hodisalaming o’zini emas, balki rivojlanishi va yosh bilan bog’liq ravishda o’zgarishini tadqiq etadi.
Yosh psixologiyasining bugungi kundagi eng muhim muammolari quyidagilardan iborat:
turli psixofiziologik fixnksiyalaming yoshga oid me’yoralrini ilmiy jihatdan asoslab berish;
individ, shaxsning yetuklik mezonlari va na’munalarini aniqlash;
inson hayotining dastlabki bosqichlari uning kelgusidagi taraqqiyotida qanday rol o’ynashini tushimish va ilmiy bashorat qilish.
Ushbu muammolami hal etish uchun inson hayotining har bir bosqichida - bolalikda, o’spirinlikda, yetuklik va qarilikda uning psixikasida o’zgarishlami chuqur o'rganish talab etiladi.
Ayrim o'rinlarda bolalar psixologiyasiga sinonim sifatida “genetik psixojogiya” tushunchasi ishlatilmoqda. Bu holatni to’g'ri deb baholash mumkni emas. Chunki genetik psixologiya psixik jarayonlaming paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganadi. Bolalar psixologiyasining predmeti esa faqat psixik jarayonlar taraqqioyti bilangina cheklanib qolmaydi.