O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Z.M. BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fakulteti
O‘zbekiston tarixi kafedrasi
«O‘zbek davlatchiligi tarixi» fanidan
Mavzu: O‘zbekistonda milliy davlatchilik
poydevorining barpo etilishi
Tayyorladi: Zikrullaev Jahongir Bahromjon o‘g‘li
3 kurs (301-guruhi)
Tekshirdi: dotsent Mo‘minov X.M.
Andijon - 2022
R E J A:
Kirish
1. O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyatning shakllanishi.
2. Milliy davlat boshqaruv tizimining barpo qilinishi.
3. Mahalliy davlat hokimiyatining tashkil topishi.
Xulosa
Kirish
O‘zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi sharofati bilan ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida muhim o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshdi va bu jarayon davom etmoqda. Demokratik tamoyillar asosida O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida davlat hokimiyatining turli tuzilmalarida o‘zgarishlar yuz berdi. Siyosiy sohada, xususan milliy davlat hokimiyati organlarini barpo etish va shakllantirish borasida katta yutuqlarga erishdi.
Mashaqqatli va sinovlarga boy bo‘lgan o‘tish davrida hukumatimiz tomonidan ko‘plab islohotlar o‘tkizilib, huquqiy demokratik davlat va fukoroli jamiyatini barpo etishga kirishildi. Xalqimizning uzoq tarixiy tajribasiga, milliy an’analariga tayangan holda ilg‘or mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni o‘rganib, O‘zbekiston o‘zining milliy davlat boshqaruv tizimini joriy etdi. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lin tanlab, bozor iqisodiyotiga o‘tish, xalqaro huquqning mustaqil sub’ekti sifatida jahon hamjamiyatiga kirish yo‘lini tutdi. Prezident Islom Karimov o‘z asarida: «YAngilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak», — deb ko‘rsatgan edi. Ayni chogda siyosiy sohada bu: « »,1— deb ta’kidlagan edi. Ana shu yo‘l-yo‘riqlar va ko‘rsatmalar asosida mamlakatda muhim ishlar amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida uzoq va yaqin o‘tmish tariximizni o‘rganish va tadqiq etish masalasiga katta e’tibor qaratildi. Xususan, O‘zbekiston tarixining mustaqillik yillari tarixni yaratish dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda. Bunda mustaqillik yillar taraxining mazmunini kengaytirish va tarixiy saxifalarini boyitishda mamlakatimizda milliy davlatchilik poydevorining barpo etilishi masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. SHu nuqtai nazardan mavzuning dolzarbligi ham shu bilan belgilanadi.
Bugungi kunda mavzuga doir ko‘plab tarixiy va huquqiy adabiyotlar mavjud bo‘lib, ularda mustaqillik yillarda O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlar, davlat boshqaruv tizimining shakllanishi, uning o‘zigi xos tomonlari va huquqiy asoslari kabi masalalari yoritilgan.
Mavzuni o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va SHavkat Mirziyoevning asarlari va nutqlari1 muhim hisoblanadi. Mamlakatimizda amalda bo‘lgan davlat boshqaruv tizimining mohiyati va ahamiyatini, hamda uning huquqiy asoslarini tadqiq etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstititsiyasi2 va amaldagi qonuniy hujjatlar muhimdir.
Mavzuni o‘rganishda asosiy manba sifatida «O‘zbekistonning yangi tarixi»ning «Mustaqil O‘zbekiston tarixi»3 deb nomlangan uchinchi kitobini ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari istiqlol yillarida yaratilgan bir qator tarixiy adabiyotlarda4 biz tanlab olgan masalani muhim jihatlari yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: |