Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog“liqdir. Bolajumlalaming mazmuni va shaklidagi o‘zgarish uning muloqot shakllari o‘zgarishi bilan bog’liq bo‘ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo‘naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o ‘tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir talablami qo‘yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalami hal qilishi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlami tarkib toptiradi. Bog‘cha yoshidagi bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o ‘matish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo‘ladi. Bog‘cha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so‘z-lug‘at boyligining o ‘sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug‘at boyligining miqdoriy o ‘sishi D.B. Elkoninning ko‘rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog‘liq. So‘nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug‘at tarkibini o‘iganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda awalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko‘rsatkichlar aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning ma’lumotlariga ko‘ra 3 yoshga kelib, bola lug‘atida 1200 ta so‘z mavjud bo‘ladi, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 3000-3500 so‘zni o‘z ichiga oladi. Vaholanki, 40- 60 yil oldin o‘tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug‘ati 400- 600 so‘zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 2500-3000 so‘zdan iborat deb ko‘rsatilgan edi. Situatsion — ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi) www.ziyouz.com kutubxonasi