Z. G. Gapparov sport psixologiy asi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə85/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Dastlabki
rejalashtirish
Musobaqada taktik rejani amalga oshirish
§

  1. sxema. Taktik tayyorgarlikning umumiy muammolari.

Musobaqalashuv jarayonida paydo bo'ladigan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun, oldindan taktik xatti-harakatlarning rejasini tuzib olish zarur. Rejalashtirish musobaqalashuv sharoiti va raqib to‘g‘risidagi imkon qadar aniq va toiiq ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga asoslanadi. Rejalashtirish oldiga quyidagi talabiar qo‘yiladi, ya’ni:

  1. Ijodiy bo‘lishi;

  2. Taktik usullar va harakatlarni tanlash nuqtai nazaridan boy bo'lishi;

  3. Yo'naltiriluvchi xarakterga ega bo‘lishi (ya’ni, musobaqalashuv jarayonida u yoki bu o‘zgartirishlarni kiritish mumkin bo‘lishi) lozim.

Taktik rejalashtirishning murakkablik darajasi sport turiga hamda musobaqalardagi kurashning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Yengil atletikada yoki eshkak eshish sportida ishtirokchilarning masofaning ayrim qismlarini bosib o‘tishini taktik harakatlarni oddiy rejalashtirishga misol qilib keltirish mumkin.
Ammo yakka kurashlarda taktik xatti-harakatlarni rejalashtirish juda murakkabdir. Bu yerda rejani tuzish chog‘ida, raqibning taktik o‘y-xayol va niyatlarini bilib olish uchun uning taktik va texnik imkoniyatlarini o'rganish kerak bo‘ladi.
Ayniqsa, sport o‘yinlarida taktik rejalarni ishlab chiqish juda ham murakkabdir. Zero, sport o‘yinlaridagi taktik rejani jamoaviy xatti-harakatlarni, konkret individual vazifalarni hisobga olgan holda ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Taktik harakatlarni rejalashtirishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim:

  1. musobaqaning maqsadi va vazifalarini belgilab olish;

  2. raqibning taktik, psixologik, texnik va jismoniy tayyorgar- ligidagi kuchli va ojiz tomonlarini tahlil qilish;

  3. oldinda turgan musobaqaning barcha shart-sharoitlarini hisobga olish;

  4. musobaqa jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va to‘siqlarni ongli ravishda prognozlashtirish;

  5. muvaffaqiyatni qo'lga kiritish uchun zarur bo'lgan vosita va usullarni o'ylab topish;

  6. musobaqalar jarayonida yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgartirishlarni hisobga olgan holda qo'shimcha (zahiradagi) taktik harakatlar rejasini ishlab chiqish.

Taktik harakatlarni rejalashtirish hamisha ehtimollik xarakterida bo'ladi. Musobaqalar jarayonida, ayniqsa yakkakurashlarda va sport o'yinlarida vaziyat yashin tezligida o'zgarib turadi va oldindan bashorat qilish mumkin bo'lmagan ko'plab holatlarni yuzaga keltiradi. Shu boisdan ham taktik harakatlar rejasini amalga oshirish doimiy tarzda yuzaga kelib turgan joriy vazifalarni hal etishdan iborat bo'ladi. Raqib jamoa yoki alohida raqib ham, xuddi bizning sportchi yoki jamoa kabi g'alabaga intiladi, unga yetish uchun o'zining taktik rejasiga ega bo'ladi.
Taktik rejani amalga oshirish quyidagilarni taqozo etadi:

  1. raqibning taktik niyatini aniqlab olish;

  2. o'z harakatlari taktik rejasini niqoblaydigan usullarni topish va ulardan foydalanish;

  3. kurash jarayonida paydo bo'luvchi juz’iy taktik vazifalarni to'xtovsiz hal etib borish.

Sportchining tahliliy tafakkurga ega ekanligi uning aqli- idrokidan darak berib, uning sport faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun, sportchining tabiiy kuchining o'zi kamlik qilishi, unga qo'shimcha ravishda juda katta hajmdagi maxsus bilimlar,
shuningdek, yuqori darajadagi va keng qamrovli fikrlasn madaniyati ham zarurligini tushunishini anglatadi. (B.Teplov)
Taktik rejani muvaffaqiyatli ravishda tuzish va amalga oshirish uchun zarur boiadigan muayyan psixologik omillarni rivojlantirish kerak. (5 - sxemaga qarang).
kuzatuvchanlik
diqqatchanlik
"тттштштттжтмжтш
antitsipatsiya
taktik tafakkur
konseptual modellar

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin