Bog‘cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy motivlaming ta’siri bilan bir qator kodaviy sifatlar, ya’ni qat’iylik, mustaqillik, tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar taridb topa boshlaydi. Lekin bog‘cha yoshidagi bolalar irodasining bunday sifatlari katta odamlamikidek mustahkam, ya’ni xaiakter xislatlariga ayianib ketgan darajada bo‘lmaydL 0 ‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ko‘rinadigan ba’zi iroda sifatlari (qafiylik, mustaqillik kabi) ko‘pincha epizodik xarakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to‘sqinlik uchrab qolsa, o‘zlari mustaqil ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Lekin bu ishning ular uchun og‘irlik qilayotganligi sezilib turadi. Shu sababli bunday to‘sqinliklar chiqib qolgan paytda ular kattalami yordamga chaqiradilar. Uzoqroq davom etadigan to‘sqinliklami engishga bog‘cha yoshidagi bolalaming chidamlaii etmaydi. Bajarayotgaii islilaii ulami juda qiziqtirsa, ular uzoq davom etadigan to‘sqinliklami ham chidam bilan engishga harakat qiladilar. Shunday qilib, bog‘cha yoshida bolaning irodaviy harakatlari har tomonlama rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Bolalar irodasini rivojlantirib borish ulami maktabga tayyorlash shartlaridan biridir. Maktabdagi o‘qish jarayoni dastawal bolalardan irodaviy (ixtiyoriy) harakatlami va iroda sifatlarining anchagina rivojlangan bo‘lishini talab qiladi. Agar bolalar o‘z xatti-harakatlarini o‘zlari idora eta olmasalar, maktabning qat’iy tartib-qoidalariga rioya qila olmaydilar. Natijada ulaiga sistemali bilim berish mumkin bo‘lmay qoladi. Shuning uchun tarbiyachilar va ota-onalar bolalariga har xil topshiriqlar berish orqali ulaming irodalarini tarbiyalab borishlari zarur. www.ziyouz.com kutubxonasi