Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Uchinchi yo'nalish sport faoliyatini psixologik boshqarishdan



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə91/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Uchinchi yo'nalish sport faoliyatini psixologik boshqarishdan iborat bolib, bu — sportchining mashg‘ulotlar jarayonida va musobaqalar chogldagi holati va xatti-harakatlarini boshqarish bo‘yicha amaliy ishlar majmuini tashkil etadi. Bu ish ko‘p jihatdan sport murabbiysining va umuman sportchi bilan birga ishlaydigan kishilarning psixologik tayyorgarligi, bilimi va tajribasiga bogliq boiadi. Sportchining holati va xatti-harakatlarini boshqarish quyidagi tarzda namoyon boiadi:

  1. Muayyan motivlarni tanlashda (sportchini izchil ravishda o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlariga ko‘niktira bilish).

  2. Muloqotning o‘ziga xosligida (tayyorgarlik mashg‘ulotlari va musobaqalar chog‘ida yuz beradigan turli vaziyatlarda sportchiga nimani va qanday aytishni bilish).

i 3. Musobaqalar oldidan va bevosita start oldidan sportchini
maxsus sekundirlashda.

  1. Startoldi holatlarida sportchining o'z holatini boshqarish va o'z-o'zini tartibga solishiga yo‘naltirilgan hamda mashg‘ulotlar yoki musobaqalardagi kuchli zo'riqishlardan so‘ng o‘zini qayta tiklab olishga yo‘naltirilgan maxsus psixologik tadbirlardan foydalana bilishda.

  1. Psixologik tayyorgarlik to‘g‘risida umumiy tushuncha

Hozirgi zamon jahon sporti uchun xos bo‘lgan xususiyatlar sifatida sport natijalarining izchil va sezilarli darajada o‘sishi, sport musobaqalari ishtirokchilari tomonidan nafaqat jismoniy, balki ayni paytda juda katta psixik kuch-quvvatni sarflashni tilga olish mumkin. Agar sportchi shaxsining psixik funksiyalari va psixik xususiyatlari kerakli darajada rivojlanmagan bo‘Isa, hatto jismoniy va texnik jihatdan juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan sportchining imkoniyatlari baland bo‘lganda ham musobaqada g‘alabaga erisha olmasligi mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, sportchining takomillashishida psixologik tayyorgarligi xuddi uning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi kabi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Sportchining psixologik tayyorgarligi, sportdagi ta’lim tarbiya jarayonining muayyan bir qismidir. U muayyan sport turidan kelib chiqqan holda shaxsning psixik funksiyalarini hamda xususiyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan.
Sportdagi jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik jarayonida sportchining harakat faolligining barcha ko‘rinishlari ularni ongli ravishda boshqarish asosida rivojlantirilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi. Psixologik tayyorgarlik jarayonida esa, aynan mana shu boshqaruv mexanizmlari rivojlanadi, ya’ni sportchining ongi takomillashadi.
Barchaga ma’lumki, sportchining ongi sezgi va idrok, tasavvur hamda xayol, xotira, diqqat, nutq, iroda, xarakter, his-tuyg‘ular va hokazolar tarzida namoyon bo'ladi.
Psixologik tayyorgarlik jarayonida shaxsning psixik funksiyalari va xususiyatlari takomillashib, sportchining har xil sport turlarida o‘z faolligini namoyish etishiga bog'liq tarzda uning psixoenergetikasidan imkon qadar to'laroq foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Masalan, ayrim sport turlarida psixoenergiyadan muayyan vaqt oralig‘ida asta-sekin foydalaniladi, boshqa bir sport turlarida esa psixik quvvat birdaniga portlash kabi sarflanadi.
Psixologik tayyorgarlik sportchi uchun o‘ta muhim bo‘lgan psixik sifatlar va shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishning tabiiy jarayonlarini tezlashtirishga ko‘maklashadi. Psixologik tayyorgarlikning usul va vositalarini qo‘llash sportchida mustaqil ravishda o‘z irodasini tarbiyalash, faol ravishda takomillashib borish tuyg‘ularini shakllantirib, uni musobaqalashuv faoliyatining ekstremal sharoit­larida o‘z psixik holatini ongli ravishda boshqarishga o'rgatadi.
Sportchilarni psixologik tayyorlash sohasida olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sportchilarning nafaqat eng yuqori malaka va mahoratga erishishlarida katta ahamiyat kasb etuvchi psixik funksiya va holatlar, balki shaxsning aynan bir xil funksiyalari yoki xususiyatlarining turli sport sohalaridagi talablarga ko‘ra inson psixikasida bo'ladigan o‘zgarishlarga bogiiq ravishda namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xosliklar ham nihoyatda ko'pdir. Masalan, sport gimnastikasi, o‘q otish, og‘ir atletika kabi sport turlarida diqqatning bir joyga jamlanganligi nihoyatda muhimdir. Sport o‘yinlari, o‘nqir-cho‘nqir joylarda yugurish, qilichbozlik, kurash va boshqa yakkakurashlarda esa sportchidan o‘z diqqatini bir paytning o‘zida bir necha qo‘zg‘atuvchilarga taqsimlashini talab qiladi. Bu albatta mazkur sport turlari ishtirokchisining noodatiy yoki kutilmagan qo‘zg‘atuvchilarga tezkor javob harakatini qiiish zaruriyatini tug‘diradi. Agar gimnastikada, stendli otishda, basketbolda (jarima to‘plarini tashlash) harakatlarni juda aniq muvofiqlashtirish zarur bo‘lsa, shuningdek bu sport turlarida mashg‘ulotlar jarayonida o‘rganilgan stereotiplardan ozgina cheldnish xato va muvaffaqqiyatsizlikka sabab bo'lsa, boksda, sport o‘yinlarida esa aksincha, muvofiqlashtirishning turli variantlarini qo‘llash talab etiladi. Zero, bu o‘yinlarda sportchidan o‘z harakatlarini sport kurashining har bir lahzada o‘zgarib turuvchi shart-sharoitlarda bajarish talab etiladi. Oddiy reaksiya tezligi — bir sport turining belgisi bo‘lsa, murakkab reaksiya tezligi esa boshqa sport turlarining belgisidir. Shunday qilib sport faoliyati turli sport turlariga oid ko‘rinishlarda sportchidan psixik jarayon va holatlarning juda katta kompleksini yuqori darajada rivojlantirishni talab etadi. Zero, mazkur psixik jarayonlar sportchi faoliyatining barcha qirralariga,

tayyorgarlik mashqlari va musobaqa jarayonida shuningdek, uning rivojlanishi va umuman har bir sport turining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda rivojlanib boradi. Sport faoliyatidagi psixik jarayonlar va funksiyalarning qanchalar xilma - xil bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning barchasi uchun umumiy bo'lgan ayrim jihatlar ham mavjud, ular quyidagilardan iborat:

  1. odatda ular, har qanday sport turi uchun xos bo‘lgan va hamisha sportchi psixik kuch-quvvatining maksimal darajadagi zo‘riqishi bilan bog'liq, ekstremal sharoitlarda kechadi va namoyon bo'ladi;

  2. ushbu sharoitlarda ular juda katta keskinlik va mukammalik darajasini topadi;

v) ular juda qisqa vaqtda namoyon bo'ladi, ularning vaqt davomiyligi mazkur sport turiga bog‘liq holda aniqlanadi;
g) emotsional omillar ta’siri ostida tebranishlarga va hatto keskin o‘zgarishlarga osongina uchraydi.
Sport faoliyatidagi psixik funksiya va holatlarning ayni shu xususiyatlari juda muhim ahamiyatga esa bo‘lib, sportchilarni psixologik tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlarda alohida hisobga olinishi zarur.

  1. Psixologik tayyorgarlikning maqsadlari

Psixologik tayyorgarlikning umumiy maqsadi sportchining sportda yuqori darajadagi yutuqlarga erishishi uchun zarur bo'lgan psixik sifatlarni rivojlantirish, unda psixik barqarorlik va mas’uliyatli musobaqalarda ishtirok etishga tayyorlik holatini qaror toptirishdan iboratdir. Biroq sportchini psixologik tayyorlashning maqsadli yo‘nalishi faqatgina shundan iborat emas. Uning oldiga jahon sport rekordlarini o‘rnatish uchun shart- sharoitlar yaratish, sport iste’dodlarini yetishtirish yoilarini izlash va shu kabi yana bir qator maqsadlar ham qo‘yilgan.

  1. Psixologik tayyorgarlikning turlari va ularning asosiy vazifalari

Sport psixologiyasida odatda sportchini umumiy psixologik tayyorlash va sportchini muayyan musobaqaga psixologik tayyorlash kabi turlari farqlanadi.
Psixologik tayyorgarlikning har ikkala bo'limi ham o'ziga xos vazifalarga ega, biroq ularning hal etilishi bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir.
Umumiy psixologik tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Sportchi shaxsining ijobiy xususiyatlarini shakllantirish va o'stirish;

2.Sporchining bilishga oid psixik jarayonlarini yuqori darajada rivojlantirish.

  1. Sportga oid his-tuyg'ularni kengaytirish va chuqurlashtirish ularni boshqarish bo'yicha ko'nikmalarni shakllantirish;

  2. Sportchining irodasini mustahkamlash, uni irodaviy zo'riqishini safarbar etishga o'rgatish;

  3. Barcha psixik funksiyalarni ongli ravishda boshqarish usullari bilan qurollantirish;

6.O’z harakatlari va faoliyati, shuningdek organizmning funksiyalarini ongli ravishda boshqarish darajasini oshirish;

  1. Sportchilar jamoasida ijobiy “psixologik iqlim”ni yaratish.

Sportdagi psixologik tayyorgarlikning yuqorida tilga olingan vazifalari sportchilarni tayyorlashdagi bu murakkab jarayonlarga xos imkoniyatlarning barchasini qamrab olmaydi, balki umumiy psixologik tayyorgarlikning asosiy tendensiyasini ifodalaydi.
Umumiy psixologik tayyorgarlik butun sport musobaqasi jarayonida jismoniy, texnik hamda taktik tayyorgarlik bilan birga shakllanishi va rivojlanishi kerak. Albatta, tayyorgarlikning yuqorida tilga olingan tomonlarini amaliy jihatdan egallash jarayonida bir qator psixologik funksiyalar ma’lum darajada rivojlanadi. Biroq sportchilar uchun zarur bo'lgan psixik funksiyalarni yuqori darajada takomillashtirish uchun ularni rivojlantirish borasida maqsadga yo'naltirilgan ishlarni amalga oshirish zarur bo'ladi. Umumiy psixologik tayyorgarlikning mohiyati aynan shulardan iborat. Sportchini muayyan musobaqaga maxsus psixologik tayyorlashning asosiy vazifasi sportchining mazkur musobaqada ishtirok etishi uchun psixik tayyorlik holatini yaratishdan iborat.
Umumiy psixologik tayyorgarlik sportchining sport bilan shug‘ullana boshlagan ilk kunlaridan boshlanadi. Bu tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun sport murabbiysi sportning psixogrammasini puxta bilishi kerak. (11.8. bandga qarang)

  1. Psixologik tayyorgarlikni tashkil qiiish prinsiplari

Sportchini psixologik tayyorlashni tashkil qiiish sport murabbiysi ta’sir ko'rsatishi lozim bo'lgan obyektning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda sportga xos didaktika prinsiplariga tayanadi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • onglilik prinsipi

  • faollik prinsipi

  • har tomonlamalik prinsipi

  • izchillik prinsipi

  • takroriylik prinsipi

  • hammaboplik prinsipi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin