Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


’z-o‘zini nazorat qiiish savollari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə112/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

0’z-o‘zini nazorat qiiish savollari

  1. Sportchini muayyan musobaqaga psixologik tayyorlash qanday maqsad va vazifalarni hal etadi?

  2. A.S.Puni ta’limoti bo'yicha sportchining psixik jihatdan tayyorlik holatiga ta’rif bering.

  3. Musobaqaga psixologik tayyorgarlik ko'rish tizimi qanday bo'g'inlardan tashkil topgan?

  4. Sportchini psixologik tayyorlashni individuallashtirish jarayonida qanday omillarga alohida e’tibor qaratish lozim?

  5. Murabbiyning sportchini musobaqaga psixologik tayyorlashidagi vazifalarini so‘zlab bering.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Гаппаров З.Г. Опыт работы по психологическому обеспече­нию сборной команды Республики Узбекистан по фехто­ванию. Сборник научных трудов «Соглом авлод йилига» ва 2000 йилда Сиднейда булиб утадиган 22 олимпия уйинларига тайёргарлик масалаларига башшланган 5-Республика илмий амалий анжумани, Тошкент 1999, 350-353 с.

  2. Гаппаров З.Г., Шабанов А.А. Роль психологических компо­нентов на начальном этапе обучения альпинистов. Журнал «Фан спортга», № 2-2004, 47-49 с.

  3. Гаппаров З.Г., Предыбайло Т.П., Гаппаров Х.З. Изучение си­туативной тревожности и ее влияние на продуктивность дея­тельности теннисистов в ходе официальных матчей. Журнал «Фан спортга», №3-2005, 32-37 с.

  4. Гаппаров З.Г. Психологическая подготовка футболистов. Учебник «Футбол», 6 гл. под ред. Р.И.Нуримова, Ташкент, 2005, 238-268 с.

  5. Гиссен Л.Д., Время стрессов, - М.: ФиС, 1990.

  6. Горская Г.Б., Основы индивидуализации психолгической под­готовки спортсменов. - Краснодар, 1983.

  7. Ермолаева М.В., Стрижак, Тер-Ованесян И.А. Психолгичес- кая подготовка легкоатлетов: Практические рекомендации.

  • М.: Советский спорт, 1992.

  1. Малкин В.Р. Управление психологической подготовкой в спорте. Екатеринбург, Изд. Уральского университета, 2001.

  2. Родионов А.В. Психофизическая тренировка. - М.: Дар, 1995.

  3. Родионов А.В. Практика психологии спорта, Ташкент «Лидер- Пресс», 2008.

14-BOB.
SPORT FAOLIYATINING IJTI- MOIY—PSIXOLOGIK OMILLARI 14.1. Sport jamoasi kichik ijtimoiy guruh sifatida

  1. Sport jamoasining kichik ijtimoiy guruh sifatidagi umumiy tushunchasi

Sport jamoasini o'z doirasida muayyan sport faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilma sifatida ko'rib chiqish mumkin. Ayni paytda jamoa kichik, tashkillashtirilgan guruh sifatida ham baholanishi mumkin. Zero u kichik guruhlarga xos bo'lgan barcha belgilarga va umumiy xususiyatlarga egadir. Sport jamoasi sportdagi o'ziga xos kichik guruhlardan biridir. Ushbu guruh ixtiyoriy tarzda tarkib topadi. Jamoadagi sportchilar hamkorlikka asoslangan faoliyat bilan mashg'ul bo'ladilar. Ular umumiy maqsad va vazifalarga egalar, hamda o'zaro jismoniy va psixologik muloqotda bo'ladilar.
Sport jamoasini muayyan bir tizim sifatida o'rganayotganda asosiy urg'uni alohida sportchilarga emas, balki ularning o'zaro muloqot va munosabatlariga qaratish lozim. Sportchilar ularni bir joyga to'plaganlari uchungina jamoani tashkil etishinaydi, balki o'zaro muloqot va yaqin munosabatlar hisobiga yaxlit jamoaga birlashadilar. Jamoa a’zolarining aynan shunday o'zaro munosabati shakllari jamoaning yaxlitligini ta’minlaydi.
Sport jamoasining yaxlitligi uning nisbatan mustaqilligini ko'zda tutadi, ya’ni jamoa boshqa sport guruhlariga nisbatan funksional avtonom holatda bo'ladi. O’zgalardan ajralib chiqar ekan, guruh o'z yaxlitligini saqlab qoladi. Sport jamoasining alohida ajralib turishiga murabbiy shaxsi, alohida sportchilar, o'ziga xos sport libosi, ko'krak nishonlari, emblemalari, shuningdek, jamoa haqidagi afsonalar, uning tarixi kabilar asos bo'ladi.
Sport jamoasining alohida a’zosi yagona bir yaxlitlik — sport jamoasining bir elementi sifatida qaraladi. Guruhdagi xulq—atvorning individual shakllari sezilarli darajada o'zgaradi. Ba’zan bunday xulq- atvor faqat guruh tarkibidagi hamkorlik faoliyati doirasida mazmun va mohiyat kasb etadi.
Guruhda shaxs o'zining individual hayotida namoyon etmay- digan bir qator psixologik xususiyatlarga egaligini kashf etadi.
Sport jamoasi “Dinamik yaxlitlik”dan iboratdir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, sport jamoasining istalgan bir qismidagi o‘zgarish uning boshqa qismlarida ham o‘zgarish!arga olib keladi. Masalan, basketbolchilar jamoasidagi birgina o'yinchining almashtirilishi butun jamoaning o‘yini o'zgarishiga olib keladi.
Kichik guruhlar — sport jamoasining eng keng tarqalgan turidir. Ular qatoriga maktab sport seksiyalarini, koiigilli o'smirlar sport maktablaridagi guruhlarni va shuningdek sog'lomlashtirish jismoniy tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan guruhlarni, barcha darajadagi va barcha tur bo'yicha tuziladigan sport jamoalarini, masalan, korxonalar jamoasini (sport komandasini) ifodalovchi, oliy o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlarni ifodalovchi jamolardan tortib, to yirik sport musobaqalarining ishtirokchilari bo'lgan mahoratli sportchilar jamoalarigacha kiritish mumkin.

  1. Sport jamoasining kichik guruh sifatidagi belgilari

Kichik guruhning asosiy belgilaridan biri bu uning a’zolari miqdoridir. Odatdagi talablarga ko‘ra, kichik guruh a’zolari soni o'ttiztadan ortmasligi, juda ko‘pi bilan qirq kishi atrofida bo'lishi kerak. Kichik guruhning eng kam a’zolar soni 2-3 kishidan iborat.
Sport jamoasi kichik guruh sifatida uning har bir a’zosi uchun umumiy maqsadning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Maqsadlarning umumiyligi guruh a’zolarini o'zaro hamkorlikka chorlaydi.
A’zolarning o'zaro ta’siri jamoaning kichik guruh sifatidagi yana bir jihati bo'lib xizmat qiladi. Zero, jamoa a’zolari faqat o'zaro ta’siri vositasidagina o'z maqsadlariga erishishlari mumkin. Guruh a’zoiarining o'zaro hamkorligi sportchilar erishishga intilayotgan maqsad bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham o'zaro hamkorlik va ta’siri kichik guruh va sport jamoasining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur jihatdir.
Kichik guruhning yana bir muhim belgilaridan biri — uning har bir a’zosining mazkur guruhga mansubligini his etishidir. (Bu ayniqsa kollektivlar uchun xarakterli xususiyatdir). Sport jamoasining maqsadlari odatda ijtimoiy mazmun kasb etsa-da, (jamoat, shahar, mamlakat sha’nini himoya qilish) shu bilan birga ular shaxsiy va guruhning o'zigagina dahldor bo'ladi (musobaqada aynan mana shu sportchilardan iborat jamoa, guruh g'alaba qozonishi lozim). Shu bilan bog‘liq ravishda aytish mumkinki, sport jamoasining yana bir o‘ziga xos belgilaridan biri - uning tevarakdagilardan ongli ravishda ajralib chiqishi va o'zgalarga nisbatan avtonom faoliyat yuritishidan iborat.
Kichik guruhning eng muhim belgisi sifatida uning hamkorlik faoliyati jarayonidagi funksiyasi alohida ajralib turishini, shuningdek guruh azolari o‘rtasida rollar va o'ziga xos maqomlarning taqsimlanishini aytish mumkin. Buning yuz berishi sababi shundaki, guruhning har bir a’zosi bir xil qobiliyatga ega emas va ular umumiy maqsadga erishish yo'lida jamoa faoliyatiga turlicha hissa qo'shadilar. Bundan tashqari, guruhning har bir a’zosi o'ziga xos individual psixologik xususiyatlarga ega bo'lib, ular nafaqat ushbu a’zolarning faoliyat uslubiga, balki ayni paytda muloqat stiliga ham o'z ta’sirini o'tkazadi. Natijada guruhning har bir azosidan musobaqalashuv jarayonida yoki tayyorgarlik mashqlari davomida muayyan xulq-atvor va xatti-harakatlar kutilib, bunday hoi ularning muloqot jarayoniga ham taaliuqlidir.
Sport jamoasining yana bir belgisi - bu axloq me’yorlari yoki ijtimoiy me’yorlar hisoblanib, ular faoliyat jarayonida hamda muloqotda qaror topgan va belgilab qo'yilgan axloq- odob standartlaridan(me'yorlaridan) iboratdir. Ularga rioya etish individning, ya’ni alohida shaxsning jamoa hayotiga qo'shilishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi.
Bu me’yorlar jamoa hayoti uchun nihoyatda muhim bo'lgan

  • regulyativ (tartiblash), baholash, barqarorlashtirish va hokazo funksiyalarni bajaradi. Guruhga xos bo'lgan me’yorlarning namoyon bo'lish shakllari nihoyatda ko'p bo'lib, ular guruh hayotining turli qirralarini qamrab olishi mumkin. Bular: turli marosimlardan tortib, ma’naviy — axloqiy yo'nalishlarda aks etadi. Ularda sportchilarning faoliyatini va muloqotini boshqaruvchi asosiy jihatlar, o'zaro huquq va burchlar, axloq - odobning namunaviy me’yorlari va hokazolar o'z ifodasini topadi. Sport jamoasidagi guruhga oid me’yorlarning qat’iyligi jamoa uchun guruhga oid maqsadlarning qay darajada muhimligiga bog'liq bo'ladi: agar bu maqsad qanchalik ahamiyatli bo'Isa. odob me’yorlari ham shu darajada qat’iy bo'ladi. Ushbu me’yorlar musobaqalashuv jarayonida, mashq paytida va undan bo‘sh paytlardagi sportchining xatti- harakatlarini tartibga soladi.

  1. Sport jamoasining kichik guruh sifatida ijtimoiy rivojlanishi darajasi

Ijtimoiy yetukligi darajasiga ko'ra sport jamoalarini diffuz guruhlarga, assotsiatsiyalarga, kooperatsiyalarga va kollektivlarga ajratish mumkin.
Diffuz guruhga misol qilib endigina tashkil etilgan futbol jamoasini keltirish mumkin. Uning a’zolari bir-birlarini hali yaxshi bilmaydilar, hatto ba'zan ular umuman notanish bo'ladilar. Bunday holda ular bir-biriga xayrixoh ham bo'lmaydilar, shuningdek ular orasida bir-birini yoqtirish va yoqtirmaslik hislari ham kuzatilmaydi. Bunday holdagi o'zaro muloqotda tashabbus va rag'bat ham ko'zga tashlanmaydi.
Assotsiatsiya darajasida guruh a’zolari umumiy maqsad tevaragida birlashadilar, biroq ularning barchasi ham ushbu maqsadni bir xil darajada qabul qilmaydi; garchi guruh a'zolarining xatti- harakatlari u qadar muvofiq kelmasa va ularning fikrlarida tarqoqlik mavjud bo'lsada, guruhiy faoliyatning amalga oshishi kuzatiladi. Bunday hollarda guruh doimiy ravishda rahbarning aralashuviga ehtiyoj sezadi, uning aktivlari endigina qaror topa boshlaydi. Guruh a’zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlar nisbatan tez qaror topadi, biroq do'stlar davrasiga xos munosabatlar tarzida ular hali aniq namoyon bo'lmaydi.
Kooperatsiyalar darajasida guruh a’zolarining yakdil harakatlari aniq namoyon bo'ladi, ularning qarashlari yagona, qadriyatlari umumiy, unga intilishlari ham bir xil bo'ladi. Guruh tartiblashgan tizim sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi mumkin bo'ladi. Guruh a’zolari o'rtasidagi munosabatlar va muloqot ishchanlik xarakteriga ega bo'lib, ular umumiy maqsadga erishish uchun yo'nalgan bo'ladi. Ammo bu darajada ham guruh faoliyatining yo'nalishi u qadar muhim ahamiyat kasb etmaydi,shuning uchun ham uning ijobiy tomonga,ya’ni jamoa tomon o'sishi ham,shuningdek salbiy tomonga

  • korporatsiya tomon og'ishi ham yuz berishi mumkin (Korporatsiya

  • guruhning salbiy rivojlanish tarmog'ini ifodalaydi; u kollektiv manfaatining aksi bo'lib, korporatsiyaning paydo bo'lishini ijobiy baholab bo'lmaydi).

Kichik guruhlar yetuklik darajasining oliy shakli bu jamoaning kollektiv sifatida shakllanishi bo‘lib unda guruhning har bir a’zosi o‘zini jamoaning bir bo‘lagi deb biladi, jamoa o‘z faoliyatini oliy ijtimoiy ideallarga yo‘naltirganda va jamiyat uchun manfaatli vazifalarni hal etayotganda guruh a’zosi o'zining jamoadagi o'rnidan qoniqadi.

  1. Referent guruhlar

Sotsial psixologiyada yana referent guruhlar ham farqlanadi. Referent yoki etalon guruhlar, guruh tomonidan belgilangan me’yorlar, ko'rsatma va yo'nalishlar kishi tomonidan o'z ijtimoiy xulq — atvorini shakllantirishda e’tiborga olinibgina qolmay, balki ular xulq- atvorining yetakchi motiviga aylanadi. Inson bir paytning o'zida bir qancha guruhlarning a’zosi bo'lib (mansublik guruhlarining a’zosi) hisoblanar ekan, u o'zini hamma bilan ham identifikatsiyalashni istamaydi. Bunda inson uchun shunday guruhlar ham mavjudki, ularning fikri mazkur jamoa a’zosi uchun o'ta muhim hisoblanadi. Masalan, sportchi o'zi muayyan bir jamoada o'ynab turib,boshqa bir jamoaning taktikasi va o'yin uslubini qo'llab -quvvatlashi mumkin, bunday hollarda uning uchun referent guruh bo'lib o'zining jamoasi emas, balki raqib jamoasi hisoblanadi.
Referent guruhlarning o'rni shundaki, ular o'ziga xos standartlarni (me’yorlarni) yaratib beradi, mazkur me’yorlar asosida kishi o'ziga va boshqalarga baho beradi, ular ta’sirida uning ijtimoiy qadriyatlari va ustanovkalari shakllanadi. Muayyan guruhning standartlarini o'z xatti-harakatlari uchun namuna sifatida qabul qilar ekan, kishi ayni paytda mazkur jamoani o'zining referent guruhi sifatida e’tirof etadi.

  1. Sport jamoasining tarkibi


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin