sifatida baholash mumkinligidan dalolat beradi.
Biroq, sportchi faqat kuchga va asab jarayonlarining muvozanatlilik va harakatchanligiga ega bo'lsa, u sportda eng yuqori natijalarni qolga kiritaveradi, deb o‘ylash ham to‘g‘ri emas.
Chunki, bir qator tadqiqotlarda sport faoliyati talablariga tipologik xususiyatlarining kompensatsiyalanishi va temperamentning moslashishi imkoniyati ko‘rsatilgan (V.P.Merlin, V.N.Shadrin,

  1. I.Yakubchik va boshqalar).

Yuqori toifali sportchilar orasida ham kuchsiz, muvozanatsiz, inert asab tizimiga ega bo'lganlari uchrab turadi. Ular haddan tashqari jizzaki va psixik jihatdan beqarordirlar. Biroq, temperament va asab tizimining bunday xususiyatlari ularning sportda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishlariga halal bermaydi. Bunga ko‘p jihatdan ularda individual faoliyat uslubining shakllanganligi yordam beradi.

    1. Sportda individual faoliyat uslubi

Sportda ham boshqa ko‘p sohalarda bo‘lgani kabi insonning induvidualligi juda katta ahamiyat kasb etadi. Sportchi shaxsining induvidual xususiyatlarini to‘g‘ri hisobga olish va buriing asosida uning faoliyati uchun maxsus texnik-taktik uslubni shakllantirish orqaligina katta yutuqlarga erishish mumkin. Induvidual faoliyat uslubi deyilganda asab tizimining tipologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, faoliyat usullari va vositalari hamda ularni bajarishda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beruvchi reaksiya shakllarining birligi tushuniladi.
Induvidual faoliyat uslubini shakllantirish asosan temperament hamda asab tizimi xususiyatlarini bartaraf etish yoki ulardagi salbiy tomonlarni tuzatish evaziga emas, balki mazkur faoliyat uchun ularning ijobiy tomonlaridan samarali foydalanish orqali amalga oshiriladi. Har xil sport turi vakillarida kechadigan ushbu jarayonlar mobaynida bir-biriga mutlaqo o'xshamaydigan reaksiya shakllari, faoliyatning uslub va usullari paydo bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, har qanday holatda ham, induvidual faoliyat turining shakllantirilishi u yoki bu tarzda sportchining tabiiy xususiyatlari: morfologik, funksional va psixik xususiyatlari bilan bogiiqdir.
Masalan, baland bo'yli bokschilar odatda uzoq masofadan turib jang qilish taktikasini qoilaydilar va qarshi hujum uslubidan keng foydalanadilar. Past bo'yli bokschilar esa aksariyat hollarda hujumkor usulni ma’qul ko'radilar va yaqindan jang olib borish taktikasini qo'llaydilar.
Sport murabbiylari sportchidagi morfologik va funksional xususiyatlarni tezda payqaydilar. Sport mashqlarini bajarish texnikasini o‘zlashtirish jarayonida va musobaqaviy harakatlarning taktik sxemasini ishlab chiqishda ularni hisobga olish unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Aksincha, sport tayyorgarligi jarayonida sportchilarning induvidual psixologik xususiyatlarini aniqlash, qolaversa, ularni ratsional tarzda hisobga olish juda qiyindir. Chunki buning uchun murabbiylar maxsus psixologik bilimlarni egallashlari zarur bo‘ladi.
Psixologlar tomonidan sportchilar faoliyatining bir qator dinamik xususiyatlari ularning asab tizimi va temperamenti xususiyatlarigabog‘liq ekanligi isbotlangan. Masalan, turli asab tizimi xususiyatlariga ega sportchilar aynan bir natijaga turli yo'llar bilan, ya'ni turli darajadagi kuch va energiyani sarflash orqali erishishlari aniqlangan. Misol uchun, kuchsiz asab tizimiga ega akrobatlar katta hajmdagi ishni kichik-kichik qismlarga bo‘lib bajarish orqali o‘zlarining juda katta jismoniy ishchanlik qobiliyatlarini ko‘rsa- tadilar. Inert asab tizimi egalari esa, bir xil maromdagi faoliyat jarayonida ish olib borsalar, harakatchan asab tizimi egalari vazifalarni tez-tez o‘zgartirish vositasida yuqori ishchanlik faoliyatini namoyon qiladilar (B. I.Yakubchik).
Muvozanatsiz va harakatchan asab tizimiga ega chang‘ichilar poygani har xil tarzda bosib o'tadilar, muvozanatli va inert chang‘ichilaresa poyga masofasini bir xil tarzda muvozanatli o'tadilar (B.A.Vyatkin, A.Ye.Kondakov, B.S.Valuyev). Inert asab tizimiga ega qilichbozlar sport jangining dastlabki bosqichida stereotiplarni o‘zgartirishlari juda sust o‘tib boradi. Jang nihoyasiga borib esa, ular harakatchan asab tizimiga ega sportchilardan ham ko‘ra tezroq harakat qilishga kirishadilar (A.V.Rodionov).

    1. Chempion-sportchining shaxsiy sifatlari

Rossiyalik taniqli psixolog R.M.Zagaynov Olimpiada chempiotilari bo'lgan - S.Bubka, V.Saneyev (yengil atletika), jahon chempionlari A.Karpov, G.Kasparov, N.Gaprindashvili, M.Cheburdanidze (shaxmat), A.Fadeyeva, V.Petrenko, Ye.Vodorezova (figurali uchish), N.Deryugina, A.Anpilogova (sport o'yinlari) va boshqa ko‘plab sportchilarning shaxsiy psixologi sifatida faoliyat yuritgan davridagi o‘z amaliy tajribalaridan kelib chiqib, ularning tarjimai holini o‘rganib, shuni ta’kidlaydiki, bu oliy maqom toifa vakillari go‘yo asosiy sportchilar guruhining yuqori qismida joylashgandek taassurot qoldiradilar, agar ularni tavsiflashda odatiy sifatlashdan foydalanilsa (mardlik, jasorat, o‘z kayfiyatini boshqara olish va hokazolar), ular uchun mazkur sifatlar soni yetishmas ekan. Ularning xatti-harakatlari, reaksiyasi, o‘z - o‘zini boshqarishi (ayniqsa inqiroz holatlarida) shu qadar o‘ziga xos va individualki, ularni ta’riflash uchun maxsus, nostandart individual shaxsiy tavsifnomalarni qidirib topish lozim bo‘ladi.
Bunday darajadagi sportchilar shaxsini tavsiflash uchun R.M.Zagaynov quyidagi asosiy, eng muhim (super) sifatlarni belgilaydi: “yengilmaslik”, ’’irodalilik” (hamma narsaga qodir irodaviy kuch-qudrat - muallif-Z.Gapparov), “konsentratsiya”, ’’motivatsiya-ustanovka”, ’’professionallik”, “sirlilik”, ’’irimchilik”, ’’qarshilik ko‘rsata olish”, “barqarorlik”. Tilga olingan ushbu eng muhim sifatlar orasida “yengilmaslik” va “irodalilik” chempion- sportchilar shaxsining yetakchi fazilati sifatida alohida ajralib turadi.
Yengilmaslik” —shaxsiy fazilat sifatida, sportchilarning o‘z oldiga sportdan tashqari hayotida ham eng maksimal - yuqori vazifalarni qo‘yib yashashlarini ifodalaydi. Shuni e’tirof etish lozimki, odatda ular hamisha ana shu intilishlariga muvaffaqiyatli tarzda erisha oladilar. “Yengilmaslik” kabi shaxsiy fazilat bo‘lg‘usi chempion-sportchilarda, ular ilk bor rasmiy musobaqalarda ishtirok etib, doimo birdek g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlagan chog‘laridayoq shakllanadi.
Tajriba guruhi a’zolarining tarjimai hollarini o‘rganish shuni ko'rsatdiki, ularning aksariyati Jahon chempioni yoki Olimpiada o'yinlarining chempioni unvoniga to‘g‘ridan - to‘g‘ri (ketma-ket va faqat g‘alaba qozonish bilan) erishganlar. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, zamonaviy professional sport - faoliyat turi sifatida katta g‘alabalarni qo‘lga kiritish uchun mutlaqo mag‘lub bolmaslikni taqozo etadi. Chunki mag‘lubiyat sportchi shaxsiyatidagi o‘z sha’niga hurmat, imkoniyatlariga ishonch kabi eng muhim fazilatlarga qaqshatqich zarba berib, ularni barbod etadi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, chempion-sportchining yoshlik davridayoq shakllanadigan yengilmaslik tuyg‘usi sportchining shaxsiy fazilati sifatida uning tashqi “qiyofasida” (imidjida) ham o‘z ifodasini topadi. Binobarin bu, uning asosiy raqiblariga kuchli psixologik ta’sir ko'rsatadi.
Chempion sportchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘rganish, ularning sportdagi dastlabki va keyingi qadamlarini tadqiq etish, shuningdek har birining shaxsiyatidagi alohida jihatlarni o‘rganish, yengilmaslik fazilati to‘g‘ridan -to‘g‘ri ulardagi motivatsiya doirasiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Chempion sportchi motivatsiyasining o‘ziga xosligi shundaki, u “mutloq motivatsiyalangan” bo'ladi va bu sportchi hali juda yoshligida, sportga kirib kelmasdan avval shakllangan bo'lib (tengdosh bolalar bilan turli o‘yinlar o‘ynaganda ham, doimo g‘olib bo‘lishga intilish, o‘z izzat nafsini yuqori qo‘yish, sha’nini yerga uruvchi har qanday xatti-harakatlarga yoki tanqidlarga keskin munosabat bildirish, boshqalarga o‘zining yetakchi ekanligini singdirish) ehtimol uning irsiy, ongostiga singdirilgan. Va “g‘alaba” hissi motiv sifatida chempion sportchilar uchun bir umrga o‘zgarmas bo‘lib qoladi. (R.M.Zagaynov).
Tajriba guruhi a’zolarining shaxsiy ma’lumotnomalaridan:
Garri Kasparov (15 yil davomida mutloq jahon chempioni bo‘lib turgan):
Karpov bilan bo'ladigan har bir hal qiluvchi jangdan oldin men xudodan, har bir g‘alabam uchun mening umrimdan bir yilini olib tashlashni o'tinib so'rardim. O’shanda g‘alaba qozonish men uchun hayotimdan ham muhimroq edi” (1988-yil).
Anatoliy Karpov (11 yil davomida mutloq jahon chempioni boigan): “mening instinktlarim, mening ongostim darajasida mag‘lubiyat va o‘lim o‘z tabiatiga ko‘ra bir-biriga juda yaqindir. G’alaba esa aksincha, xayotga shu qadar yaqindir. Men uchun g‘alaba bo‘lmasa, hayotning qiymati yo‘q. Jahon chempioni unvonini yo'qotish men uchun qanchalar qimmatga tushganini yolg'iz o'zim bilaman. Holbuki, bu noto‘g‘ri holat bo‘lib, buni men endi angladim. Bu aslida betob falsafa, ammo menga o'xshaganlarning taqdiri ayni shunday” (1992 —yil).
Xo‘sh, boshqa sportchilarning motivlaridagi o‘ziga xos alohida, jihatlari nimalardan iborat?
Sportchilarning asosiy qismida motivatsiya mexanizmi ongli soha darajasida amal qilib, deyarli doimo o‘zini keltirib chiqaruvchi, optimallashtiruvchi qo‘zg‘atuvchiga ehtiyoj sezadi. Bu yerda har bir shaxsning o‘ziga xos tanlangan va bir necha bor sinab ko'rilgan yo‘li mavjud. Bular - o‘z Vataniga muhabbat, jamoasiga sadoqat va hokazolardan tortib raqibga, uning malakasiga nisbatan nafratgacha, yoki o‘z faoliyatining ommaviyligi belgilaridan ilhomlanish (sahna, tomoshabinlar, televideniye) dan tortib, to moddiy extiyojlargacha qamrab oladi.
O’ta yuqori iste’dodli (motivlashgan) chempion sportchilar o‘z tayyorgarligining ayni shu jihatida boshqalardan ancha yuqori turadilar (zero ular o'zlaridagi shunday imkoniyat bilan boshqalarni yenga oladilar) ularning ayni shu fazilatlari bunday sportchilarga o‘zlarini ham (o‘z - o‘zlari bilan kurashda yoki charchoqlarini yengishda) so‘ngra raqiblarni ham yengishga yordam beradi.
R.M.Zagaynovning ta’kidlashicha, chempion sportchi irodasining alohida ajralib turuvchi xususiyati, uning irodasi shaxsning faoliyatda ishtirok etuvchi barcha psixologik tizimlari bilan “bog‘lanish kanallariga” ega ekanligidadir, ya’ni:

  • shaxsning ma’naviy jihatdan quvvatini ta’minlovchi (oziqlantiruvchi), ichki dunyosi bilan;

  • tafakkuri bilan, bunda iroda aql - idrokka “rahbarlik qiladi”, ya’ni faoliyat manfaatlaridan kelib chiqib, eng muhim qarorni qabul qilishga “undaydi”;

  • motivatsiya bilan, bunda iroda motivatsiyani yoki uni optimallashtirish vositasini izlashni boshqaradi.

  • psixofiziologik holat bilan, bunda faqat iroda kuchigina o‘ta kuchli charchoqni yengib o‘tishi, deyarli mavjud boimagan zaxira kuchlarini topadi va hokazo.

Maxsus so‘rovnomalardan birida sobiq SSSR terma jamoasining hamda Tbilisining “Dinamo” jamoasining kapitani, xizrnatko‘rsatgau sport ustasi Aleksandr Chivadze shunday javob qaytargan edi: “O’yin kunlarida menga nimadir yetishmasa, odatda menga ba’zan tetiklik yetishmaydi, men uni o‘z irodam bilan ta’minlayman” (1984 — yil).

Chempion sportchilar yana bir jihatlari bilan boshqa oddiy sportchilar ommasidan, shu jumladan yuqori malakali sportchilardan ham ajralib turadilar. Chempion sportchi hatto kasal bo‘lganda ham, jarohat olganda ham, psixologik ko‘makka muhtoj bo‘lgan sharoitlarda ham startoldi inqiroz vaziyatlarini bartaraf eta oladi va startga optimal jangovarlik holatida chiqishga erishadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin