Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə11/64
tarix23.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#120177
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha ped

1.Davlat maktablari;
2.Xususiy maktablar;
3.Oraliq maktablari mavjud.
O’qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o’qish va yozuv alohida ahamiyatga ega fanlardan hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30 foizi ajratiladi. O’rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi 60 minut. O’quv yili besh chorakka bo’linadi. Fransuz maktablari boshlang’ich sinflari ertalab o’qish, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Fransiya tizimida bolalarni go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan:
Kichik guruh: 2-4 yosh.
O’rta guruh: 4-5 yosh.
Katta guruh: 5-6 yosh.
Maktabga tayyorlov guruhi 5-6 yosh bo’lib, ularga Fransiyada 100 % shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun dastur va darsliklar mavjud.
Fransiyada boshlang’ich ta‘lim maktablariga olti yoshdan o’n bir yoshgacha bo’lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktab bepul va majburiydir.
Boshlang’ich sinflarda o’qish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1.Tayyorlov bosqichi;
2.Elementar kurs – bu bosqich ikki yil davom etadi;
3.CHuqurlashtirilgan bosqich;
Fransiya universitetlarida oliy ta‘lim uch turkumda amalga oshiriladi:
1 turkum: umumiy bo’lib, o’qish muddati ikki yil davom etadi.
2 turkum: O’qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi.
3 turkum: O’qish bir-ikki yil davom etadi.
Fransiyada oliy ma‘lumot beruvchi va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmatlar ko’rsatish, informatika mutaxassisliklarga ixtisoslashgan. O’qish muddati ikki yil hisoblanadi. Bundan tashqari sakkiz haftalik ishlab chiqarish amaliyoti ham mavjud.
Raqamlarga qaraydigan bo’lsak, Fransiya oliy ta‘limi nihoyatda jozibador. Mamlakatda yashaydigan yoshlarning 2 millioni Fransiya oliy ta‘lim muassasalarida tahsil oladi. Bu esa umumiy talabalarning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Talabalarning 16,6 foizi ikki yillik muxandislik kursida “BTS” (Bretvetdet erhnicien supor: eur) yoki DUT (diplome uninversitaire de ternologie) diplomlariga ega bo’ladilar, qolganlari esa biznes va menejment sohasini tashkil qiladi.
Ko’pgina xorijlik talabalar Fransiyaga Osiyo, Afrika va Amerikadan kelib o’qishadi Yevropa va Amerikadan kelgan ko’pgina talabalar gumanitar fanlar bo’yicha tahsil oladilar. Fransiya jahon talabalarini jalb etish uchun oliy o’quv yurtlari ko’rgazmalarini uyushtirib turadi. Ayniqsa, jahon talabalarini Fransiya oliy ta‘lim maktablarining kam harjligi qiziqtirmoqda. Lekin eng muhimi shundaki, xorijlik talabalar oliy o’quv muassasalariga sinov va imtihonlarsiz qabul qilinadi. Fransiya universitetlariga o’rta maktabni bitirib kirish mumkin, ammo o’rta ta‘lim attestatidan tashqari fransuz tilini mukammal bilish haqidagi diplom, ya‘ni DELE/DALF sertifikatlari bo’lishi lozim. O’rta maktab attestati baholari esa qaysi yo’nalishda o’qishingizni belgilab beradi. Fransiyaga o’qishga kelgan talabalar uchun yana bir imkoniyat bor, bu Fransiya hukumati tarafidan yashash va uy-joy harajatlarini to’lashga yordam berish, ya‘ni harajatlarning 20 foizidan 40 foizgacha to’lanishidir.
Fransiya universitetlaridagi o’quv jarayoni uch bosqich jarayonga bo’lingan, har biri yakuniy imtihon topshirish va diplom olish bilan yakunlanadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin