Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə3/64
tarix23.05.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#120177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti maktabgacha ped

Nazorat savollari :
1. Komparativistik pedagogika fanining mohiyati, maqsadi va vazifasi qanday?
2.Jahon pedagogikasida ta’lim amalga oshirilishi qanday olib borilmoqda ?
3. Jahon mamlakatlarining ta’lim tizimida qanday maorif muammolari bor ?
4. Chet el ta’lim tizimi haqida nimalarni bilasiz ?

Adabiyotlar ro`yxati :


1. Jahon mamlakatlari tarixi . 1994 y
2. AQShda huquqiy ta'lim tizimi . 2001 y
3. Germaniyada kasb-xunar ta’limi .(Xorijda ta’lim ).Ma’rifat – 2002 .


2-mavzu: Komparativistik pedagogika fanining taraqqiyot bosqichlari.
Reja
1. XIX asr oxirlarida Komparativistik pedagogika .
2. Komparativistik pedagogika fan taraqqiyotining davriy xususiyatlari .
3. XIX asr oxiri XX asr boshlarida fan va madaniyat .


Tayanch iboralar: . XIX asr oxirlarida Komparativistik pedagogika, fan va madaniyat
Texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo‘lgan extiyojni kuchaytirib yubordi .
Rivojlangan mamlakatlarda 12-13 yoshgacha bo`lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul o‘qitish joriy qilindi . Bu omil aholi savodxonligining oshishiga olib keldi , imtiyozli o‘quv yurtlari tarmog‘i kengaydi . Biroq xalqning asosiy qismi qashshoq yashaganligi , yomon uy-joy sharoitlari , bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir qator mamlakatlarda ko`plab bolalarni o‘qishni oxiriga yetkazmasdan maktabni tashlab ketishiga majbur qilardi . Ayni paytda , ta’lim sohasidagi salbiy jixatlarni xam ko‘rmaslik mumkin emas edi .
Chunki, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni millatchilik , irqchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi .
Xususan, AQShda xalq maorifi tizimi irqchilik ruhida edi. Negrlarning bolalari uchun alohida maktablarda oq tanlilarning bolalari uchun tashkil etilgan maktablardagiga qaraganda katta xajmda bilim berilar edi . Mamlakatda hukm surayotgan irqchilikka qarshi kurash masalasi Garriyut Bicher- Stounning «Tom tog‘aning kulbasi» asarida o‘z ifodasini yaqqol topdi . Bu davrda Sharqda xalq ta’limi sohasida G‘arbning yutuqlari tashviq qilina boshlandi . Yevropa ta’siri kuchaydi .
XX asr boshlariga kelib , jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi , texnikaning yanada ildam taraqqiyoti diniy xurofotlardan holi bo`lgan ilmiy dunyoqarashning mavqeyi mustahkamlanishi uchun sharoit yaratdi. Gumanitar fanlarda , birinchi navbatda , falsafa , iqtisodiyot nazariyasi , adabiyot va sotsiologiyada realistik voqelikni aks ettiruvchi asarlar yuzaga keladi . Bir qator olim va yozuvchilar insonlarning yaxshi yashashi uchun , demokratiya , tenglikni ta’minlovchi jamiyatni barpo qilish maqsadida shunga intiluvchi g‘oyalarni ifodalovchi va ulug‘lovchi asarlarni yuzaga keltirdilar .
Lekin, qanday qilib bo‘lsa xam boylik to`plashga xarakat qilishni tasvirlovchi asarlar xam paydo bo‘ldi. Bu davrda madaniyat, adabiyot va san’atning demokratik asosda rivojlanishi uchun sharoit yaratildi .Ayniqsa , bu narsa adabiyotda yaqqol o‘z ifodasini topdi , shu sababli tanqidiy realizm va naturalizm yuzaga keldi .
Tarixchilar insoniyat taraqqiyotining turli davrlari haqida juda katta ashyoviy dalillar to‘pladilar . Bu davrda xam azaliy kurash yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash, mafkuraviy , g‘oyaviy hayotning asosini tashkil qildi .
Gumanitar soha olimlari XX asr boshida ro‘y berayotgan Yangi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishni kuchaytirdilar .
Bu davrda falsafa fani xam rivojlanib davrga moslashdi . Ilgari ma’rifatparvarlik kuchli bo`lsa , endi inson huquqlariga e’tibor kuchaydi . Fanning rivojlanishi bilan uning jamiyatdagi o`rnini belgilash , barcha ijtimoiy muammolarni hal etishda fanning ijobiy xodisa ekanligini asoslash kuchaydi .
Bu davrning mashhur faylasuflaridan biri Fridrix Nitshe (1844-1900) inson irodasi masalasiga katta e’tibor berdi . Inson borlig‘ida maxluqlik va xoliqlik birlashib ketganini asoslashga harakat qildi. U zardo‘shtlik ta’siri ostida «Zardo‘sht tavallosi» asarini yozdi . Bu asarda kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasi ilgari suriladi .
Z.Freyd ( 1856-1939) - psixoanaliz nazariyasining asoschisi , dunyoga tanilgan olim . Uning asarlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropada adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi . Freyd qilgan buyuk inqilobining moxiyati shundaki , u Dekartning inson to‘g‘risidagi tasavvurlarini inkor etib fenomenologik
(favqulodda , nodir) yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil qilish mumkinligini asoslab berdi . Psixoanaliz an’analarga muvofiq ongsizlik bilib-bo‘lmas jarayon deb tushuntiriladi .
Tarixiy taraqqiyotining davriy modeli , Dune dinlari (buddaviylik , xristian , islom)ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil ekanligi g‘oyalari ilgari surildi . Shu tariqa cherkov vijdon erkinligi , diniy e’tiqod erkinligi , barcha dinlarining tengligi tamoyillariga toqat bilan ko‘nika boshladi .
Bu davrda jahon demokratik madaniyatining fondi Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari yozuvchilarining ijodi bilan ham boyidi . Atoqli Yapon yozuvchisi A.Ryuneske novellalarida parazit mulkdorlar axloqining inqirozi , xalq ommasining umumiy kuchini anglash o‘z aksini topdi .
Hind gumanisti yozuvchisi R.Tagor ( 1861-1941) falsafiy teranligi va badiiy barkamolligi bilan ajralib turuvchi romanlar , hikoya va she’rlar bilan butun dunyoga mashxur bo`ldi .
Fransuz adibi Viktor Gyugo ( 1802-1885) o‘zining «Daxshatli yil , « Dengiz zaxmatkashlari» , «Xo‘rlanganlar» , «To‘qson uchinchi yil» kabi asarlarda zulmga , jaholat va adolatsizlikka qarshi norozilik , bosqinchilikka nafrat , kurashchan xalqqa xayrixoxlik bildiradi va haqoratlangan mehnatkash insonning fojiali hayoti va kurashini tasvirlaydi .
Bu davrda , Yaponiyalik mashxur yozuvchi Simey Ftabateyning «Suzayotgan bulutlar» , Roka Tokutominning «Kurasivo» , «Yashamagan yaxshi» romanlari feodal qoldiqlariga qarshi , milliy qadriyatlarni asrashga xorijning ma’naviy tasviriga qarshi qaratilgan edi . Hindistonda Bengal yozuvchisi Shorotchandra Chattopadnoy , shoir Muxammad Iqbol asarlari shahar va qishloq xayotini yorqin tasvirladi , xalqni uyg‘onishga undadi .
Shunday qilib , XIX asr oxiri XX asr boshlarida fan va madaniyat ancha yuksalib insonlarning yaxshi hayot kechirishlari uchun xizmat qila boshladi .
Nazorat savollari :
1. XIX asr oxirlarida pedagogika fanida qanday o‘zgarishlar , yangiliklar bo‘ldi ?
2. Komparativistik pedagogika taraqqiyotining uch davrida ta’lim sohasi haqida gapiring .
3. XIX asr oxiri XX asr boshlari jahon adabiyotining yirik namoyondalari ijodi haqida gapiring .

Foydalanilgan adabiyotlar :


1. Buyuklarning mezonlari . AQShda huquqiy ta’lim tizimi ( xorijda ta’lim) . Inson va qonun. 2001 y
2. Xorijiy davlatlar ta’lim tizimiga oid Internet ma’lumotlari .
3. Jahon tarixi . (darslik) T-2006 y.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin