Z. G. Gapparov sport psixologiy asi


Psixologik mashqlar asosan umumiy psixologik tayyorgarlik doirasida qo‘llaniladi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə94/138
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103282
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138
18-45 Sport psixologiyasi

Psixologik mashqlar asosan umumiy psixologik tayyorgarlik doirasida qo‘llaniladi. Shuningdek, ulardan sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash jarayonida ham foydalaniladi. Psixologik mashqlarning mohiyati shundaki, ularda sportchi tomonidan zaruriy psixik xususiyatlarning namoyish etilishini faollashtirish maqsadida muayyan xatti-harakatlar qayta—qayta takrorlanadi. Psixologik mashqlardan oldin hamisha muayyan maqsad qo‘yilib, mazkur maqsadda psixologik yo'nalish o‘z ifodasini topadi. Masalan, qo‘Ilarni siltanish harakatini bajarish chog‘ida harakatlarning amplitudasini aniq takrorlash hisobiga harakat sezuvchanligining darajasini oshirish maqsad qilib qo‘yiladi. Eng yuqori yuklama bilan bajariladigan mashqlarda ushbu yuklamani yengib o'tish hisobiga sportchining irodaviy kuchini mustahkamlash vazifasi qo'yiladi va hokazo. Sport trenajyorlarining kompyuter dasturlari ham zarur psixik sifatlarni takomillashtirishga xizmat qiladi. Trenajyorlar (kompyuter dasturlari) yordamida murakkabligiga ko‘ra juda xilma- xil vaziyatlarni modellashtirish mumkin. Ushbu modellar sportchi qabul qilgan qarorning to‘g‘riligi haqida uning vaqt oralig‘ida tutgan xususiyatlari va hokazolar haqida muayyan axborotni beradi. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining pedagogika va psixologiya kafedrasida ana shunday trenajyorlarning kompyuter dasturlari ushbu kitob muallifi tomonidan yaratilgan (“Sinxro”, “Slalomist”, “Taktik”).
Psixologik mashqlarning mazmuni va shakli sport turining maxsus jihatlari mazmuni va sportchi psixikasining ixtisoslashtirilgan ko‘rinishlari shaklida aniqlanadi.
Psixologik ta’sir ko'rsatish. Bu sportdagi shunday o‘ziga xos muloqot shakli bo‘lib, u sportchi shaxsining ijobiy xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Psixologik ta’sirlar psixologik mashqlardan o‘zining izchilligi bilan farqlanadi. Psixologik mashqlar jarayonida sportchi psixikasining u yoki bu tomonlarini takomillashtirish uchun sportchi tomonidan muayyan topshiriqning aniq bir harakati amalga oshiriladi (bunda sportchi o‘zining psixik jihatlarini namoyon qilishda faollik ko‘rsatadi). Psixologik ta’sirda bunday bevositalik bo‘lmaydi, ular odatda sportchini shunday faol munosabatlar shakliga tayyorlaydiki, sportchi bu shaklni o‘z faoliyatida va xulq-atvorida maqsadga muvofiq, deb tan oladi.
Psixologik ta’sirning sportchi faoliyati maqsadi va motivlari bilan mos kelishi ijobiy natija beradi. Bunday moslik mavjud bo‘lmagan hollarda psixologik ta’sir o‘zining ma’no-mazmunini yo‘qotadi.
Psixologik ta’sirning egalari sifatida sport murabbiylari, jamoa psixologlari, sport jamoasi, sport jamoasining yetakchisi, hurmat- e’tiborga sazovor bo‘lgan sportchilar, ishdagi hamkasb do'stlar, sport jamoatchiligi va hokazolar boiishi mumkin.
Sportchini umumiy psixologik tayyorlash vazifalarini bajarish vaqtidagi psixologik ta’sirlarni qo‘llash uslubiyati ko‘p jihatdan tarbiyaviy ishlar uslubiyatiga muvofiq keladi. Biroq ular bu bilan cheklanmaydi.
Sportchilar bilan tarbiyaviy ish olib borishning asosiy uslublari bu-tushuntirish, ishontirish, suhbat, rag‘batlantirish, majburlash va shu kabilardir. Psixologik ta’sirni qo'llash metodikasida esa o‘zining shakllangan shaxsiy xususiyatlari natijasini chuqur o‘rganish asosida sportchilarga psixologik bilim berish birinchi o'ringa chiqadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin