Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo'nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o'rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolari nazariy hal etish deganda, ushbu muainmo bilan shug'ulangan asosiy psixologik maktablar va yo'nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o'rganishning yanada samaiali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiluvchi metodlami ishlab chiqishni anglatadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarga individual yondoshish uchun ularning individual- psixologik xususiyatlarini, shaxsining o’ziga xosligini bilish, o'rganish zarur. “Agar pedagogika odamni har jihatdan tarbiyalarnoqchi bo'lsa, u oldin o’sha odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak” , - deb yozgan edi K.D. Ushinskiy.
Shuning uchun har bir tarbiyachi bolalami ohganish usullari bilan qurollanishi shart. Demak, bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi asoslaritti bilish har bir tarbiyachisi, har bir metodist uchun muhim ahamiyatga ega.
Har bir fanning o’z predmetini o'rganish metodlari bo’lgani kabi, bolalar psixologiyasi ham psixologiya fanining alohida bo’limlari