ichki sekretsiya bezlari va uning yosh xususiyatlari
III. Qalqonsimon va qalqon orqa bezlari. Qalqonsimon bez bo`yinning oldingi sathida hiqildoq va traxeya ssohasida joylashgan bo`lib, traxeyani ikkinchi va to`rtinchi halqalari damida bo`yincha bilan birikkan ikkita bo`lakdan iborat. Bu bez tug`ilishidan ancha oldin faoliyat ko`rsata boshlaydi va u homilani normal o`sishi uchun nihoyatda zarur bo`ladi. ikki yoshda uning vazni taxminan ikki gramm bo`ladi. balog`atga yetish davrida va postpubertat davrida 25-30 yoshgacha bez kattalashadi. katta odamda vazni taxminan 25-30 g bo`lib, 50 yoshdan keyin asta-sekin kichiklashib boradi.
Qalqonsimon bezning gistologik kesmalaridan follikular deb ataladigan ko`p sonli yirik bo`shliqlar ko`rinib turadi. Ularda bezni yodli gormonlari: tiroksin va triyodotronin mavjud bo`ladi. Follikulalar orasidagi bo`shliqlarda g`ovak biriktiruvchi to`qima bo`lib unda qalqonsimon bezni boshqa gormoni –kalstitonin ishlab chiqaradigan profolikular to`qima joylashgan.
Qalqonsimon bezning gormonlari biosintezida yod ishlatilish munosabati bilan sog`lom odamda yodga ehtiyoji taxminan 150-220 mkg dan iborat. Qalqonsimon bezning funksiyasini markaziy nerv sistemasini idora qiladi. Qalqonsimon bez funksiyasini o`zgarishi ko`rsatib o`tilgan gormonlar sintezining buzilishi va ishlab chiqarilishi kuchayishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin, bu gormonlar jismoniy va aqliy rivojlanish jarayonlarini idora qilishda ishtirok etadi.. ular maddalar almashinuvi, ayniqsa, asosiy almashinuv tezligini oshiradi, to`qimalarda oksidlanish jarayonlari va issiqlik hosil bo`lishini kuvhaytiradi, to`qimaning nafas olishini idora qilish orqali organizmdagi energetik va biosintetik jarayonlarni qulay darajada saqlab turadi, organlar funksiyasini shoshilinch sharoitga moslashtirishda ishtirok etadi, markazit nerv sistemasining aktivligini oshiradi, o`sish gormoni sekretsiyasini quvvatlab turadi.
Ushbu bez gormonlari bo`lmish tiroksin va triyodtironin homilaning rivojlanishida, to`qimalarning o`sishi va differensiyalanishi jarayonlarida muhim rol o`ynaydi. Ular, markaziy asab tizimidagi neyronlarni normal morfologik va biokimyoviy differensiyalanishi, neyroendokrin boshqaruv (gipotalamo-gipofizar-ginodali, gipotalamogipofizar-buyrak usti bezlar) tizimlarini yetilishi uchun o`ta muhimdir. Antenatal ontogenezda tireoid gormonlari yetishmasligi yoki ortiqcha bo`lishi markaziy asab tizimi rivojlanishi va suyaklarni qotish jarayonini buzilishiga olib keladi.
Bola 7 yoshga kelib, uning qalqonsimon bezi massasi yangi tug`ilgan bolanikiga nisbatan 3,5 barovar kattalashadi va funksiyasi ham kuchayadi. Ushbu davrda pireoid gormonlar juda muhim bo`lib, ularning yetishmasligi o`sishni susayishiga, aqliy va jinsiy to`liq rivojlanmay qolishiga olib keladi. Ushbu hodisalar majmuini kretinizm deb ataladi.
Qalqonsimon bez massasini va uning sekreto faoliyatini tazkor ortishi jinsiy voyaga yetish davrida sodir bo`ladi. Bunda vaqtinchalik pubertat gipertireoz holati paydo bo`lishi mumkin va u, qo`zg`aluvchanlikni yuqori bo`lishida, yurak urishlarini, asosiy almashinuvni va ozib ketishni kuchayishlarida namoyon bo`ladi. Bezning gormonlarini sintezi va sekretsiya qilinishi jinsiy gormonlarga bog`liqdir. Testosterone va astrogenlar bezga bevosita hamda gipotalamus va gipofiz orqali ta’sir qilinishining murakkab mehanizmida rag`batlantiruvchi, testosteron ta’sirida tormozlovchi faoliyat kuchlidir.
Bola hayotining birinchi oylaridayoq gipotireoz belgilarinkuzatish mumkin. Bu hol bolani ona suti bilan boqish to`xtatilganda ancha yaqqol namoyon bo`ladi, chunki sut orqali ona organizmidagi gormonlar ham o`tadi. Sun’iy ravishda ovqatlantiriladigan bolalarda tiroksinning yetishmasligi ancha erta kuzatiladi: bola bo`shashgan, kam harakatchan, befarq bo`ladi, deyarli tetiklashmaydi, onasini tanimaydi, o`yinchoqlar o`ynamaydi, och bo`lsa ham uzoq muddat ovqat so`ramaydi, oy o`tgan sari o`sish va rivojlanishdan orqada qoladilar, vaqti kelsa ham boshini to`g`ri ushlay olmaydi,o`tirmaydi, yurishni boshlamaydi, boshi tanasiga nisbatan katta, bosh tepasidagi liqqildoq esa 2 yoshga yetganda ham yumshoq bo`ladi. Tishlarini chiqishi ham kechikadi, ular tez buziladi, sochlari siyrak, teri och rangda, yuz shishgansimon bo`ladi.
Bunday bolalar qanchalik ko`p vaqt davolanmay yursa, uning organizmida shunchalik chuqur va tuzalishi qiyin bo`lgan o`zgarishlar yuz beradi. Usgbu hastalikni davolash tireoid gormonlar bilan birgalikda vitaminlarga boy va tarkibida yod bo`lgan mahsulotlar bilan to`la qiymatli ovqatlanish orqali amalga oshiriladi.
Qalqonsimon bez yuksak gormonal faollikka ega bo`lgan yarim suyuq kolloid bilan to`la bez follikulalaridan iborat. Bez qon va limfa tomirlariga juda boy. Odamdagi qalqonsimon bez vazni o`rta hisobda 15-30 g yoki tana vaznining 0,05% ni tashkil etadi. Shunga qaramay, bu bezdan soatiga 5-6 l qon o`tadi, bu organizmdagi qonning hammasi demakdir.
Qalqonsimon bezning ikkita gormoni ma’lum: tiroksin (tetrayodotronin) va triyodotronin. Bu gormonlar (tireoid gormonlar) organizmda yod va tirozin aminokislotasidan sintezlanadi. Qon plazmasidagi yosning 90-95% tiroksin tarkibida bo`ladi. Tireoid gormonlarning faqat 0,1% plazmada erkin holda bo`lib, qolgan qismi oqsillarga bog`liq. Faqat erkin tiroksin fiziologik faollikka ega, ammo triyodotroninning faolligi tiroksinga nisbatan 4-10 karat yuqori.
Zamonaviy axborotlarga ko`ra odam va hayvonlar organizmida, maxsus gormontirokalsitonin mavjud. Bu gormon kalsiy almashinuvida ishtirok etadi. Tirokalsitonin qalqonsimon bez follikulalari tashqarisida parafollikulalar hujayralarida hosil bo`ladi. Uning ta’siri ostida qonda kalsiy miqdori kamayadi. Tirokalsitonin ta’sirida suyak to`qimasidan kalsiyning ajralishi to`xtaydi, ammo unda kalsiy zaxira bo`lishi oshadi. Tirokalsitonin suyak to`qimasini buziladigan osteoklastlar funksiyasiga salbiy ta’sir yetkazadi, ammo yangi suyak to`qimasining hosil bo`lishida ishtirok etadigan osteoblastlar funksiyasini kuchaytiradi.