Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat uninersiteti


Nanotexnologiyalar va nanomateriallarning paydo



Yüklə 62,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix07.01.2024
ölçüsü62,92 Kb.
#208078
1   2   3   4   5
xrpt 2tlpmd4th5s56hg3cavzdo9t12l8cnr584jk8d5e8m04vfuyggmjvk4lceiet20ptj2rmvvk0vd

1.3. Nanotexnologiyalar va nanomateriallarning paydo
bo‘lishi tarixi
Ilm-fan taraqqiyotida nanotexnologiya va nanofizika fan
sifatida eng yosh yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Uning
rivojlanish tarixi haqida aniq bir fikr bildirish qiyin. Biroq hozirgi
kunda nanotexnologiyalarning bobosi grek faylasufi Demokrit
hisoblanadi. U 2400 yil oldin moddaning eng mayda zarrachasini
ta’riflash uchun birinchi bo‘lib “atom” so‘zidan foydalangan.
Keyinchalik, 1861-yili irlandiyalik Robert Boyl Yer shari
suv, o‘t, yer va havodan iborat bo‘lib, ular ham mayda
zarrachalardan tashkil topganligini ta’kidlagan. Hozirgi kunda
Demokrit va Boyl g‘oyalari fanda qo‘llanib kelinmoqda.
Shuningdek, bir necha faylasuf va olimlar ham moddalarning


10
mayda zarrachalardan tashkil topganligi haqida o‘z g‘oyalarini
ilgari surishgan.
1883-yili amerikalik ixtirochi Jorj Istmen tomonidan
fotoplyonkaning yaratilishi nanotexnologiyada keskin
burilishga olib keldi. Uning ixtirosi nanotuzilmali materiallar
olish imkoniyatini oshirdi.
Shveysariyalik fizik Albert Eynshteyn nanometr birligini
ishlatib, 1905-yilda nashr qilingan ishida qand (shakar)
molekulasining o‘lchami taxminan 1 nanometrga teng ekanligini
nazariy jihatdan ko‘rsatib bergan.
1931-yilda nemis fiziklari Maks Knoll va Ernst Ruskalar
birinchi marta nanoobyektlarni o‘rganish mumkin bo‘lgan
elektron mikroskop yaratdilar.
1932-yilda esa gollandiyalik professor Frits Sernik optik
mikroskopni yaratdi. U bu mikroskop yordamida tirik
hujayralarni o‘rganishga harakat qilgan. Hozirda bu mikroskop
tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, 1939-yili “Siemens”
kompaniyasi birinchi marta aniqlash imkoniyati 10 nanometr
bo‘lgan elektron mikroskop ishlab chiqarishga erishgan.
1959-yilda amerikalik fizik Richard Feynman Amerika
fiziklari hamjamiyatining yillik yig‘ilishida miniatyuralash
kelajagini baholay olgan ishlarini e’lon qildi.
Nanotexnologiyalarning asosiy holatlari uning “Bir kovakda
ming kovak” (“There`s Plenty of room at the Bottom”) deb
nomlangan Kaliforniya Texnologiya institutida o‘qigan
ma’ruzasida keltirilgan edi. Ma’ruzaning asosiy postulati
shundan iborat ediki, fizikaning fundamental qonunlari nuqtayi
nazaridan barcha narsalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri atomlardan hosil
qilish mumkin. Feynman maxsus qurilmalar yordamida juda
kichik o‘lchamli qurilmalar, hatto atom darajasidagi
qurilmalarni yaratish mumkinligini aytib o‘tgan. O‘sha vaqtda
uning bu so‘zlari fantastikaga o‘xshab ketar edi: ayrim atomlar
bilan o‘tkazish mumkin bo‘lgan texnologiyalar hali yo‘q edi
(ya’ni, atomni aniqlab olish, uni olib boshqa joyga qo‘yish va
boshqalar). Bu sohaga qiziqishni kuchaytirish uchun kim
birinchi bo‘lib kitobning bir betini igna uchiga yozib bersa,
unga 1000 dollar berishni e’lon qilgan. Biroq qurilmalarni,


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 
https://kitobxon.com/oz/asar/1856
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 
https://kitobxon.com/uz/asar/1856
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/1856

Yüklə 62,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin