KIRISH Наг tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. 0 ‘quv qo‘llanmada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, ya’ni bola tug‘ilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo‘lgan davrini qamrab olgan. 0 ‘quv qo‘llanmada bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari ko‘proq o‘z aksini topgan. Mamlakatimiz prezidenti I.A.Karimov asariarida 0 ‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida, Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarida taibiyachilar, pedagoglar oldiga ulkan vazifalami yuklamoqda. Ana shu vazifalami amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi fani muhim rol o‘ynaydi. 0 ‘quv qo‘llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida bolalar psixologiyasi fanining metodlari, vazifalari va uning boshqa fanlar bilan aloqasi, chaqoloqlik, go‘daklik, ilk bolalik va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy, motivatsion jihatlarining shakllanishi chuqur tahlil qilingan. Qo‘llanmaning ikkinchi qismida bolalar psixologiyasi, umumiy psbcologiya, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlardan ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha qimmatli materiallar berilgan. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilanganidek, darslik va o‘quv qo‘llanmalaming yangi avlodini tayyorlash ishiga mualliflar