Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Rag‘batlantirish va jazolashni samarali muvofiqlashtirish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə57/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Rag‘batlantirish va jazolashni samarali muvofiqlashtirish Pedagogikaning an’anaviy tamoyillariga ko‘ra rag'batlantirish va jazolashga doimo katta ahamiyat berib kelingan. Bu usullar insonni biror-bir faoliyatga da’vat etishdagi eng keng tarqalgan usullar hisoblanadi, ayniqsa bu, kishidan o'zining bor imkoniyatlarini namoyon etishni talab qiluvchi sportda yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Rag‘batlantirish va jazolashning samaradorligi ularning adolatliligida, kuchi o‘z vaqtida amalga oshirilishi shaklida, shuningdek sportchi hamda murabbiyning individual xususiyatlarida, boshqaruv usuli va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Rag‘batlantirish va jazolashni samarali ravishda muvofiqlashtirish nihoyatda muhim bo‘lib, bunda albatta rag'batlantirishlar soni ko'proq bo‘lishini talab etadi. Sportchidan sifatli mashg‘ulot o‘tkazishini talab qilish asosida, murabbiylar aksariyat hollarda judayam qattiqqo‘llik qilib yuboradilar. Biroq bu, murabbiylar har kuni va hamisha bir xilda talabchan va qattiqqo‘l bo‘lishlari kerak, degani emas. Jazolash ham yaxshi rag‘bat, lekin sportda ko‘pincha rag‘batlantirishning o‘rni yuqoriroqdir, zero rag‘batlantirish sportning qudratli motividir. Oddiygina so‘z bilan rag‘batlantirish ham sportchiga kerakli daldani berishi mumkin.

Sportchilarni rag'batlantirish uchun faxriy yorliqlar, nishonlar, jetonlar, medallar, sport liboslari, turli sovrinlar, sayohat yo‘llanmalari va hokazolardan foydalanish mumkin. O’z vaqtida va aql bilan ko‘rsatilgan rag‘batlantirish sportchi uchun sportga bo‘Igan qiziqishini uzoq vaqt saqlab qolishida, hamda doimiy faol sportchi bo‘lib qolishida muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. Moddiy motivatsiya Sportchilarni motivatsiyalashda moddiy rag‘batlantirishning o‘rni beqiyosdir.

Kunlardan bir kuni Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan va buning evaziga kvartira olgan sportchidan: “Agar sizdan ushbu yutuqlaringizga faqat birini tanlang, deyishsa, siz uchun kvartira muhimmi yoki Yevropa chempionligimi? -deb so‘rashganida u: “Savolingiz juda kulgili. Men istagan paytim va istagan yo‘l bilan kvartiraga pul topishim mumkin. Qolaversa, millionlab odamlar

kvartiraga egadirlar. Ammo Yevropa chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritganlar sanoqli”, - deb javob bergan edi. Haqiqatan ham aksariyat sportchilar uchun bunday medal o'z hayotlaridagi eng yuqori yutuq hisoblanadi. Zero, bunday yutuq kishiga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, o‘zini hurmat qilish tuyg‘usini shakllantiradi. Uning uzoq yillar davomida o'zgalar e’tiborida hurmat va izzatga sazovor bo‘lib yurishini ta’minlaydi. O’z kasbini puxta egallagan, sohasini sevgan va ko'plab yutuqlarga erishgan bir olimga shunday savol berishgan: “Nega siz shunchalik aqlli bo'la turib, juda kambag'alsiz?”. Olim “Men baxt asosi deb boylikni emas, balki o‘zim yaratgan ixtirolarimni bilaman. Mening maqolalarim, kitoblarim -boyligimdir, qolgan bari narsalar men uchun mayda - chuydadir”, - deb javob bergan. Ha, bu uning qadriyatlar tizimiga bog‘liq. Bu yerda biz savol beruvchi va javob beruvchilarning o‘rtasidagi qadriyatlar tafovutini ko‘rdik. Sportda ham xuddi shunday. Kimdir sportga katta pulni deb kirib keladi. Kim uchundir bu qiziqarli, qiyin va oldindan aytib bo'lmaydigan Olimpiya o'yinlariga bo‘lgan nihoyatda chuqur ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Ular uchun pul mukofotlari ana shu ehtiyojlari ustiga yoqimli qo‘shimcha xolos. Bunday sportchilar boshqalarga nisbatan ancha dadil, yengil harakat qiladigan bo'ladilar, chunki ular yurak xohishi bilan o'ynaydilar, bajarayotgan ishlarini pul topish zahmati, deb tushunmaydilar. Sportchilarda motivlar ko'p bo'ladi ayni paytda ularning yetakchi motivlari, bosh motivlari va asosiy motivlarini farqlash mumkin. Ularning har biri alohida sportchi uchun o'zgachadir. Sportchining moddiy motivatsiyaga haddan tashqari ruju qo‘yishi nihoyatda muhim musobaqalarda kuchli zo'riqishlarni keltirib chiqarib, pand berib qo‘yishi mumkin. Aksariyat hollarda bu musobaqa oldidan sportchi ahvolini yomonlashuviga sabab bo'ladi, musobaqalashuv jarayonida moddiy rag'bat yordam berishi ham va aksincha sportchiga halaqit berishi ham mumkin. Kimdir muvaffaqiyatdan oladigan pulini eslab, charchab turgan holatda ham, hech kim bajara olmaydigan ajoyib usulni namoyish qilishi mumkin. Boshqa birov esa ayni shu holat tufayli, tuzatib bo'lmas xatoliklarga yo‘l qo'yishi mumkin. Ba’zan moddiy rag'batning yo'qligi sportchilardagi kuch - g'ayratning to'laqonli sarf etilishiga to'sqinlik qiladi. Albatta, uzoq yillik mashg'ulotlar jarayonida moddiy
rag‘batning o‘rni muhimdir. Chunki sportchi nima uchun katta sportning barcha mashaqqatlariga dosh berib kelayotganini doimiy his qilib turishi kerak. Albatta, bu ayni paytda shon-shuhratga, mashhurlikka, o‘zining bor imkoniyatlarini namoyish etishga, olzidagi eng ijobiy his-tuyg‘ularni uzoq vaqt davom ettirishga bo‘lgan intilish hamdir. Moddiy rag‘batlantirishlar sportchining darajasiga va real shart-sharoitlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Shuningdek u o‘z vaqtida amalga oshirilishi lozim. Oldindan yoki aksincha vaqt o‘tib ko'rsatilgan moddiy rag‘bat o‘zining motivatsiyalovchi vazifasini yo‘qotishi mumkin.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin