Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari, ya’ni tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: “yosh”, “bolalik”, “taraqqiyot”, “o’sish”, “deteiminizm”, “geteroxronlik’, “tizimlilik”. Albatta, fanning kategoryalari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashqari, “taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati, “yetakchi faoliyat tipi” va boshqa bir qator tushunchalami kiritish mumkun. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg’or tadqiqotlar natijasida shakillangan va fanga olib kiritilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o'rganish ma’lum ma’noda ushbu fanning kategoriyalarini o’zlashtirishdan iborat. Quyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to’xtalib o’tamiz: Bolalik - ontogenezninig dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug’ilgandan o’smirlil TEiraqqiyot - narsa yoki hodisalaming vaqt o'tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o'zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko’tarilishi.
Psixika taraqqiyoti - tug'ilgandan boshlab yosh davrlari o’tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to’plagan bilim va tajribalami o’zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.
Yosh - individ psixik taraqqiyotning aniq vaqt chegarasiga ega boTgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o’zgarishlar kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson tug’ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik