Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Qat’iyat va matonat quyidagilarni talab etadi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə105/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Qat’iyat va matonat quyidagilarni talab etadi:

  1. Uzoq muddat davomida — doimiy ravishda o'z oldiga qo'yilgan maqsadga erishish ko'nikmasini egallash. Bunda hayot rejimi va sport mashg'ulotlarini, har bir mashg'ulot uchun rejalashtirilgan yuklamalarni: har qanday ob-havo sharoitida, hech qanday bahona va sababga, kayfiyat va imkoniyatlarga qaramasdan doimiy ravishda bajarib borish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi;

  2. Juda katta va imkoniyat chegarasida bo'lgan jismoniy zo'riqishlarga bardosh berish ko'nikmasini shakllantirish. Buning uchun tayyorgarlik mashqlaridagi yuklamalarni asta-sekin oshirib borib, ularni sportchining maksimal imkoniyati darajasiga yetkazish;

  3. Charchoq, og'riq va boshqa og'ir holatlarga chidash ko'nikmasini egallash. Bunda bir tomondan mashg'ulotlarda o'yin va musobaqa uslublaridan foydalanish yordam bersa, ikkinchi

tomondan sportchining o‘z-o‘zini ishontirishi va shuningdek, “Men buni qila olmayman” degan tushunchalarni yengib o‘tib, o‘z-o‘zini majburlashi borasidagi shaxsiy-irodaviy zo‘r berishi yordam beradi.
Sabotlilik va o'zini tuta bilish qobiliyatini rivojlantirish uchun tayyorgarlik mashqlarini musobaqa shart-sharoitiga yaqinlashtirish zarur boiadi. Bunday yo‘l tutish mashg'ulotda ishtirok etuvchini o‘z diqqatini to‘la-to‘kis o‘zi amalga oshirayotgan faoliyatga qaratishga, faoliyatida halaqit beruvchi noma’qul fikrlarga yo‘l qo'ymaslikka (“Men bundan qo‘rqaman, chiday olmayman”), murakkab vaziyatlarda ijobiy fikrlashga o‘rgatadi. Bunda haddan tashqari his- hayajonni, qiziqqonlikni, og‘riqni pasaytirish, hamda apatiya (barcha narsadan ko‘ngil sovushi) holatidagi emotsional tetiklikni oshirish, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, charchoq paytidagi ortiqcha hayajonlarni pasaytirish, shuningdek noqulay ichki b jlat yuz berayotgan bir paytda sport xatti-harakatlarini bajarish texnikasini saqlab qolish uchun irodaviy zo‘r berishni safarbar qilish va tashkil etish uslublarini qollash maqsadga muvofiq. Musobaqalashuv vaziyatlari sportchida tashqi ta’sirlarning ishontiruvchi, ba’zan esa chalg‘ituvchi va halaqit beruvchi jihatlariga asir bolib qolmaslikni shakllantiradi. Boshqacha qilib aytganda, unda turli stresslarga nisbatan bardosh va chidam shakllanadi.
Sportchining irodaviy sifatlarini samarali tarbiyalash uchun uning faoliyatiga obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarning umumiy ta’sirini farqlagan holda hisobga olish zarur. Bu borada bolgariyalik psixolog F. Genov tomonidan tavsiya etilgan sportchining irodaviy sifatlari to‘g‘risidagi quyidagi tasniflash alohida e’tiborga molikdir. Mazkur tasniflashga ko‘ra, 3 ta irodaviy xususiyat, ya’ni: maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik va o‘ziga ishonch barcha sport turlari uchun umumiy hisoblanadi. O’ziga va o‘z xatti-harakatiga hamda imkoniyatiga ishonch hissi sportchi irodasining doimiy bir qismi boiishi kerak, ushbu qismsiz sport faoliyati samarali bolishi mumkin emas. Qolgan irodaviy xususiyatlar quyidagilarga bolanadi:

  1. Mazkur sport turi uchun yetakchi bolgan sifatlar;

  2. Yetakchiga yaqin sifatlar;

  3. ulardan keyingilari (6- jadval)

6-jadval
Ayrim sport turlaridagi irodaviy xususiyatlar ahamiyatining qiyosiy jadvali (F. Genov bo'yicha)

Sport turlari

Yetakchi irodaviy sifatlar

Yetakchi
sifatlarga
yaqinlari

Ulardan
keyingilari


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin