Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


’z-o‘zini nazorat qilish savollari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə107/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

0’z-o‘zini nazorat qilish savollari

  1. Irodaga ongli ravishda xulq-atvorni boshqaradigan jarayon sifatida tavsif bering.

  2. Irodaning asosiy funksiyasi nimadan iborat?

  3. To'siqlar va qiyinchiliklarning irodani tarbiyalashda zaruriy sharti sifatidagi xususiyatlari nimalardan iborat?

  4. Safarbar etuvchi va tashkil etuvchi irodaviy zo'r berishlar qanday funksiyani (vazifani) bajaradi?

  5. Irodani tarbiyalashning asosiy qoidalarini tavsiflab bering.

  6. Irodaviy tayyorgarlik jarayonida irodaviy sifatlarni tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat?

  7. Obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarni yengib o‘tish uslublaridagi asosiy farqlar nimada ko'rinadi?

  8. 0’z-o‘zining irodasini tarbiyalash nima uchun zarur?

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Пуни А. Ц. Психологические основы волевой подготовки в спорте. — JI. 1977.

  2. Медведев В.В. Волевая подготовка - как составная часть пси­хологической подготовки спортсмена. — М.: 1988.

  3. Ильин Е.П. Психология воли. — С.-Пб. 2000.

  4. Рубинштейн C.JT. Основы общей психологии. — СПб.: Питер, 2002.

  5. Иванников В. А. Психологические механизмы волевой регу­ляции. — М.: 1988.

13-BOB.
SPORTCHINI MUAYYAN MUSOBAQAGA PSIXOLOGIK TAYYORLASH
Bugungi sport musobaqalarida g‘alabaga erishish omillari tarkibida ham, shuningdek sportchining muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishiga sabab bo'ladigan omillar tarkibida ham psixologik tayyorgarlikning o‘rni tobora yaqqolroq ko'zga tashlanmoqda.
Buni tasdiqlovchi misollar nihoyatda ko‘p. Misol uchun, 2006 yili Germaniyada bo'lib o'tgan futbol bo'yicha Jahon chempionatining final bellashuvi natijalarini keltirish mumkin. Chempionlik nomiga da’vogar bo'lgan har ikki jamoaning, ya’ni icaliya hamda Fransiya terma jamoalarining asosiy vaqtda erishgan natijasi durang bo'ldi. Qo'shib berilgan vaqtda ham natija durangni qayd etdi. Bunday paytda futbolning xalqaro qoidalariga asosan chempion galma-galdan raqib darvozasiga penalti tepish yo'li bilan aniqlanadi. Penaltining natijalariga ko'ra Italiya terma jamoasi a'zolari chempion bo'ldilar. Bu mazkur jamoa a’zolarining, shuningdek, darvozabonining Fransiya terma jamoasi a’zolariga nisbatan kuchliroq psixologik tayyorgarlikka ega ekanligini ko'rsatdi.
Yana shuni ham aytish mumkin-ki, ushbu kitob muallifining shaxsiy tadqiqotlari natijasida shu narsa aniqlangan-ki, tennischilarning rasmiy o'yinlar chog'idagi faoliyati samaradorligiga ulardagi vaziyat vahimaliligi qay darajada ta’sir etishi o'yin jarayonida, 60 ta to'p o'zatish holatida 85,7% holatda vaziyat vahimalilik darajasi raqibga nisbatan pastroq bo'lgan sportchilar geymda g'olib chiqqanlar. Yuqoriroq vahimalilik darajasiga ega sportchilarning geymda g'oliblikni qo'lga kiritishi 6,3% tashkil etdi. Vahimalilik darajasi bir xil bo'lgan sportchilar 8,5% holatda geymda g'oliblikni qo'lga kiritishi kuzatilgan. Demak, aksariyat hollarda,ya’ni 85,7% miqdorda o'yin davomidagi ustunlik vahimalilik darajasi nisbatan pastroq bo'lgan sportchilarda bo'ladi.
Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko'rish — bu ham psixologik ham pedagogik masaladir. Uni psixologik deyishimizga sabab shundaki, bu yerda gap sportchining har bir sport musobaqasiga psixik tayyorligi, sport mashg'ulotlari jarayonini texnik, taktik, jismoniy, irodaviy tayyorgarlik bilan qo'shib olib borishi haqida

boradi. Sportchini sport musobaqasiga psixologik tayyorlash psixik holatlar toifasiga kirib, uni o‘rganish psixologiya fani doirasidadir.
Masalaning pedagogik jihati esa sportchilarni o'rgatish va tarbiyalash jarayonida musobaqaga psixologik tayyorgarlikni ta’minlash uchun zarur yo'llar va vositalarni izlab topishdan iborat. Shunday qilib ushbu masalani hal etish uchun psixologlar (sport mashg‘ulotlarini chuqur tadqiq etuvchi psixologlar) ham, pedagog-murabbiylar (psixologiya muammolarini yaxshi biladigan murabbiylar) ham masalaning nazariy jihatlarini oydinlashtirishga va sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashni ta’minlashdagi amaliy yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqishga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo'yishlari kerak .
Sporchini muayyan musobaqaga psixologik tayyorlash, sportchi unda o‘zi ishtirok etishini eshitgan paytdan boshlab, to uning mazkur musobaqadagi ishtiroki tugaguncha davom etadi.

  1. Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashning maqsad va vazifalari

Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashning asosiy maqsadi sportchida psixik jihatdan tayyorlik holatini yaratishdan iborat.
Sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash borasidagi ko‘plab ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish va umumlashtirish asosida A.S.Puni sportchilarning musobaqaga psixik tayyorligining o'ziga xos belgisini aniqlagan. (7 — jadvalga qarang)
Musobaqaga psixik tayyorlik holati ham barcha psixik holatlar kabi murakkab ichki ko‘rinishga ega bo‘lib, unda sportchining bo‘lajak musobaqani kutish vaqtidagi turli his tuyg'ulari qorishib ketgan, ularda sportchining o'z sheriklari hamda raqiblari bilan o'zaro munosabati, o'zining bellashuvga kirishishi , bellashuvlarning borishi hamda natijasi (bosqich natijalari, yakuniy natija) to'g'risidagi o‘y fikrlari mavjuddir. Ushbu tuyg'ularning namoyon bo'lishi sportchining xulq-atvori va xatti-harakatidagi o'ziga hos jihatlarini belgilab beradi. E'tiborli tomoni shundaki, ayni shu jihatlarga ko'ra biz sportchining psixik holati va uning o'zgarishlari haqida fikr yuritishimiz mumkin bo'ladi.
Musobaqaga psixik tayyorlik holati ham har qanday psixik holat kabi u yoki bu tarzdagi davomiylikka ega.
Shuni ham ta’kidlash joizki, musobaqaga psixik tayvorlik holati “mashqlangan”, ya’ni sporchming musobaqaga mutloq tayyorlik holatini belgilovchi tushuncha tarkibiga kiradi. Psixik tayyorlik, bu mazkur tushunchaning eng muhim belgisi bo'lib, usiz sportchining “mashqlangan holati” haqida mutlaqo gapirishga o‘rin yo‘q. Zero sportchi psixik tayyorligining o‘zgarishi bevosita uning “mashqlangan holatini” o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
7-jadval.
Sportchilarning musobaqaga psixik tayyorligining
o'ziga xos belgilari



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin