Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi Z Nishanova, G
qoidali o ‘yin shartlarini so‘zsiz bajarish, kattalaming topshiriqlarini chidam, qunt bilan ado etish kabi hollar bog‘cha yoshidagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda o‘yinning roli juda kattadir. Chunki turli o‘yinlar paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlami ilgari suradilar. 0 ‘yinlaming qanday qoidalar asosida yo‘nalishini o‘zlari mustaqil ravishda tanlab oladilar. 0 ‘yin qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o ‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga moslashtirishga va o ‘yinda qatnashuvchi o ‘rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga intiladilar. Ana shunday o ‘yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan birga ixtiyoriy diqqat ham faol ishtirok etadi, binobarin, bolalaming o‘yini uchun sharoit yaratib beradi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog‘liq, shuning uchun ham ko‘pincha bolalar diqqatning bu turini o ‘zlaricha mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda diqqatning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiriqlar berish yo‘li bilan rivojlantirib borish kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya’ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib yuksala boshlaydi. Buni biz bolalaming (xususan o ‘rta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida o ‘tira olishlaridan, ba’zi o ‘yinlarni zerikmay soatlab o‘ynay olishlaridan, ta’limiy mashg‘ulotlarda chidam bilan o‘tira olishlaridan bilishimiz mumkin. 9 .3 . B o la d iq q atin i b a rq a ro rla s h tiris h usul v a v o sita la ri
Bog‘cha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat bog‘chadagi sharoitgagina emas, balki ko‘p jihatdan oiladagi sharoitga