Mazkur vazifalami muvaffaqiyatli bajarish uchun psixologiya o ‘qituvchisi o‘qitish metodikasinl mukammal egalagan bo‘lishi кегак. 0
‘qitish metodikasini yaxshi bilish nafaqat ta’lim usullari va metodlarini samarali qo‘llash, balki mavjud psixologik ma’lumotlar ichidan eng ishonchli, pedagogik jihatdan muhim ma’lumotlami ajratib olish uchun ham zamr bo‘ladi, ular asosida esa psixologiya kursi tuziladi. Quyidagi tamoyillar psixologiya kursining tuzilishi uchun asos bo‘ladi: 1.Barcha psixik hodisalar voqelikning in’ikosi- aksidir. Faoliyat jarayonida odam olamni aks ettirar ekan, u olamdagi narsa va hodisalar, ularning xususiyatlari, ular o ‘rtasidagi munosabatlar haqida bilimga ega bo‘lib boradi. Voqelikning inson tomonidan aks ettirilishi faol xarakterga egadir. Chunki u insonning atrof olamga ta’sir ko‘rsatish va uni o ‘zgartirishga qaratilgan faoliyati davomida ro‘y beradi. Insonning bilish jarayoni uning individual xususiyatlari, to‘plangan bilim va tajribasi ta’siri ostida kechadi. Psixik faoliyat natijasida inson ongida o b ’ektiv olamning sub’ektiv obrazi shakllanadi. 2.Psixika bu — yuksak taraqqiy etgan materiya, ya’ni miyaning xususiyati. Psixik hodisalar asosida tashqi muhit ta’siri asosida yuz bemvchi miyaning reflektor faoliyati yotadi.Tashqi muhit ta’siri miyada o‘zgarish, tormozlanish, nerv bog‘lanishlarining hosil bo‘lishi kabi asab jarayonlarini keltirib chiqaradi. Miyaning reflektor faoliyati organizmning tashqi ta’sirlarga nisbatan javob reaktsiyasini ta’minlaydi. Teskari afferentatsiyaning mavjudligi hisobiga odam va xayvonlar o‘z organizmining faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 3.Insonning butun psixik faoliyati sababiy taqozolangan. U tashqi