Z nishanova, G. Alimova



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/170
tarix09.07.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#136186
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   170
@mustaqilishlar Bolalar psixologiyasi

Proyektiv metodlar.
Proektiv metod — shaxsni o‘iganish metodlaridan biri. Unda 
shunday eksperim ental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar 
sinaluvchilar tomonidan talqin etilishi mumkin bo‘ladi. Aynan 
sinaluvchining bergan talqinini tahlil etish orqali uning shaxsi haqida 
muayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental 
vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi 
o ‘z ichki kechinm alari, o ‘y-xayollari, orzulari, q o ‘rquv va 
xavotirlarini tashqariga chiqaradi. Makatbgacha yoshdagi bolalar bilan 
ishlaganda q o ‘llan ilad ig an o d atdagi proektiv m e to d ik a la r 
quyidagilardan iborat: “ Bola appertseptsiya te sti” , “ Oilaviy 
ustanovkalaming Jekson testi”, “Dyuss ertaklar metodikasi” va 
hokazolar. Ushbu metodikalami qo ilash asosan individual ish 
jarayonida amalga oshirilib, ancha ko‘p vaqt talab etadi. Proektiv 
metod asosida o ‘tkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda 
tadqiqotchidan katta mahorat talab qilinadi.
Faoliyat mahsulini o‘rganish metodi.
Faoliyat mahsulini o ‘rganish orqali maktabgacha yoshdagi 
bolalarni o r’ganish haqida gap ketganda, birinchi navbatda, 
bolalaming tasviriy faoliyati mahsullarini tahlil qilish nazarda tutiladi. 
Shu tufayli tasviriy faoliyat mahsullarini o‘rganishga asoslangan 
metodlar o‘z nomi bilan grafik metodlar deb ataladi. Grafik metodlar 
o ‘z ichiga rasm chizish m etodikalari - “Odam ni chizgin” , 
“Avtoportret” , “Erkin mavzudagi surati” , “Dunyo surati”, “Oila 
rasm i” , “ O ilaning kinetik s u ra ti” , “ Uy, daraxt, o d a m ” —
www.ziyouz.com kutubxonasi


“Geometrik shakllardan odam rasmini yig‘ish” , “Daraxt” grafik 
testi, “Grafik diktant” va boshqalami oladi. Yuqorida tilga olingan 
metodik vositalar adabiyotlarda batafsil tahlil etilgan.
Test.
Test - shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish 
darajasini o‘lchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yig‘indisi. 
Test metodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) 
qoilaniladi.
Ushbu m etod bir qator ustun tomonlarga ega: tadqiqotni 
sinaluvchilaming katta guruhi bilan o‘tkazish mumkin; natijalami 
hisoblash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Metodning asosiy 
kamchiligi shundaki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi haqida 
m aium ot berolmaydi.
Psixologiya fanida hozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos 
xususiyatlar, uning em otsional-irodaviy sohasiga xos sifatlar
motivatsion sohasiga tegishli xususiyatlar, individual-tipologik 
xususiyatlar, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni 
aniqlaydigan maxsus test to‘plamlari mavjud.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin