m
m
massali
snaryad parchasi, bu yerda
m
– snaryad massasi, 112 m/s tezlik bilan xuddi o’sha yo’nalishda
uchishda davom etadi. Ikkinchi snaryad parchasining tezlik qiymati qanchaga teng?
Javob: 28
377. 5 kg massali miltiqdan o’q uziladi. Merganning yelkasiga tiralmagan miltiqning orqaga
tisarilish tezligi mergan miltiqni yelkasiga qattiq tirab turgan holatdagi orqaga tisarilish
tezligidan necha marta ortiq bo’ladi? Merganning massasi 75 kg.
Javob: 16
378. 120 kg massali aravacha 80 kg massali odam bilan birgalikda 0,3 m/s tezlik bilan
harakatlanadi. Odam aravacha bo’ylab o’zgarmas tezlik bilan aravachaning harakat yo’nalishida
yura boshlaydi. Odamning tezligi (cm/s da) aravachaga nisbatan qanday bo’lganda u to’xtaydi?
Javob: 75
379. Odam aravachaga qarama-qarshi yo’nalishda yuguryapti. Odamning tezligi 2 m/s,
aravachaning tezligi 1 m/s. Odam aravachaga sakrab chiqadi va uning ustida qoladi. Agar
odamning massasi aravachaning massasidan 2 marta katta bo’lsa, shundan so’ng arvachaning
tezligi qanday bo’ladi?
Javob: 1
380. Aravacha doimiy tezlik bilan harakatlanadi. Tezligi undan 2 marta katta bo’lgan kishi
aravachaga yetib olib, unga sakrab chiqadi va uning ustida qoladi, buning natijasida
aravachaning tezligi 20% ga ortadi. Aravachaning massasi odamning massasidan necha marta
katta?
Javob: 4
381. 500 m/s tezlik bilan gorizontal uchayotgan 4 g massali po’lat o’q massasi 1 kg bo’lgan
harakatsiz turgan po’lat brusokning yon qirrasining markaziga borib tegadi. To’qnashuvdan
so’ng o’q 400 m/s tezlik bilan qarama-qarshi tomonga uchib ketadi. Brusokning to’qnashuvdan
keyingi tezligi (cm/s da) qanchaga teng?
Javob: 360
382. 64 km/h tezlik bilan ketayotgan poyezddan sostavning beshdan bir qismi ajraladi. Bir
muddat vaqtdan so’ng ajralgan vagonlarning tezligi 2 marta kamaydi. Uzilish paytida tortish
kuchi o’zgarmagan, deb hisoblab, poyezdning bosh qismining shu paytdagi tezligini (km/h da)
toping. Qarshilik kuchi og’irlikka proporsional.
Javob: 72
383. Har birining massasi 100 kg dan bo’lgan uchta qayiq bir xil tezlik bilan birin-ketin suzib
bormoqda. O’rtadagi qayiqdan oldindagi va orqadagi qayiqlarga har birining massasi 10 kg dan
bo’lgan yuklarni bir vaqtda, qayiqqa nisbatan 2,2 m/s tezlik bilan gorizontal tashlashadi.
Oldindagi va orqadagi qayiqlarga yuklar kelib tushgandan keyin ularning nisbiy tezligining
(cm/s da) qiymatini toping.
Javob: 40
384. Ikki bola konkida bir-biriga qarab yuzma-yuz turgan holda arqonning ikki uchidan
ushlab turishibdi. Bir bolaning massasi 30 kg, boshqasiniki 40 kg. Bolalardan biri arqonni
shunday o’ray boshlaydiki, uning uzunligi har sekundda 35 cm ga qisqaradi. Nisbatan yengilroq
bo’lgan bola qanday tezlik (cm/s da) bilan harakatlana boshlaydi? Arqonning massasi va
ishqalanish kuchi inobatga olinmasin.
Javob: 20
385. 80 kg massali harakatsiz turgan aravachaning qarama-qarshi uchlarida birining massasi
50 kg, boshqasining massasi 60 kg bo’lgan ikki kishi turibdi. Ular bir vaqtda, yerga nisbatan
mos ravishda 2 m/s va 1 m/s tezliklar bilan aravachadan pastga sakrashadi. Aravacha bundan
keyin qanday tezlik (cm/s da) bilan harakatlanadi? Kishilarning aravachadan uzilgan paytdagi
tezliklarini gorizontal yo’nalgan deb hisoblang.
35
Javob: 50
386. 190 g massali uncha katta bo’lmagan jism 90 sm radiusli silliq yarim sferaning uchida
turibdi. Jismga gorizontal uchayotgan 10 g massali o’q kelib tegadi va unga tiqilib qoladi.
O’qning qanday minimal tezligida jism shundan so’ng darhol yarim sferaning yuzasidan uziladi?
10
g
m/s
2
.
Javob: 60
387. Qandaydir tezlik bilan uchayotgan snaryad ikki bo’lakka bo’linib ketadi. Katta
bo’lakning tezligi qiymat bo’yicha snaryadning boshlang’ich tezligiga teng va unga
perpendikulyar yo’nalgan. Boshqa bo’lakning tezligi qiymat bo’yicha dastlabki tezlikdan 5 marta
katta. Bo’laklarning massalar nisbatini toping.
Javob: 3
388. 20 m/s tezlik bilan gorizontal uchayotgan granata portlab, ikki bo’lakka bo’lindi. Katta
bo’lakning tezligi 30 m/s ga teng va gorizontga nisbatan 60
0
burchak ostida yo’nalgan. Kichik
bo’lakning tezligi 60 m/s. Bo’laklarning massalar nisbatini toping.
Javob: 2
Impuls proyeksiyasining saqlanishi
389. 5 kg massali qum solingan yashik 6 m/s tezlik bilan absolyut silliq gorizontal sirt bo’ylab
harakatlanadi. Qumga qandaydir balandlikdan boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborilgan 1 kg
massali toshcha kelib tushadi. Yashikka toshcha kelib tushganidan keyin uning tezligi qanday
bo’ladi?
Javob: 5
390. Gorizontal yo’lda 0,2 m/s tezlik bilan ketayotgan 800 kg massali vagonchaga yuqoridan
200 kg shag’al to’kishdi. Bunda vagonchaning tezligi (cm/s da) qanchaga kamaydi?
Javob: 4
391. Rolikli konkida turgan sportchi 4 kg massali yadroni gorizontga nisbatan 60
0
burchak
ostida 8 m/s tezlik bilan uloqtirdi. Agar sportchining massasi 80 kg bo’lsa, uning uloqtirishdan
keyingi boshlang’ich tezligi (cm/s da) qanday bo’ladi?
Javob: 20
392. 0,8 m/s tezlik bilan rels ustida harakatlanayotgan vagonchaning zinapoyasiga relsga
perpendikulyar yo’nalishda odam sakrab chiqadi. Agar vagonchaning massasi 100 kg, odamning
massasi esa 60 kg bo’lsa, vagonchaning oxirgi tezligini (cm/s da) toping.
Javob: 50
393. Vertikalga nisbatan 30
0
burchak ostida 600 m/s tezlik bilan uchayotgan 50 kg massali
snaryad qum yuklangan platformaga kelib tushdi va unga tiqilib qoldi. Platformaning snaryad
kelib tushgandan keyingi tezligini toping. Platformaning massasi 950 kg. Platforma va rels
orasidagi ishqalanish hisobga olinmasin.
Javob: 15
394. Massasi 2 kg bo’lgan yuk harakatsiz turgan 18 kg massali platformaga qiya taxtadan
ishqalanishsiz sirpanib tushadi. Platformaga yuk kelib tushgach u qanday tezlik (cm/s da) bilan
harakatlana boshlaydi. Taxtaning gorizontga qiyalik burchagi 60
0
, yukning dastlabki holatdagi
balandligi platforma sathidan 1,8 m.
10
g
m/s
2
.
Javob: 30
395. Silliq qiya tekislikdan sirpanib tushayotgan 9 kg massali qum solingan yashikka
gorizontal uchayotgan 3 kg massali yadro kelib tushadi va unda tiqilib qoladi. Agar yadro
tushishidan oldin yashikning tezligi (oniy tezligi) 6 m/s ga tenglashgan, va yadroning tezligi 12
m/s bo’lsa, yashikning unga yadro kelib tushgandan keyingi tezligini (oniy tezligini) toping.
Tekislikning qiyalik burchagi gorizontga 60
0
.
Javob: 3
396. Silliq qiya tekislikdan sirpanib tushayotgan 12 kg massali qum solingan yashikka
massasi 4 kg bo’lgan yuk 3,2 m balandlikdan tushadi va unda tiqilib qoladi. Agar yuk
tushishidan oldin yashikning tezligi (oniy tezligi) 8 m/s ga tenglashgan bo’lsa, yashikning unga
yuk kelib tushgandan keyingi tezligini (o’sha ondagi) toping. Tekislikning qiyalik burchagi
gorizontga 30
0
.
10
g
m/s
2
.
36
Javob: 7
397*. Silliq gorizontal yuzada yotgan, uzunligi 50 cm va massasi 900 g bo’lgan taxtaning bir
uchida 100 g massali qurbaqa o’tiribdi. Qurbaqa taxta bo’ylab 15
0
burchak ostida sakraydi.
Qurbaqa taxtaning ikkinchi uchiga kelib qo’nishi uchun uning boshlang’ich tezligi qanday
bo’lishi kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 3
Kompleks masalalar. Massalar markazi
398. Konkida turgan 60 kg massali kishi 2 kg massali yukni 3 m/s tezlik bilan old tomoniga
gorizontal tashlab yuboradi, o’zi esa orqaga sirpanib ketdi. Agar konkilarning muzga ishqalanish
koeffitsiyenti 0,01 bo’lsa, tashlashdan qancha sekund o’tib, kishi to’xtaydi? g=10m/s
2
.
Javob: 1
399. Yupqa plastinka ustida 200 g massali shar turibdi. Sharga pastdan vertikal yuqoriga
qarab 450 m/s tezlikdagi, 10 g massali o’q uziladi. O’q plastina va sharni teshib o’tadi va buning
natijasida shar 20 m balandlikka ko’tariladi. O’q qanday balandlikka ko’tariladi? g=10m/s
2
.
Javob: 125
400. Zambarakdan vertikal yuqoriga qarab to’p otildi. Snaryad stvoldan 40 m/s tezlik bilan
uchib chiqdi va yuqori nuqtada portlab, ikkita bir xil bo’lakka bo’lindi. Birinchi bo’lak 50 m/s
tezlik bilan otilish joyiga kelib tushdi. Portlashdan keyin ikkinchi snaryad bo’lagining havoda
bo’lgan vaqtini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 8
401. Aravacha silliq relslarda turibdi. Odam uning bir tomonidan ikkinchi tomoniga relslarga
parallel holatda yurib o’tadi. Bunda aravacha yerga nisbatan qanday masofaga siljiydi?
Odamning massasi 60 kg, aravachaning massasi 120 kg, uning uzunligi 6 m.
Javob: 2
402. 5 m uzunlikdagi aravacha silliq relslarda turibdi. Ikki bola aravachaning qarama-qarshi
uchlarida turishibdi. Aravachaning massasi 75 kg, bolalarning massalari 45 kg va 30 kg. Bolalar
o’rinlarini almashtirishadi. Bu holda aravacha necha santimetrga siljiydi?
Javob: 50
403. Kishi muallaq turgan 400 kg massali aerostatdan arqonli narvon yordamida pastga
tushmoqchi bo’ldi. Odam oxirgi zinaga oyoq qo’yganda oyog’i yerga tegishi uchun, u aerostatga
qanday minimal uzunlikdagi arqonli narvonni bog’lashi kerak. Odamning massasi 80 kg.
Boshlang’ich vaqt momentida yerdan aerostatgacha bo’lgan masofa 10 m.
Javob: 12
404. 80 cm uzunlikdagi yupqa tayoqchani stol ustiga vertikal holatda tikka qo’yishdi va qo’yib
yuborishdi. Tayoqcha stol yuzasi bilan 60
0
burchak hosil qilgan paytda uning pastki uchi necha
santimetrga siljiydi? Ishqalanish inobatga olinmasin.
Javob: 20
405. Qirrasida turgan kubni turg’un bo’lmagan muvozanat holatida silliq sirtda ushlab
turishadi. Kubni qo’yib yuborishadi va u yoqlaridan biriga yon tomoni bilan tushadi. Agar
kubning tomoni 32 cm bo’lsa, u turgan qirra (kub uning ustida turgan qirra) shu paytga kelib
necha santimetrga siljiydi?
Javob: 16
406. 80 cm uzunlikdagi va 200 g massali ip silliq gorizontal yuzaga qo’yildi va uchlaridan biri
atrofida 10 rad/s burchak tezlik bilan aylantirildi. Ipning o’rtasidagi taranglik kuchi qanchaga
teng?
Javob: 6
407. Yupqa zanjircha silliq gorizontal yuzaga qo’yildi va uchlaridan biri atrofida aylantirildi.
Agar zanjirchaning o’rtasida taranglik kuchi 12 N bo’lsa, zanjircha aylanish o’qiga qanday kuch
bilan ta’sir qiladi?
Javob: 16
408. Tomoni 75 cm bo’lgan kvadrat shaklidagi 500 g massali yupqa plastinka kvadrat
tomonlaridan biri bilan mos keluvchi vertikal o’q atrofida 8 rad/s burchak tezlik bilan aylantirib
yuborildi. Plastinka aylanish o’qiga qanday kuch bilan ta’sir qiladi? g=10m/s
2
.
Javob: 13
37
409. Uzunligi 1 m va massasi 0,5 kg bo’lgan yupqa bir jinsli sterjen uning uchlaridan biri
orqali o’tuvchi gorizontal o’q atrofida vertikal tekislikda aylanadi. Pastki holatda sterjen
ikkinchi uchining tezligi 4 m/s ga teng. Sterjen shu paytda aylanish o’qiga qanday kuch bilan
ta’sir qiladi? g=10m/s
2
.
Javob: 9
410. Uzunligi 1 m bo’lgan ip bilan ulangan, har birining massasi 250 g bo’lgan ikkita sharcha
silliq gorizontal sirtda harakatlanadi. Qandaydir vaqt momentida sharchalardan biri
harakatsiz, boshqasining tezligi esa 4 m/s ga teng va u ipga perpendikulyar yo’nalgan. Ipning
taranglik kuchi qanchaga teng?
Javob: 2
411. 1 m uzunlikdagi ip bilan ulangan massalari 1 kg va 4 kg bo’lgan ikkita sharcha silliq
yuza bo’ylab shunday harakatlanadiki, bunda ip aylanishining burchak tezligi 5 rad/s ga teng.
Ipning taranglik kuchini toping.
Javob: 20
4. ISH VA ENERGIYA
Ish
412. Minorali kran uzunligi 5 m va kesimi 0,01 m
2
bo’lgan po’lat balkani gorizontal holatida
15 m balandlikka tekis ko’taradi. Kran bajaradigan ishni toping. Balka materialining zichligi
7800 kg/m
3
. g=10m/s
2
.
Javob: 58500
413. 2 kg massali jismni 3 m/s
2
tezlanish bilan 1 m balandlikka ko’tarishda kishi qanday ish
bajaradi? g=10m/s
2
.
Javob: 26
414. Yukni doimiy tezlanish bilan vertikal yuqoriga ko’tara boshlashadi. Harakatning birinchi
sekundida bajarilgan ish keyingi, ikkinchi sekundida bajarilgan ishdan necha marta kichik?
Javob: 3
415. 1 kg massali yukni ip orqali vertikal yuqoriga o’zgarmas tezlanish bilan ko’tarishadi. 2 s
ichida arqonning taranglik kuchi bilan 48 J ish bajarildi. Yukning tezlanishini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 2
416. 20 N kuch 2 kg massali yukni 5 m/s
2
tezlanish bilan qiya tekislik bo’ylab 2,5 m
balandlikka ko’tarib qanday ish bajaradi? Kuch qiya tekislikka parallel ta’sir qiladi. Ishqalanish
inobatga olinmasin. g=10m/s
2
.
Javob: 100
417. 20 kg massali jismni qiya tekislik bo’ylab 6 m balandlikka ko’tarishadi, bunda u tekislik
bo’ylab 10 m o’tadi. Agar tortish kuchi tekislikka parallel, va ishqalanish koeffitsiyenti 0,2
bo’lsa, ishqalanish kuchining ishini (modulini) toping. g=10m/s
2
.
Javob: 320
418. Massasi 0,5 kg bo’lgan jism 7 m balandlikdagi qiya tekislik uchidan uning asosigacha
sirpanib tushadi. Tekislikning qiyalik burchagi gorizontga 45
0
, va ishqalanish koeffitsiyenti 0,2.
Ishqalanish kuchining ishini (modulini) toping. g=10m/s
2
.
Javob: 7
419. 200 kg massali vagonchani qiyalik burchagi gorizontga 30
0
bo’lgan tog’ bo’ylab relslar
orqali ko’tarib chiqishadi. Agar vagoncha 0,2 m/s
2
tezlanish bilan harakatlangani ma’lum bo’lsa,
tortish kuchi 50 m yo’lda qanday ish (kJ da) bajaradi? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,2,
g=10m/s
2
.√3=1.7.
Javob: 69
420. Sol 200 N kuch bilan tortildi. Bunda bajarilgan ish 1000 J ga teng. Agar kuch yo’nalishi
va ko’chish yo’nalishi orasidagi burchak 60
0
ni tashkil etsa, sol qanday masofaga ko’chgan?
Javob: 10
421. 10 kg massali jism qiya tekislik bo’ylab 6 m balandlikdan tushadi. Og’irlik kuchining
bajargan ishini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 588
38
422. 2 kg massali jism gorizontga 45
0
burchak ostida yo’nalgan arqon ta’sirida gorizontal
tekislik bo’ylab tekis harakatlanadi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2.
Ipning taranglik kuchi 2,4 m yo’lda qanday ish bajaradi? g=10 m/s
2
.
Javob: 8
423. 10 kg massali yashik gorizontal sirt ustida vertikal devordan qandaydir masofada
turibdi. Va u shu devor bilan bikrligi 200 N/m bo’lgan prujina yordamida ulangan. Yashik va
tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. Yashikka gorizontal kuch qo’ygan holda uni
asta-sekin devordan 20 cm ga uzoqlashtiriladi. Bunda qanday ish bajariladi? Boshlang’ich
holatda prujina deformatsiyalanmagan. g=10 m/s
2
.
Javob: 8
424. Kvadrat plastina silliq gorizontal sirt bo’ylab o’zining tomonlaridan biriga parallel
ravishda sirpanadi va plastinaga ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo’lgan g’adir-budir yuzadan
silliq yuzani ajratadigan chegaraga yaqinlashadi. Chegara chizig’i plastina tezligiga
perpendikulyar joylashgan. Plastina chegarani to’liq kesib o’tgunicha ishqalanish kuchining
bajargan ishini (modulini) toping. Plastinaning tomoni 1 m, massasi esa 10 kg. g=10 m/s
2
.
Javob: 10
O’zgarmas quvvat. FIK
425. Il-62 samolyoti har birining tortish kuchi 100 kN bo’lgan to’rt dvigatelga ega.
Samolyotning 240 m/s tezligida dvigatellarning umumiy foydali quvvati (kW da) qanday?
Javob: 96000
426. Massasi 2000 kg bo’lgan avtomobil gorizontal yo’lda 72 km/h tezlik bilan harakatlanadi.
Harakatga qarshilik kuchi avtomobil og’irligining 1/20 ini tashkil qiladi. Avtomobilning foydali
quvvatini (kW da) aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 20
427. Qayiq eshkakchi bilan birga 0,6 m/s tezlikda harakatlanadi. Agar eshkakchi tomonidan
erishiladigan quvvat 18 W ga teng bo’lsa, suvning qarshilik kuchini aniqlang.
Javob: 30
428. Qiyaligi yo’lning har 10 metrida 1 m ni tashkil qiluvchi yo’l bo’ylab 9 km/h tezlik bilan
ko’tarilayotgan gusenitsali traktor qanday foydali quvvatga (kW da) erishadi? Traktorning
massasi 6 t. g=10 m/s
2
.
Javob: 15
429. 36 km/h tezlik bilan harakatlanishda elektrovoz 60 kW quvvat sarflaydi. Agar
elektrovozning FIK 80% ga teng bo’lsa, uning tortish kuchini aniqlang.
Javob: 4800
430. Quvvat sarfi 10 kW bo’lgan nasos yordamida 500 m chuqurlikdagi quduqdan neft tortib
chiqariladi. Agar nasos ishining bir minutida yer sirtiga 96 kg neft yetkazib berilsa, nasosning
FIK (foizlarda) qanday? g=10 m/s
2
.
Javob: 80
431. Suv nasosi bir minutda 300 kg suvni 80 m balandlikka tekis yetkazib beradi. Agar
nasosning FIK 80% ga teng bo’lsa, nasosni harakatga keltiruvchi motorning quvvatini (kW da)
aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 5
432. Ko’tarma kran quvvati 10 kW bo’lgan dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Agar
dvigatelning FIK 80% bo’lsa, 2 t massali yukni 50 m balandlikka tekis ko’tarish uchun necha
sekund talab qilinadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 125
433. Yuk sostavi yo’lning tekis qismida 60 km/h tezlik bilan harakatlanadi, va bunda
elektrovoz 100 kW foydali quvvatga erishadi. Erishiladigan quvvat 120 kW ga teng bo’lishi
uchun har 200 m da 1 m ko’tarilgan qiyalik bo’ylab qanday tezlik (km/h da) bilan ko’tarilish
kerak bo’ladi? Qarshilik kuchi sostav og’irlik kuchining 0,01 qismiga teng (har ikki yo’lda ham).
Javob: 48
434. Shosse uchastkasining qiyaligi har 20 m yo’lda 1 m ga teng. Qiyalikdan dvigateli
o’chirilgan holatda tushayotib, avtomobil 60 km/h tezlik bilan tekis harakatlanadi. Xuddi shu
39
tezlik bilan shu qiyalikka ko’tarilish uchun shu avtomobilning dvigateli qanday foydali quvvatga
(kW da) erishishi zarur bo’ladi? Avtomobilning massasi 1500 kg. g=10 m/s
2
.
Javob: 25
435. Teploxod barjani – shatakka olib yuriladigan yuk kemasini 9 km/h tezlik bilan tortib
bormoqda. Bunda buksir kanatining – shatak arqonining tarangligi 120 kN ni, dvigatelning
quvvati esa 400 kW ni tashkil etmoqdi. Agar teploxod dvigatelning xuddi shu quvvatida barjasiz
suzsa, uning tezligi (km/h da) qanday bo’ladi? Suvning qarshilik kuchi harakat tezligiga to’g’ri
proporsional.
Javob: 18
O’zgaruvchan quvvat. O’rtacha quvvat
436. Agar tramvay harakat boshlanganidan keyin 5-chi sekundning oxirida 18 km/h tezlikka
erishgan bo’lsa, uning shu paytdagi quvvatini (kW da) aniqlang. Tramvayning massasi 10 t.
Harakatga qarshilik inobatga olinmasin.
Javob: 50
437. 1 t massali avtomobil joyidan qo’zg’aladi va tekis tezlanuvchan harakatlanib, 5 s ichida
50 m yo’lni bosib o’tadi. Avtomobil o’z harakatining beshinchi sekundi oxirida qanday quvvatga
(kW da) erishadi? Avtomobilning harakatiga qarshilik hisobga olinmasin.
Javob: 80
438. 6 kg massali jismning boshlang’ich tezliksiz erkin tushish jarayonida dastlabki sekund
ichida og’irlik kuchi erishadigan o’rtacha quvvatni toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 300
439. 3 kg massali jismga 36 N kuch qo’ygan holda, uni yerdan vertikal yuqoriga ko’tarishadi.
Harakat boshlanganidan 2 s o’tgach shu kuch qanday quvvatga erishadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 144
440. 3 kg massali jismga 42 N kuch qo’ygan holda, uni yerdan vertikal yuqoriga ko’tarishadi.
Jism 2 m balandlikda bo’lgan paytda shu kuch qanday quvvatga erishadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 168
441. Ko’tarma kran 1 t massali yukni 1 m/s
2
tezlanish bilan 10 s ichida qandaydir
balandlikka ko’taradi. Kanatlarning taranglik kuchi yordamida erishiladigan o’rtacha quvvatni
(kW da) toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 55
442. Agar 1 t massali samolyotning yugurish yo’li uzunligi 300 m, havoga ko’tarilishdagi
tezligi 30 m/s, harakatga qarshilik kuchi esa 300 N bo’lsa, u yugurish yo’lini bosib o’tishda
qanday o’rtacha foydali quvvatga (kW da) erishadi?
Javob: 27
443. Bir xil massali ikkita avtomobil o’rnidan b ir vaqtda qo’zg’aladi va tekis tezlanuvchan
harakatlanadi. Agar bir xil vaqt ichida birinchi avtomobil ikkinchisiga qaraganda ikki marta
katta tezlikka erishsa, birinchi avtomobilning o’rtacha quvvati ikkinchisinikidan necha marta
katta? Avtomobillarning harakatiga qarshilik kuchlari inobatga olinmasin.
Javob: 4
Kinetik energiya. Ish va kinetik energiyaning o’zgarishi
444. Jism qandaydir balandlikdan 10 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan. Necha sekunddan
keyin jismning kinetik energiyasi ikki marta ortadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 1
445. Qandaydir balandlikdan 20 m/s tezlik bilan tosh gorizontal otildi. Otishdan 4 s o’tib
toshning kinetik energiyasi 3000 J ga teng bo’ldi. Toshning massasi qanday? g=10 m/s
2
.
Javob: 3
446. 3 kg massali jism yer sirtidan gorizontga 60
0
burchak ostida 8 m/s tezlik bilan otildi.
Jismning ko’tarilishning eng yuqori nuqtasidagi kinetik energiyasini toping.
Javob: 24
447. Toshning maksimal ko’tarilish nuqtasidagi kinetik energiyasi otilish nuqtasidagi kinetik
energiyasining 25 % ni tashkil qilishi uchun toshni gorizontga qanday burchak ostida otish
kerak? Javobni graduslarda bering.
40
Javob: 60
448. Avtomobil tekis tezlanuvchan harakat boshladi. Harakatning dastlabki 10 s da uning
kinetik energiyasining o’zgarishi keyingi 10 s dagi o’zgarishidan necha marta kichik?
Javob: 3
449. 0,8 kg massali basketbol to’pi 10 m/s tezlik bilan uchadi. O’yinchi to’pni tutib oladi va 0,1
s ichida uni to’xtatadi. O’yinchi qanday o’rtacha quvvatga erishadi? (Quvvatning absolyut
qiymatini ko’rsating).
Javob: 400
450. 4 kg massali erkin tushayotgan jismning tezligi qandaydir masofada 2 m/s dan 8 m/s
gacha oshdi. Shu yo’ldagi og’irlik kuchining ishini toping.
Javob: 120
451. 200 g massali tosh gorizontal yuzadan gorizontga burchak ostida otildi va shu yuzaga 40
m masofada 4 s dan so’ng kelib tushdi. Shu otishga sarflangan ish qanchaga teng? g=10 m/s
2
.
Javob: 50
452. 800 m/s tezlik bilan gorizontal uchayotgan 5 g massali o’q taxtani teshib o’tadi va undan
400 m/s tezlikda uchib chiqadi. Taxtaning qarshilik kuchi tomonidan o’q ustida bajarilgan
ishning absolyut qiymatini toping.
Javob: 1200
453. Qandaydir tezlik bilan uchayotgan o’q qum joylangan qopga tegadi va uning ichida 15 cm
chuqurlikkacha kirib ketadi. Agar shuncha massali o’qning harakat tezligi ikki marta katta
bo’lsa, o’q qumga qanday chuqurlikkacha (cm da) kirib ketadi? Qum ichida o’qning harakatiga
qarshilik kuchi uning tezligiga bog’liq emas deb hisoblang.
Javob: 60
454.
0
tezlik bilan uchayotgan o’q bir biridan katta bo’lmagan masofada joylashgan bir
xildagi bir qancha taxtani teshib o’tadi. Agar birinchi taxtadan o’tgandan keyin o’qning tezligi
0
1
9
,
0
ga teng bo’lsa, o’q nechanchi taxtada tiqilib qoladi? Taxtaning o’q harakatiga qarshilik
kuchi uning tezligiga bog’liq emas deb hisoblang. Og’irlik kuchi inobatga olinmasin.
Javob: 6
455. Oyda yo’ldoshni aylanma orbitaga chiqarishda bajariladigan ish Yerda xuddi shunaqa
yo’ldoshni aylanma orbitaga chiqarishda bajariladigan ishdan necha marta kichik? Oy massasini
Yernikidan 80 marta kichik, Oy radiusini esa Yernikidan 4 marta kichik deb hisoblang.
Javob: 20
456. Yer sirti ustida reaktiv oqimni pastga chiqarib tashlayotgan 1 t massali raketa muallaq
turibdi. Agar yoqilg’i sarfi 20 kg/s ga teng bo’lsa, bunda raketaning dvigatellari qanday quvvatga
(kW da) erishadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 2500
457. Agar 2 t massali raketa Yer yuzasidan 4 m/s
2
tezlanish bilan ko’tarilsa, uning
dvigatellari qanday quvvatga (kW da) erishadi? Reaktiv oqimdagi gazlar chiqindisining tezligi
1200 m/s. g=10 m/s
2
.
Javob: 16800
458. Agar brandspoyt (yong’inga qarshi suv nasosi) teshigining yuzasi 10 cm
2
, suv oqimining
tezligi esa 10 m/s bo’lsa, nasosning foydali quvvati qanchaga teng?
Javob: 500
459. Ventilyator aylanishining tezligi ikki marta oshgan paytda uning foydali quvvati necha
marta oshadi?
Javob: 8
460. Brandspoytdan chiqayotgan suv undan 5 m masofaga borib tushishi uchun suvni
gorizontga qanday burchak ostida (graduslarda) yo’naltirish kerak? Teshik yuzasi 10 cm
2
,
motorning quvvati 1 kW, va uning FIK 50 %. Teshikning yerdan balandligini nolga teng deb
hisoblang. g=10 m/s
2
.
Javob: 15
461. Kichkina shayba silliq gorizontal yuza bo’ylab harakatlanib, 75 cm uzunlikdagi g’adir-
budur yuza sohasiga tushib qoladi. Shaybaning yuzaga ishqalanish koeffitsiyenti 0,4 dan 0,8
41
gacha chiziqli ortadi. Shaybaning minimal tezligi qanday bo’lganda u shu sohani yengib o’tadi?
g=10 m/s
2
.
Javob: 3
462. 8 cm uzunlikdagi bir jinsli sterjen silliq gorizontal yuza bo’ylab o’z uzunligiga parallel
ravishda sirpanadi va silliq yuzani g’adir-budir yuzadan (sterjenning bu yuzaga ishqalanish
koeffitsiyenti 0,2 ga teng) ajratadigan chegaraga yaqinlashadi. Chegara chizig’i sterjen tezligiga
perpendikulyar joylashgan. Agar sterjen chegaraning yarmini kesib o’tgan paytda to’xtab qolgan
bo’lsa, uning boshlang’ich tezligini (cm/s da) toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 20
463. 2 m uzunlikdagi bir jinsli sterjen o’z uzunligi bo’ylab harakatlanib g’adir-budir gorizontal
yuzadan silliq gorizontal yuzaga o’ta boshlaydi. Sterjenning chegarani kesib o’tish boshidagi
tezligi 1,6 m/s ga teng. Agar g’adir-budir yuzaga ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo’lsa,
sterjen shu paytdan to’xtagunga qadar qancha masofani (cm da) bosib o’tadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 80
464. 2 m uzunlikdagi bir jinsli sterjen o’z uzunligi bo’ylab harakatlanib silliq gorizontal
yuzadan notekis yuzaga o’ta boshlaydi. Bunda uning tezligi sirtlar chegarasiga tik yo’nalgan va
uning notekis yuzaga ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. Agar sterjenning boshlang’ich tezligi 3 m/s
bo’lgan bo’lsa, u shu paytdan to’xtagunga qadar qancha masofani (cm da) bosib o’tadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 325
Potensial energiya. Ish va potensial energiyaning o’zgarishi.
465. 30 m balandlikdagi minoradan tosh gorizontal otildi. Harakat boshlanganidan 2 s
o’tgandagi toshning potensial energiyasini toping. Toshning massasi 0,2 kg. Yer yuzasidagi
potensial energiya nolga teng. g=10 m/s
2
.
Javob: 20
466. 2 kg massali jism yer sirtidan 6 m/s tezlik bilan gorizontga 30
0
burchak ostida otildi.
Jism ko’tarilishning eng baland nuqtasiga erishganda uning potensial energiyasi qanchaga
ortadi?
Javob: 9
467. Har birining massasi 80 kg va qalinligi 0,2 m bo’lgan uchta bir jinsli to’g’ri burchakli
plita biri boshqasining yonida yer yuzasida gorizontal yotibdi. Plitalarni bir-birining ustiga terib
qo’yish uchun qanday minimal ish bajarish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 480
468. Uzunligi 1,5 m va massasi 10 kg bo’lgan yupqa lom gorizontal yuzada yotibdi. Uni yerga
vertikal holatda qo’yish uchun qanday minimal ish bajarish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 75
469. Agar 200 kg massali brusokni gorizontal holatdan vertikal holatga o’tkazilsa, uning
potensial energiyasi qanchaga o’zgaradi? Brusok 1 m uzunlikka va tomoni 20 сm bo’lgan kvadrat
kesimga ega. g=10 m/s
2
.
Javob: 800
470. Gorizontal tekislikda uzunligi 2 m va massasi 5 kg bo’lgan yupqa zanjir yotibdi. Zanjirni
bir uchidan ushlab, uning pastki uchi tekislikdan o’zining uzunligiga teng bo’lgan balandlikka
ko’tarishda bajariladigan minimal ish qanchaga teng? g=10 m/s
2
.
Javob: 150
471. Yuzasi 10 m
2
va chuqurligi 2 m bo’lgan basseynni yarmigacha to’ldirib turgan suvni yer
yuzasiga chiqarib tashlash uchun qanday minimal ish (kJ da) bajarish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 150
472. Yuzasi 15 m
2
bo’lgan chuqur basseyn 1 m chuqurlikkacha suv bilan to’ldirilgan va teng
yarmidan vertikal to’siq bilan to’silgan. To’siqni asta-sekinlik bilan shunday ko’chiriladiki,
bunda to’siq basseynni 1 : 3 nisbatda bo’ladi. Shunda qanday ish (kJ da) bajariladi? Suv to’siq
orasidan oqib o’tmaydi. g=10 m/s
2
.
Javob: 25
473. 10 kN/m bikrlikli siqilgan prujina 50 J ga teng potensial energiya zahirasiga ega. Prujina
necha santimetrga siqilgan?
Javob: 10
42
474. Agar 30 N kuch ta’siri ostida prujina 1 cm ga siqilsa, uni 20 cm ga siqish uchun
bajarilishi kerak bo’lgan ishni toping.
Javob: 60
475. Prujinaga 100 g massali yuk osilgan. Prujinaning potensial energiyasi 9 marta ortishi
uchun birinchi yukka qo’shimcha ravishda qanday massali (g da) yukni mahkamlash kerak?
Javob: 200
476. Prujinaga 200 N kuch qo’yib, uni 1 cm ga cho’zishdi. Prujinani yana 2 cm ga cho’zish
uchun qanday ish bajarish kerak?
Javob: 8
477. Prujinani 2 cm ga siqib 12 J ish bajarildi. Uni yana 3 cm ga siqish uchun qanday ish
bajarish kerak?
Javob: 63
478. Bikrliklari 3 kN/m va 2 kN/m bo’lgan ikkita prujina ketma-ket ulandi va uchlaridan
tortib 10 cm ga cho’zildi. Bunda qanday ish bajarildi?
Javob: 6
479. Bikrliklari 1 kN/m va 2 kN/m bo’lgan ikkita prujina parallel ulandi va uchlaridan 300 N
kuch bilan tortib cho’zildi. Bunda qanday ish bajarildi?
Javob: 15
480. 10 kg massali yupqa plastinka gorizontal stol ustida yotibdi. Plastinkaning markazida
100 N/m bikrlikdagi yengil prujina mahkamlangan. Plastinkani prujina yordamida stol
yuzasidan 1 m balandlikka ko’tarish uchun qanday ish bajarish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 150
481. 60 N/m bikrlikdagi prujinada yuk osilib turibdi. Prujinani yana 2 cm ga cho’zish uchun
qanday ish (mJ da) bajarish kerak?
Javob: 12
482. 100 g massali jism prujinani 2 cm ga cho’zgan holda unga osilib turibdi. Prujinani yana 4
cm ga cho’zish uchun qanday ish (mJ da) bajarish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 40
Mexanik energiyaning saqlanish qonuni
483. Tosh yer yuzasidan 10 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. Qanday balandlikda
toshning kinetik energiyasi 5 marta kamayadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 4
484. Jism yer yuzasidan 20 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otildi. Qanday balandlikda shu
jismning kinetik energiyasi potensial energiyaga teng bo’ladi? Yer yuzasidagi potensial
energiyani nolga teng deb qabul qiling. g=10 m/s
2
.
Javob: 10
485. 0,5 kg massali jism yer yuzasidan 10 m balandlikdan 10 m/s tezlik bilan otildi. Jismning
yerga tushish paytdagi kinetik energiyasi qanday bo’ladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 75
486. Jism yer yuzasidan 10 m balandlikdan gorizontga burchak ostida 20 m/s tezlik bilan
otildi. 25 m balandlikda uning tezligi qanchaga teng bo’ladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 10
487. Jism 30 m balandlikdan 10 m/s tezlik bilan vertikal pastga otildi. Yer sirtidan qanday
balandlikda jismning kinetik energiyasi ikki marta oshadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 25
488. Agar trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida jismning kinetik energiyasi potensial
energiyaga teng bo’lsa, u yer yuzasidan gorizontga qanday burchak ostida otilgan? Yer
yuzasidagi potensial energiyani nolga teng deb qabul qiling.
Javob: 45
489. Kichkina jism silliq gorizontal tekislik bo’ylab 4 m/s tezlik bilan sirpanadi va tepalikka
ko’tariladi. Jism tekislik sathidan qanday balandlikka (cm da) ko’tariladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 80
490. 5 m uzunlikdagi ipga shar osilgan. Shar ip osilgan nuqta joylashgan balandlikkacha
og’ishi uchun unga qanday gorizontal tezlik berish kerak? g=10 m/s
2
.
43
Javob: 10
491. 0,4 m uzunlikdagi vaznsiz qattiq sterjenga osilgan sharcha vertikal tekislikda to’liq
aylanishi uchun unga qanday gorizontal minimal tezlik berish kerak bo’ladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 4
492. 80 cm uzunlikdagi yengil sterjen ikki uchiga mahkamlangan 1 kg va 3 kg li yuklar bilan
o’zining o’rtasidan o’tgan gorizontal o’q atrofida erkin aylana oladi. Sterjen gorizontal vaziyatga
keltirilib qo’yib yuboriladi. Sterjen vertikal holatni egallagan paytda yuklarning tezligini toping.
g=10 m/s
2
.
Javob: 2
493. 150 cm uzunlikdagi yengil sterjen ikki uchiga mustahkamlangan bir xildagi yuklar bilan
gorizontal o’q atrofida erkin aylana oladi. O’q sterjenni 1 : 2 nisbatda bo’ladigan nuqta orqali
o’tadi. Sterjen to’liq aylanish qilishi uchun, u muvozanat vaziyatida turgan vaqtda unga qanday
minimal burchak tezligi berish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 4
494. 100 g massali kichik yuk silliq gorizontal stol ustida yotgan 300 g massali va 72 cm
uzunlikdagi ipga mahkamlangan. Stolda uncha katta bo’lmagan, chetlari silliq bo’lgan teshik
tayyorlangan. Yukning og’irligi ta’sirida ip shu teshikka boshlang’ich tezliksiz sirpanib tusha
boshlaydi. Ipning bo’sh uchi stoldan sirpanib tushayotgan vaqtda uning tezligi qanday bo’ladi?
g=10 m/s
2
.
Javob: 3
495. 2 t massali vagon 2 m/s tezlik bilan harakatlanib, vertikal devorga borib uriladi, va
natijada har birining bikrligi 100 kN/m bo’lgan ikkita buferli prujina siqiladi. Prujinalarning
maksimal deformatsiyasini (cm da) toping.
Javob: 20
496. Rogatka yasash uchun bikrligi 400 N/m bo’lgan rezinali shnurdan foydalanildi. 10 g
massali toshni shnurning o’rtasiga joylashtirib, 40 N kuch bilan tortib shu rogatkadan otildi.
Tosh qanday tezlik bilan uchib ketadi?
Javob: 10
497. 200 N/m bikrlikdagi deformatsiyalanmagan prujinaning pastki uchiga 1 kg massali yuk
mahkamlandi va turtmasdan qo’yib yuborildi. Prujinaning maksimal deformatsiyasini (cm da)
aniqlang.
10
g
m/s
2
.
Javob: 10
498. 400 N/m bikrlikdagi deformatsiyalanmagan prujinaning pastki uchiga 250 g massali yuk
mahkamlandi va turtkisiz qo’yib yuborildi. Yukning maksimal tezligini (cm/s da) aniqlang. g=10
m/s
2
.
Javob: 25
499. Agar 1000 N/m bikrlikdagi vaznsiz vertikal prujinaning polga beradigan maksimal bosim
kuchi 400 N bo’lgan bo’lsa, 10 kg massali yuk uning ustiga qanday balandlikdan (cm da)
tushgan? Prujinaning yuksiz holatdagi uzunligi 1 m. g=10 m/s
2
. Balandlik pol sathidan
hisoblansin.
Javob: 140
500. 1,6 kg massali yuk 250 N/m bikrlikdagi prujina orqali shiftga osilgan. Yukka tez turtki
yordamida vertikal pastga yo’nalgan 1 m/s boshlang’ich tezlik berishadi. Yuk qanday maksimal
masofaga (cm da) pastlaydi?
Javob: 8
501. 1,6 kg massali yuk bikrligi 250 N/m bo’lgan elastik rezinali shnur orqali shiftga osilgan.
Yukka vertikal yuqoriga yo’nalgan 1 m/s boshlang’ich tezlik beriladi. Yuk qanday maksimal
balandlikka (mm da, boshlang’ich nuqtadan hisoblaganda) ko’tariladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 82
502. 5 kg massali yuk bikrligi 500 N/m bo’lgan elastik rezinali shnur orqali shiftga osilgan.
Yukka ikki bor vertikal yuqoriga yo’nalgan boshlang’ich tezlik beriladi. Birinchi holda bu tezlik
0,5 m/s ga, ikkinchisida 2 m/s ga teng. Ikkinchi holda yuk ko’tarilishining maksimal balandligi
(boshlang’ich nuqtadan hisoblaganda) birinchi holdagiga qaraganda qancha marta katta bo’ladi?
g=10 m/s
2
.
44
Javob: 5
503. 5 kg massali yuk bikrligi 500 N/m bo’lgan elastik rezinali shnur orqali shiftga osilgan.
Yukka ikki marta 2 m/s boshlang’ich tezlik beriladi: birinchi marta vertikal yuqoriga yo’nalgan;
ikkinchi marta vertikal pastga. Birinchi to’xtashgacha yuk bosib o’tgan masofa dastlabki holda
ikkinchi holdagiga qaraganda necha foizga ko’p? g=10 m/s
2
.
Javob: 25
Energiyaning saqlanish qonuni + aylana bo’ylab harakat dinamikasi
504. Yengil sterjen bir uchi bilan shiftga mahkamlangan va vertikal tekislikda tebrana oladi.
Sterjenning ikkinchi uchiga 0,1 kg massali kichkina yuk osilgan. Sterjen gorizontal
vaziyatgacha og’dirildi va qo’yib yuborildi. Trayektoriyaning eng quyi nuqtasida yuk sterjenga
qanday kuch bilan ta’sir qiladi?
10
g
m/s
2
.
Javob: 3
505. Bir uchiga 0,3 kg massali yuk osilgan yengil sterjen boshqa uchi orqali o’tadigan
gorizontal o’q atrofida erkin aylana oladi. Dastlab yuk yuqori holatda (sterjen vertikal) ushlab
turiladi, keyin esa qo’yib yuboriladi. Yuk pastki holatdan o’tayotgan paytda sterjenning
tarangligi qanchaga teng bo’ladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 15
506. 2 m uzunlikdagi cho’zilmas ipga osilgan og’ir sharchadan iborat bo’lgan mayatnik
vertikal tekislikda tebranish qiladi. Sharcha pastki nuqtadan o’tayotganda ipning tarangligi
sharchaning ikkilangan og’irlik kuchiga teng bo’ladi. Sharchaning chetki vaziyati pastkisidan
necha santimetrga balandroq?
Javob: 100
507. 5 kg massali og’ir sharcha ipga osilgan. Ip 100 N taranglikka bardosh beradi. Sharcha
muvozanat vaziyatidan o’ta turib ipni uzishi uchun uni muvozanat vaziyatidan qanday minimal
burchakka (graduslarda) og’dirish kerak?
10
g
m/s
2
.
Javob: 60
508. Boshqa uchi mahkamlangan ipning bir uchiga 0,2 kg massali kichkina sharcha osib
qo’yilgan. Ip gorizontal holatga keltiriladi va boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuboriladi. Ip vertikal
bilan 60
0
burchak hosil qilgan paytda uning tarangligi qanchaga teng bo’ladi?
10
g
m/s
2
.
Javob: 3
509. Mayin ipga 2√3 kg massali sharcha osilgan. Ip gorizontal holatga keltiriladi va qo’yib
yuboriladi. Sharchaning tezlanish vektori gorizontal yo’nalgan paytda ipning tarangligi
qanchaga teng bo’ladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 60
510. 50 cm uzunlikdagi ipga osilgan og’ir sharcha vertikal tekislikda tebranadi. Sharchaning
chetki holati pastkisidan 20 cm ga baland. Harakat jarayonida ipning maksimal taranglik kuchi
minimalidan necha marta katta bo’ladi?
Javob: 3
511. Cho’zilmas yengil ipga og’ir sharcha osilgan. Ip muvozanat vaziyatidan qanday
burchakka (graduslarda) og’dirilganda keyingi harakat jarayonida ipning maksimal taranglik
kuchi minimalidan 4 marta katta bo’ladi?
Javob: 60
512. 2 m uzunlikdagi cho’zilmas yengil ipga osilib turgan sharcha vertikal tekislikda to’liq
aylanish qilishi uchun unga qanday minimal gorizontal tezlik berish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 10
513. Uchiga 1,3 kg massali yuk osilgan, boshqa bir uchi esa mahkanlangan cho’zilmas ip
vertikal tekislikda erkin aylanadi. Ipning maksimal taranglik kuchi minimalidan qanchaga
kattaligini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 78
514. 1 m uzunlikdagi yengil ipning uchiga sharcha mahkamlangan. Sharcha vertikal
tekislikda, ipning boshqa uchi orqali o’tadigan o’q atrofida erkin aylanadi. Trayektoriyaning
yuqori nuqtasida sharcha 5 m/s tezlikka ega. Ipning taranglik kuchi pastki nuqtada
yuqoridagidan necha marta katta bo’ladi? g=10 m/s
2
.
45
Javob: 5
515. 0,5 m uzunlikdagi ipga bog’langan 0,5 kg massali tosh vertikal tekislikda erkin aylanadi.
Aylananing pastki nuqtasida ipning tarangligi 45 N. Toshning tezligi vertikal yuqoriga
yo’nalgan paytda ip uzilib ketsa, aylananing pastki nuqtasidan hisoblaganda tosh qanday
balandlikka ko’tariladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 2
516. Ikki uchiga har birining massasi 0,5 kg bo’lgan ikkita yuk mahkamlangan vaznsiz
sterjen gorizontal o’q atrofida erkin aylana oladi. O’q sterjenni 1 : 3 nisbatda bo’ladi. Sterjen
gorizontal holatga keltiriladi va qo’yib yuboriladi. Vertikal holatda u o’qqa qanday kuch bilan
ta’sir qiladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 14
517. Bir uchiga 3 kg, o’rtasiga esa 4 kg massali yuklar mahkamlangan vaznsiz sterjen bo’sh
uchi orqali o’tgan gorizontal o’q atrofida erkin aylana oladi. Sterjen yuqori holatga keltiriladi va
qo’yib yuboriladi. Pastki holatdan o’tayotgan paytda u o’qqa qanday kuch bilan ta’sir qiladi?
g=10m/s
2
.
Javob: 320
518. 0,75 m radiusli harakatsiz yarim sferaning uchidan kichik jism ishqalanishsiz sirpanib
tushadi. Qanday balandlikda (cm da) jism yarim sferaning sirtidan uziladi? Balandlik yarim
sfera asosidan hisoblanadi.
Javob: 50
519. Kichik jism “sirtmoqsimon halqa”ga silliq ulanib ketuvchi qiya tekislikdan, 6 m
balandlikdan sirpanib tushadi. Halqa radiusi 3 m. Qanday balandlikda jism halqa yuzasidan
uziladi? Balandlik halqaning pastki nuqtasidan hisoblanadi. Ishqalanish inobatga olinmasin.
Javob: 5
520. Kichik jism 2 m radiusli “sirtmoqsimon halqa”ga silliq tarzda ulanib ketuvchi qiya
tekislikdan sirpanib tushadi. Butun halqadan muvaffaqiyatli o’tish uchun jism qanday minimal
balandlikdan sirpanib tushishi kerak? Balandlik halqaning pastki nuqtasidan hisoblanadi.
Ishqalanish inobatga olinmasin.
Javob: 5
521. Butun halqani o’tishni ta’minlaydigan minimal balandlikdan tushayotgan aravacha
vertikal tekislikda 2 m radiusli “sirtmoqsimon halqa” chizadi. Halqaning pastki nuqtasidan
qanday balandlikda aravachaning relsga bosim kuchi aravachaning og’irlik kuchidan 3/2 marta
katta bo’ladi? Ishqalanish hisobga olinmasin.
Javob: 3
522. Uchiga sharcha bog’langan, 0,63 m uzunlikdagi ip vertikaldan 90
0
ga og’dirildi va qo’yib
yuborildi. Ip mixga urilganda, uzilib ketishi uchun mixni ip osilgan nuqta ostida vertikal bo’ylab
qanday eng kichik masofada (cm da) o’rnatish kerak? Tinch holatda ip sharchaning sakkiz
baravardagi og’irligiga bardosh beradi.
Javob: 45
523. Uzunligi 75 cm bo’lgan, bir uchiga sharcha bog’langan ip vertikaldan 90
0
ga og’dirildi va
qo’yib yuborildi. Keyingi harakat paytida ip doim tarang turishi uchun mixni ip osilgan nuqta
ostida vertikal bo’ylab qanday eng kichik masofada (cm da) o’rnatish kerak?
Javob: 45
524. Uzunligi 54 cm bo’lgan, bir uchiga sharcha bog’langan ip vertikaldan 90
0
ga og’dirildi va
qo’yib yuborildi. Ip vertikal holatdan o’tayotib, o’zi osilgan nuqtadan 27 cm pastda qoqilgan
mixga ilinadi. Shundan so’ng sharcha qanday maksimal balandlikka (cm da, pastki nuqtadan
hisoblaganda) ko’tariladi?
Javob:
Energiya va impulsning saqlanishi. Elastik urilish
525. 6 m/s tezlikka ega 2 kg massali shar massasi 1 kg bo’lgan harakatsiz turgan shar bilan
to’qnashadi. Urilishni markaziy va absolyut elastik hisoblab, ikkinchi sharning to’qnashuvdan
keyingi tezligini toping.
Javob: 8
46
526. O’zaro absolyut elastik to’qnashuvchi ikki sharlardan massasi kattarog’i tinch turibdi.
Markaziy urilish natijasida kichkina shar kinetik energiyasining 3/4 ini yo’qotdi. Bir sharning
massasi boshqasinikidan necha marta katta?
Javob: 3
527. Dastlab tinch turgan, kattaroq massadagi sharga boshqasi kelib uriladi. Markaziy
elastik urilishdan so’ng sharlar shunday harakatlanadiki, bunda kichkina sharning tezlik
qiymati katta sharning tezlik qiymatidan 2,5 marta katta bo’ladi. Sharlar massalarining
nisbatini toping.
Javob: 6
528. O’lchami bir xil bo’lgan ikkita shar bir-biriga tekkan holda mayin iplarda osilib turibdi.
Birinchi shar muvozanat vaziyatidan chiqariladi va qo’yib yuboriladi. Elastik urilishdan so’ng
sharlar bir xil balandlikka ko’tariladi. Agar ikkinchi sharning massasi 0,6 kg bo’lsa, birinchi
sharning massasini (g da) toping.
Javob: 200
529. Bir xil o’lchamdagi ikkita shar bir-biriga tekkan holda 0,5 m uzunlikdagi bir xil iplarga
osilib turibdi. Sharlar massasi 2 : 3 nisbatda. Yengilroq shar muvozanat holatidan 90
0
ga
og’dirildi va qo’yib yuborildi. Absolyut elastik urilishdan keyin ikkinchi shar necha santimetrga
ko’tariladi?
Javob: 32
530. Silliq gorizontal stolda bir-biriga tegmagan holda birin-ketin joylashgan bir xil
radiusdagi uchta: birinchisi 2m, ikkinchisi m va uchinchisi m/2 massali sharlar turibdi. Birinchi
sharga uchala sharning markazlaridan o’tuvchi to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan 9 m/s tezlik
berildi. Birinchi shar ikkinchisiga, ikkinchisi esa uchinchisiga borib uriladi. Uchinchi sharning
ikkinchi shar bilan urilgandan keyingi tezligini toping. Barcha to’qnashuvlar – absolyut elastik.
Javob: 16
531. Alfa-zarracha harakatsiz turgan geliy yadrosi bilan absolyut elastik to’qnashganidan
so’ng dastlabki yo’nalishiga qandaydir burchak ostida uchib ketadi. To’qnashuvdan keyin
zarrachalar o’zaro qanday burchak ostida (graduslarda) harakatlanishini aniqlang.
Javob: 90
532. Alfa-zarracha harakatsiz turgan geliy yadrosi bilan absolyut elastik to’qnashganidan
so’ng dastlabki yo’nalishiga 30
0
burchak ostida uchib ketadi. Zarrachalarning to’qnashuvdan
keyingi kinetik energiyalarining nisbatini aniqlang.
Javob: 3
533.
ϑ
tezlik bilan harakatlanayotgan 3 kg massali shar tinch turgan sharga absolyut elastik
urilganidan keyin dastlabki harakat yo’nalishiga nisbatan 90
0
burchak ostida
ϑ
/2 tezlik bilan
harakatlanadi. Ikkinchi sharning massasini aniqlang. Sharlarning yuzalari silliq.
Javob: 5
534. 100 g massali shar tinch turgan 300 g massali sharga 120 cm/s tezlik bilan borib uriladi.
Agar birinchi sharning tezlik yo’nalishi urilish paytida sharlar markazlarini tutashtiruvchi
chiziq bilan 60
0
burchak tashkil etsa, ikkinchi sharning urilishdan keyingi tezligini (cm/s da)
toping. Sharlarning yuzalari silliq, va urilish – absolyut elastik.
Javob: 30
535. 70 g massali birinchi shar tinch turibdi. Xuddi shu o’lchamdagi, lekin massasi 150 g
bo’lgan ikkinchi shar esa 44 cm/s tezlik bilan unga shunday uriladiki, bunda uning markazining
tezligi birinchi shar yuzasiga o’tkazilgan urinma chizig’i ustida yotadi. Absolyut elastik
urilishdan keyin ikkinchi sharning tezligini (cm/s da) toping. Sharlarning yuzalari silliq.
Javob: 26
536. Har birining massasi 2 kg dan bo’lgan ikkita shar silliq gorizontal sirtda bir-biriga
tekkan holda tinch turibdi. Uchinchi shar bu sharlarning urinish nuqtasi orqali o’tuvchi to’g’ri
chiziq bo’ylab va ularning markazlarini tutashtiruvchi chiziqqa perpendikulyar harakatlanib
ularga borib uriladi. Agar uchinchi shar harakatsiz sharlar bilan absolyut elastik to’qnashuvdan
keyin to’xtab qolgan bo’lsa, uning massasi qanchaga teng? Barcha sharlar silliq va bir xil
radiusga ega.
Javob: 3
47
537. Yengil sharcha erkin tusha boshlaydi va 1,25 m masofa o’tgach 2,5 m/s tezlik bilan
yuqoriga qarab harakatlanayotgan o’g’ir plita bilan absolyut elastik to’qnashadi. Urilishdan
so’ng sharcha qanday balandlikka ko’tariladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 5
538. Stol tennisi o’yinining plastmassali sharchasi 80 cm balandlikdan tushirib yuboriladi.
Sharcha trayektoriyasining pastki nuqtasida pastdan yuqoriga qarab raketka bilan uriladi,
shundan so’ng sharcha dastlabki balandligidan 4 marta katta bo’lgan balandlikka sakraydi.
Raketkaning zarba paytidagi tezligini aniqlang. Zarbani absolyut elastik deb hisoblang,
havoning qarshiligini inobatga olmang. Raketkaning massasi sharcha massasidan ancha katta.
g=10 m/s
2
.
Javob: 2
539. Gorizontal uchayotgan sharcha pona yuzasiga elastik uriladi va vertikal yuqoriga
sakraydi. Agar urilishdan keyin ponaning tezligi 2 m/s ga teng bo’lsa, sharcha zarba nuqtasidan
qanday balandlikka ko’tariladi? Ishqalanish inobatga olinmasin. Ponaning massasi sharcha
massasidan 10 marta katta. g=10 m/s
2
.
Javob: 18
540. Ikki jism orasida siqilgan vaznsiz prujinada 100 J energiya zahirasi to’plangan. Bir
jismning massasi 0,9 kg, boshqasiniki 0,1 kg. Prujina bo’shatilgandan keyin katta massali
jismning kinetik energiyasini aniqlang.
Javob: 10
541. Silliq pona silliq stol ustida turibdi. Ponaga 2 m/s tezlik bilan chiqa boshlaydigan
kichkina brusok stol yuzasidan qancha balandlikka (cm da) ko’tariladi? Ponaning massasi 8 kg,
brusokning massasi 2 kg. Brusok ponaga urilishsiz, silliq tarzda chiqadi deb hisoblang. g=10
m/s
2
.
Javob: 16
542. Silliq gorizontal stolda turgan 2 kg massali silliq pona ustiga 1 kg massali jism qo’yiladi
va qo’yib yuboriladi. Agar jismning boshlang’ich balandligi 120 cm ga teng bo’lsa, u pona ustidan
tekislikka tushgandan so’ng ponaning tezligi qanchaga teng bo’ladi? g=10 m/s
2
. Ponaning pastki
qismi gorizontal sirt bilan silliq ulangan deb hisoblang.
Javob: 2
543. 0,3 m/s va 0,2 m/s tezliklar bilan bir-biriga qarab harakatlanayotgan, massalari mos
ravishda 20 t va 60 t bo’lgan ikki vagonning to’qnashuvi paytida buferli prujinalarning har biri
necha millimetrga siqiladi? To’qnashuv paytida har bir vagonda bikrligi 60 kN/m bo’lgan ikkita
prushina ishlaydi. Issiqlik ajralishi inobatga olinmasin.
Javob: 125
544. Silliq polda yotgan 0,9 kg va 1,6 kg massali ikkita brusok vaznsiz prujina yordamida
ulangan. Brusoklarni shunday ushlab turishadiki, bunda prujina 10 cm ga siqilgan. Dastlab
birinchi brusok qo’yib yuboriladi, prujina deformatsiyalanmagan paytda esa ikkinchisi ham
qo’yib yuboriladi. Keyingi harakat jarayonida prujinaning maksimal deformatsiyasini (cm da)
toping.
Javob: 8
545. Bikirligi 500 N/m bo’lgan, deformatsiyalanmagan prujina yordamida ulangan 300 g va
600 g massali ikkita brusok silliq gorizontal tekislikda yotibdi. Birinchi brusokka prujina o’qi
bo’ylab 12 m/s tezlik bilan gorizontal uchayotgan 100 g massali sharcha kelib tegadi. Keyingi
harakat jarayonida prujinaning maksimal deformatsiyasini (cm da) toping. Sharchaning
brusokka urilishi absolyut elastik.
Javob: 12
546. Deformatsiyalanmagan prujina yordamida ulangan 100 g va 400 g massali ikkita brusok
silliq gorizontal tekislikda yotadi. Birinchi brusokka ikkinchi brusokka qarab 10 m/s tezlik
beriladi. Keyingi harakat jarayonida ikkinchi brusokning maksimal tezligini toping.
Javob: 4
547. 900 N/m bikirlikdagi prujina yordamida ulangan 0,5 kg va 1 kg massali ikkita brusok
silliq
polda
yotadi.
Dastlab
birinchi
brusok
devorga
tiralib
turadi,
prujina
deformatsiyalanmagan va devorga perpendikulyar yo’nalgan. Ikkinchi brusok birinchisi
48
tomonga 10 cm ga ko’chiriladi va qo’yib yuboriladi. Keyingi harakat jarayonida birinchi
brusokning maksimal tezligini toping.
Javob: 4
548. Deformatsiyalanmagan prujina yordamida ulangan 300 g va 60 g massadagi ikkita
brusok silliq gorizontal tekislikda yotadi. Birinchi brusokka prujina o’qi bo’ylab 9 m/s tezlik
bilan gorizontal uchayotgan 100 g massali sharcha kelib tegadi. Birinchi brusokning keyingi
harakat davomidagi minimal tezligini toping. Sharchaning brusokka urilishi absolyut elastik.
Javob: 3
549. Brusok silliq gorizontal tekislikda turibdi. Brusokka shtativ mahkamlangan. Shtativga
uchida 0,1 kg massali sharcha bo’lgan ip osilgan. Brusokning shtativ bilan birgalikdagi massasi
yukning massasiga teng. Dastlab ip yuki bilan gorizontal holatda ushlab turiladi, keyin qo’yib
yuboriladi. Yuk pastki nuqtadan o’tayotganda ipning taranglik kuchini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 5
550. Namoyish qurilmasi silliq ravishda R radiusli “sirtmoqsimon halqa”ga ulanib ketadigan
qiya tekislikdan iborat. Qurilma gorizontal tekislikda turgan aravacha ustiga o’rnatilgan. 0,2 kg
massali yuk 3R balandlikdan (halqaning quyi nuqtasidan hisoblaganda) tushadi. Halqaning
yuqori nuqtasida yukning sirtga bosim kuchi qanchaga teng? Ishqalanish hisobga olinmasin.
Qurilmaning aravacha bilan birgalikdagi massasi yukning massasidan 4 marta katta. g=10
m/s
2
.
Javob: 3
Mexanik energiyaning ichki energiyaga o’tishi. Ishqalanish kuchlarining ishi
551. 100 g massali shar 2 m balandlikdan po’lat plita ustiga erkin tushadi va 1 m
balandlikkacha sakraydi. Urilish paytida issiqlik ko’rinishida yo’qotilgan energiyani aniqlang.
Havoning qarshiligi inobatga olinmasin. g=10 m/s
2
.
Javob: 1
552. Agar 500 g massali to’p polga urilib sakragandan so’ng 50 cm balandlikka ko’tarilsa, va
urilish paytida 2 J energiya ajralsa, to’p boshlang’ich tezliksiz qanday balandlikdan (cm da)
tushgan. Havoning qarshiligi inobatga olinmasin. g=10 m/s
2
.
Javob: 90
553. 0,1 kg massali to’p poldan 2 m balandlikdan boshlang’ich tezliksiz qo’yib yuborildi. Agar
to’pning polga birinchi va ikkinchi urilishlari orasidagi vaqt 1,2 s bo’lsa, to’pning polga birinchi
urilishida ajraladigan issiqlik miqdori (mJ da) qanchaga teng? Havo qarshiligi hisobga
olinmasin. g=10 m/s
2
.
Javob: 200
554. 20 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otilgan 400 g massali to’p yerga 15 m/s tezlik bilan
tushdi. Havoning qarshilik kuchini yengishga sarflanadigan ishni aniqlang.
Javob: 35
555. 500 g massali to’p yer sirtidan 15 m balandlikdan 10 m/s tezlik bilan vertikal pastga
otildi. To’p yerga 16 m/s tezlik bilan tushdi. To’p harakati paytida havoning qarshlik kuchi
bajaradigan ishning absolyut qiymatini aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 36
556. Agar toshning tezligi yerga tushish paytida 18 m/s, havoning qarshilik kuchini yengishga
sarflanadigan ish esa 38 J bo’lsa, tosh boshlang’ich tezliksiz qanday balandlikdan tushadi?
Toshning massasi 1 kg. g=10 m/s
2
.
Javob: 20
557. Koptok 1,8 m balandlikdan vertikal pastga 8 m/s boshlang’ich tezlik bilan tashlanadi.
Yerga ikki marta urilgandan so’ng to’p dastlabki balandlikkacha ko’tarildi. Har bir zarba
paytida necha foiz energiya yo’qotiladi? Havoning qarshiligi inobatga olinmasin. g=10 m/s
2
.
Javob: 40
558. Avtomobil 72 km/h o’zgarmas tezlik bilan harakatlandi. Tog’ etagida motor o’chirildi.
Avtomobil tog’ bo’ylab 5 m balandlikka ko’tarildi va to’xtab qoldi. Avtomobilning dastlabki
kinetik energiyasining qanday qismi (foizlarda) ishqalanish kuchlariga qarshi ish bajarishga
sarflanadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 75
49
559. Gorizont bilan 30
0
burchak hosil qiluvchi qiya taxta bo’ylab 2 kg massali jism sirpana
boshlaydi. Agar jismning 1,8 m yo’l kesmasi oxiridagi tezligi 3 m/s ga teng bo’lsa, shu yo’l
kesmasida ishqalanish hisobiga qancha issiqlik ajralgan? g=10 m/s
2
.
Javob: 9
560. 4,2 kg massali jism gorizontal yo’nalgan kuch ta’sirida gorizontal tekislik bo’ylab
sirpanadi. Jismning tekislikka ishqalanish koeffitsiyenti 0,1. 25 m yo’lda issiqlik ko’rinishida
ajraladigan energiyani aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 105
561. 4,2 kg massali jism gorizontal kuch ta’sirida 2 m/s
2
o’zgarmas tezlanish bilan gorizontal
sirt bo’ylab sirpanadi. Jism va yuza orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,1. 5 s vaqt ichida
issiqlik ajralishining o’rtacha quvvatini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 21
562. Qiyalik burchagi gorizontga 45
0
bo’lgan taxta bo’ylab 5 kg massali brusok ip yordamida 1
m balandlikka tortib chiqariladi. Ip taxtaga parallel joylashgan. Brusokning taxtaga ishqalanish
koeffitsiyenti 0,3. Taxta va brusokni qizdirishga ketadigan energiyani toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 15
563. Chana tog’dan tushib, gorizontal yuza bo’ylab 1 m yo’lni o’tadi va to’xtaydi. Agar chana
va yo’l orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 bo’lsa, chananing tog’ etagidagi tezligini aniqlang.
g=10 m/s
2
.
Javob: 2
564. Agar 0,5 kg massali jism qiya tekislik bo’ylab 1 m balandlikka ko’tarilgan bo’lsa, tekislik
asosi yaqinida u qancha kinetik energiyaga ega bo’lgan? Jism va tekislik orasidagi ishqalanish
koeffitsiyenti 0,2. Tekislikning gorizontga qiyalik burchagi 45
0
. g=10 m/s
2
.
Javob: 6
565. Balandligi 2 m va asosining uzunligi 5 m bo’lgan tepalikdan sirpanib tushgan chana
qandaydir gorizontal yo’lni bosib o’tgach, to’xtaydi. Agar butun yo’l davomida ishqalanish
koeffitsiyenti 0,05 bo’lsa, bu gorizontal yo’l qanchaga teng?
Javob: 35
566. Goizont bilan 45
0
burchak hosil qilgan qiya tekislikdan, 1 m balandlikdan kichik shayba
sirpanib tushadi. Shayba tushish oxirida qiya tekislikning asosi yaqinida devorga absolyut
elastik uriladi va qiya tekislik bo’ylab yuqoriga ko’tariladi. Agar shaybaning tekislikka
ishqalanish koeffitsiyenti 0,25 bo’lsa, urilishdan so’ng shayba qanday balandlikka (cm da)
ko’tariladi?
Javob: 60
567. Gorizontga qiyalik burchagining sinusi 0,28 bo’lgan qiya tekislikda 2,1 m balandlikda
kichik shayba turibdi. Shaybaning tekislikka ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. Shayba qiya tekislik
asosi yonida joylashgan tayanchga absolyut elastik urilgach, avvalgi nuqtaga qaytib chiqishi
uchun unga shu tekislik bo’ylab pastga yo’nalgan qanday tezlik berish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 12
568. Chana 15 m balandlikdan qiyalik burchagi gorizontga 45
0
bo’lgan tog’ bo’ylab sirpanib
tushadi. Gorizontal yo’l bo’ylab 24 m masofani o’tgach, u qiyalik burchagi xuddi shunday bo’lgan
boshqa toqqa ko’tariladi. Agar ishqalanish koeffitsiyenti butun yo’l davomida 0,2 bo’lsa,
chananing ikkinchi tog’da qanday balandlikka ko’tarilishini aniqlang.
Javob: 6
569. Gorizontal tekislikda yotgan 5 kg massali jism vertikal devor bilan
deformatsiyalanmagan prujina yordamida ulangan. Prujinaning o’qi gorizontal, uning bikirligi
100 N/m, jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,4. Jismga prujina o’qi bo’ylab
yo’nalgan 1 m/s tezlik beriladi. Prujinaning maksimal deformatsiyasini (cm da) toping. g=10
m/s
2
.
Javob: 10
570. Gorizontal tekislikda yotgan 3 kg massali jism vertikal devor bilan
deformatsiyalanmagan prujina yordamida ulangan. Prujinaning o’qi gorizontal, uning bikirligi
54 N/m, jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,3. Jismga prujina o’qi bo’ylab
yo’nalgan qanday minimal tezlik berilganda, u boshlang’ich nuqtasiga qaytib keladi? g=10 m/s
2
.
50
Javob: 2
571. Gorizont bilan burchak (sinα=0.6) hosil qiladigan qiya tekislikda 0,5 kg massali brusok
turibdi. Brusok qiya tekislikning uchi bilan 64 N/m bikirlikdagi deformatsiyalanmagan prujina
yordamida ulangan. Brusokka tekislik bo’ylab yuqoriga yo’nalgan qanday tezlik (cm/s da)
berilganda, u qaytib kelib, boshlang’ich nuqtasida to’xtab qoladi? Brusokning tekislikka
ishqalanish koeffitsiyenti 0,8. g=10 m/s
2
.
Javob: 40
572. Bikirligi 15 N/m bo’lgan deformatsiyalanmagan prujina yordamida ulangan 5 kg massali
ikkita bir xil jism gorizontal polda yotibdi. Jismlardan biriga prujina o’qi bo’ylab yo’nalgan
qanday minimal tezlik berilganda, u ikkinchi jismni joyidan siljita oladi? Har bir jism uchun
ishqalanish koeffitsiyenti 0,1. g=10 m/s
2
.
Javob: 1
573. 200 N/m bikirlikdagi prujina yordamida ulangan massalari 3 kg va 2 kg bo’lgan ikkita
brusok polda yotibdi. Brusoklar shunday ushlab turilibdiki, bunda prujina siqilgan holatda
turibdi. Avval birinchi brusok qo’yib yuboriladi, prujina deformatsiyalanmagan paytda esa
ikkinchisi ham qo’yib yuboriladi. Ikkinchi brusok joyidan siljishi uchun boshlang’ich
deformatsiya kamida necha santimetrga teng bo’lishi kerak? Birinchi brusokning polga
ishqalanish koeffitsiyenti 0,2, ikkinchisiniki esa – 0,3. g=10 m/s
2
.
Javob: 9
Mexanik energiyaning tashqi kuchlar ta’sirida o’zgarishi
574. Deformatsiyalanmagan prujina yordamida vertikal devorga ulangan brusok silliq polda
yotadi. Prujinaning o’qi gorizontal, uning bikirligi 50 N/m. Brusokka prujina o’qi bo’ylab
yo’nalgan 4 N o’zgarmas kuch ta’sir eta boshlaydi. Prujinaning maksimal deformatsiyasini (cm
da) toping.
Javob: 16
575. Deformatsiyalanmagan prujina yordamida vertikal devorga ulangan 100 g massali
brusok silliq polda yotadi. Prujinaning o’qi gorizontal, uning bikirligi 250 N/m. Brusokka prujina
o’qi bo’ylab yo’nalgan 4 N o’zgarmas kuch ta’sir eta boshlaydi. Brusokning maksimal tezligini
(cm/s da) toping.
Javob: 80
576. Deformatsiyalanmagan prujina yordamida vertikal devorga ulangan 250 g massali
brusok polda yotadi. Prujinaning o’qi gorizontal, uning bikirligi 100 N/m, ishqalanish
koeffitsiyenti 0,4. Brusokka prujina o’qi bo’ylab yo’nalgan 3 N o’zgarmas kuch ta’sir eta
boshlaydi. Prujinaning maksimal deformatsiyasini (cm da) toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 4
577. Deformatsiyalanmagan prujina yordamida vertikal devorga ulangan 250 g massali
brusok polda yotadi. Prujinaning o’qi gorizontal, uning bikirligi 100 N/m, ishqalanish
koeffitsiyenti 0,4. Brusokka prujina o’qi bo’ylab yo’nalgan 3 N o’zgarmas kuch ta’sir eta
boshlaydi. Prujinaning maksimal tezligini (cm/s da) toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 40
578. Shiftga 100 N/m bikirlikdagi prujina yordamida yuk osilgan. Yukka vertikal pastga
yo’nalgan 6 N o’zgarmas kuch ta’sir eta boshlaydi. Yukning maksimal ko’chishini (cm da) toping.
Javob: 12
579. Shiftga 50 N/m bikirlikdagi prujina yordamida 0,5 kg massadagi yuk osilgan. Yukka
vertikal pastga yo’nalgan 10 N o’zgarmas kuch ta’sir eta boshlaydi. Yukning maksimal tezligini
toping.
Javob: 2
580. 100 N/m bikirlikdagi prujina yordamida qiya tekislikning uchi bilan ulangan brusok shu
silliq qiya tekislikda yotadi. Brusokka tekislik bo’ylab pastga yo’nalgan 12 N o’zgarmas kuch
ta’sir eta boshlaydi. Brusokning maksimal ko’chishini (cm da) toping.
Javob: 24
581. Gorizont bilan burchak hosil qiluvchi (sinα=0.6) qiya tekislikda 1 kg massali brusok
yotadi. Brusok qiya tekislikning uchi bilan 64 N/m bikirlikdagi deformatsiyalanmagan prujina
yordamida ulangan. Brusokning tekislikka ishqalanish koeffitsiyenti 0,8. Brusokka tekislik
51
bo’ylab yuqoriga yo’nalgan 14 N o’zgarmas kuch ta’sir eta boshlaydi. Brusok to’xtaguncha
qanday masofani (cm da) bosib o’tadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 5
582. Gorizont bilan burchak (sinα=0.6) hosil qiluvchi qiya tekislikda 1 kg massali brusok
yotadi. Brusok qiya tekislikning uchi bilan 16 N/m bikirlikdagi deformatsiyalanmagan prujina
yordamida ulangan. Brusokning tekislikka ishqalanish koeffitsiyenti 0,8. Brusokka tekislik
bo’ylab pastga yo’nalgan 2 N o’zgarmas kuch ta’sir eta boshlaydi. Brusokning maksimal tezligini
(cm/s da) toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 40
583. Deformatsiyalanmagan prujina yordamida ulangan, massalari 1 kg va 4 kg bo’lgan ikkita
brusok gorizontal tekislikda yotadi. Ikkinchi brusok o’rnidan qo’zg’alishi uchun birinchi
brusokka qanday eng kichik gorizontal o’zgarmas kuch qo’yish kerak? Brusoklarning tekislikka
ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. g=10 m/s
2
.
Javob: 6
584. Deformatsiyalanmagan prujina yordamida ulangan, massalari 3 kg va 8 kg bo’lgan ikkita
brusok gorizontal tekislikda yotadi. Ikkinchi brusok o’rnidan qo’zg’alishi uchun birinchi
brusokka qanday eng kichik gorizontal o’zgarmas kuch qo’yish kerak? Brusoklarning tekislikka
ishqalanish koeffitsiyentlari mos ravishda 0,2 va 0,15. g=10 m/s
2
.
Javob: 12
585. 2 kg massali yuk 250 N/m bikirlikdagi elastik rezinali shnur yordamida shifga osilgan.
Yukka vertikal yuqoriga yo’nalgan 5 N o’zgarmas kuch ta’sir eta boshlaydi. Yuk qanday
maksimal balandlikka (cm da, boshlang’ich nuqtadan hisoblaganda) ko’tariladi?
Javob: 4
586. 2 kg massali yuk 250 N/m bikirlikdagi elastik rezinali shnur yordamida shiftga osilgan.
Yukka vertikal yuqoriga yo’nalgan 12 N o’zgarmas kuch ta’sir eta boshlaydi. Yuk qanday
maksimal balandlikka (cm da, boshlang’ich nuqtadan hisoblaganda) ko’tariladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 10
587. 2 kg massali yuk elastik rezinali shnur yordamida shiftga osilgan. Yukka vertikal
yuqoriga yo’nalgan o’zgarmas kuch bilan ikki bor: birinchi holda 15 N, ikkinchi holda esa 5 N
bilan ta’sir qilindi. Birinchi holda yukning maksimal ko’tarilish balandligi (boshlang’ich
nuqtadan hisoblaganda) ikkinchi holdagiga nisbatan necha marta katta? g=10 m/s
2
.
Javob: 4
588. 2 kg massali yuk elastik rezinali shnur yordamida shiftga osilgan. Yukka ikki bor,
birinchi holda vertikal yuqoriga yo’nalgan, ikkinchi bor esa vertikal pastga yo’nalgan 15 N
o’zgarmas kuch bilan ta’sir qilindi. Yukning to’xtaguncha bosib o’tgan masofasi ikkinchi holda
birinchi holdagidan necha foiz kam? g=10 m/s
2
.
Javob: 25
589. Qiya ko’prik bo’ylab yo’nalgan ip bilan 50 kg massali yashik sekin yuqoriga tortib
chiqarildi. Bunga 10,5 kJ ish sarflandi. Ko’prikning yuqori nuqtasida ip uziladi va yashik pastga
sirpanadi. Ko’prikning pastki nuqtasida uning tezligi 10 m/s ni tashkil etadi. Ko’prikning
balandligini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 13
590. Kesim yuzasi 0,4 m
2
va chuqurligi 3 m bo’lgan silindr shaklidagi quduq uchdan ikki
qismigacha suv bilan to’ldirilgan. Nasos suvni tortadi va uni ko’ndalang kesim yuzasi 0,8 cm
2
bo’lgan quvur orqali yer yuzasiga uzatadi. Nasos quduqdagi suvning hammasini 1000 s ichida
tortib olsa, u qanday ish (kJ da) bajaradi? Ishqalanishga sarflangan energiya hisobga olinmasin.
g=10 m/s
2
.
Javob: 56
Mexanik energiyaning o’zgarishi va impulsning saqlanish qonuni
591. 5 m/s tezlikka ega bo’lgan 4 kg massali shar xuddi shuncha massali tinch turgan shar
bilan to’qnashadi. Absolyut noelastik to’qnashuvdan so’ng sharlar bir xil tezlik bilan
harakatlanadi. To’qnashuv paytida qancha issiqlik ajralgan?
Javob: 25
52
592. 1 kg va 2 kg massali sharlar bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishda mos ravishda 1 m/s va
2 m/s tezliklar bilan harakatlanadi. Bu sharlarning absolyut noelastik urilishida qancha issiqlik
ajralashini toping.
Javob: 3
593. Harakatlanayotgan jism tinch turgan jism bilan to’qnashadi, buning natijasida ular
dastlab harakatlanayotgan jismning tezligidan 4 marta kichik bo’lgan tezlik bilan birga
harakatlanishadi. Harakatlanayotgan jism kinetik energiyasining qanday qismi (foizlarda)
issiqlikka aylangan?
Javob: 75
594. Gorizontal uchayotgan o’q massasi uning massasidan 5 marta katta bo’lgan,
penoplastdan tayyorlangan, tinch turgan sharga borib tegadi va uni diametri bo’yicha teshib
o’tadi. Shar ichidan uchib chiqqach, o’qning tezligi dastlabkisidan 2 marta kamaydi. Bunda o’q
dastlabki energiyasining necha foizi issiqlikka aylangan?
Javob: 70
595. 50 kg massali aravacha 2 m/s tezlik bilan silliq gorizontal yuza bo’ylab harakatlanmoqda.
50 kg massali yuk aravacha ustiga 20 cm balandlikdan tushadi va unda qoladi. Ajralgan issiqlik
miqdorini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 150
596. 100 m/s bilan uchayotgan 20 g massali o’q unga tomon 10 m/s tezlik bilan uchayotgan
yog’och sharda tiqilib qoladi. Sharning massasini o’q massasidan ancha katta deb hisoblab,
urilish paytida ajraladigan issiqlik miqdorini toping.
Javob: 121
597. 72 km/h tezlik bilan ketayotgan poyezd derazasidan boshini chiqargan kishi poyezd
harakat yo’nalishi bo’ylab oldinga tomon 100 g massali toshni otadi. Agar toshning boshlang’ich
tezligi gorizontal yo’nalgan va yerga nisbatan 30 m/s ga teng bo’lsa, kishi tosh ustida qanday ish
bajargan?
Javob: 5
598. 90 g massali brusok silliq gorizontal yuzada turibdi va deformatsiyalanmagan prujina
yordamida vertikal devor bilan ulangan. Prujinaning o’qi gorizontal, uning bikirligi 4 kN/m.
Tezligi prujina o’qiga parallel bo’lgan va 100 m/s ga teng bo’lgan 10 g massali o’q brusokda tiqilib
qoladi. Prujinaning maksimal deformatsiyasi (cm da) qanchaga teng?
Javob: 5
599. 490 g massali brusok silliq polda turibdi va deformatsiyalanmagan prujina yordamida
vertikal devor bilan ulangan. Prujinaning o’qi gorizontal, uning bikirligi 180 N/m. Tezligi
prujina o’qiga parallel bo’lgan 10 g massali o’q brusokda tiqilib qoladi. Buning natijasida prujina
10 cm ga siqiladi. O’qning boshlang’ich tezligi qanchaga teng? Brusok va pol orasidagi
ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. g=10 m/s
2
.
Javob: 100
600. Yengil sterjenga osilgan 700 g massali sharga gorizontal holda uchayotgan 10 g massali
o’q tegadi. O’q sharda tiqilib qoladi, so’ngra esa shar o’zining dastlabki vaziyatidan 20 сm
balandlikka ko’tariladi. O’qning tezligini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 142
601. 40 сm uzunlikdagi yengil sterjenga osilgan 440 g massali sharga gorizontal holda
uchayotgan 10 g massali o’q tegib, unda tiqilib qoladi. O’qning qanday minimal tezligida shar
shundan keyin vertikal tekislikda to’liq aylanish qiladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 180
602. 50 cm uzunlikdagi ipga osilgan 250 g massali sharga gorizontal holda uchayotgan 10 g
massali o’q tegib, unda tiqilib qoladi. O’qning qanday minimal tezligida shar shundan keyin
vertikal tekislikda to’liq aylanish qiladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 130
603. 1 m radiusli silliq yarim sfera uchida 0,99 kg massali jism turibdi. 200 m/s tezlik bilan
gorizontal uchayotgan 0,01 kg massali o’q jismga kelib tegadi va uning ichida qoladi. Jismning
to’qnashuv vaqtidagi siljishini hisobga olmagan holda u yarim sfera yuzasidan uziladigan
balandlikni (cm da) aniqlang. g=10 m/s
2
.
53
Javob: 80
604. 3 kg massali disk o’zining markaziga mahkamlangan 200 N/m bikirlikdagi elastik
shnurga osilib turibdi. Diskka 80 cm balandlikdan shnur bo’ylab 1 kg massali (markazida
teshigi bo’lgan) shayba tushadi. Shayba tushganidan so’ng disk necha cm pastga tushadi?
Shaybaning diskka urilishi absolyut noelastik. g=10 m/s
2
.
Javob: 20
605. 3 kg massali disk o’zining markaziga mahkamlangan 200 N/m bikirlikdagi elastik
shnurga osilib turibdi. Diskka 35 cm balandlikdan shnur bo’ylab 1 kg massali (markazida
teshigi bo’lgan) shayba tushadi. Shaybaning diskka urilishi absolyut noelastik. Shaybali
diskning urilishdan keyingi maksimal tezligini (cm/s da) toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 75
606. Uzunliklari bir xil bo’lgan uzun iplarga ikkita shar osilgan. Sharlar bir-biriga tegib
turadi. Kichik massali shar 50 cm balandlikkacha chetga tortiladi va qo’yib yuboriladi. Absolyut
noelastik urilishdan so’ng sharlar necha cm ga ko’tariladi? Sharlar massalarining nisbati 1,5 ga
teng.
Javob: 8
607. Silliq polda yotgan 10 g massali brusokka 60 m/s tezlik bilan uchayotgan 2 g massali o’q
kelib tegadi. Agar o’qning brusok ichidagi harakatiga qarshilik kuchi 250 N bo’lsa, o’q
brusokning ichiga necha mm chuqurlikkacha kirib ketadi?
Javob: 12
608. 1 kg massali taxta silliq gorizontal yuza bo’ylab 3 m/s tezlik bilan tekis
harakatlanmoqda. Taxtaga yuqoridan ehtiyotkorlik bilan 0,5 kg massali g’isht qo’yiladi.
Sirpanish davomida g’isht taxtaga nisbatan qanday masofa bosib o’tadi? G’isht va taxta
orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,1. g=10 m/s
2
.
Javob: 3
609. Bir uchida kichik brusok joylashgan 2,5 m uzunlikdagi taxta silliq gorizontal yuzada
turibdi. Brusok taxtaning boshqa bir uchiga yetib borishi uchun unga qanday minimal tezlik
berish kerak? Taxtaning massasi brusok massasidan 4 marta katta, ular orasidagi ishqalanish
koeffitsiyenti 0,4. g=10 m/s
2
.
Javob: 5
610. Bir uchida vertikal tayanch (to’siq) joylashgan 1 m uzunlikdagi taxta silliq gorizontal
yuzada turibdi. Taxtaning boshqa bir uchida yotgan kichik brusok tayanchga absolyut elastik
urilgandan so’ng ortga qaytib, taxtadan tushib ketishi uchun unga qanday minimal tezlik berish
kerak? Taxtaning massasi brusok massasidan 8 marta katta, ular orasidagi ishqalanish
koeffitsiyenti 0,2. g=10 m/s
2
.
Javob: 3
611. Ustida 490 g massali brusok bo’lgan 1,5 kg massali taxta silliq polda turibdi. 100 m/s
tezlik bilan taxta bo’ylab gorizontal uchayotgan 10 g massali o’q brusokka kelib tegadi va uning
ichida tiqilib qoladi. Agar taxta va brusok orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,5 bo’lsa, brusok
taxta bo’ylab necha cm ga siljiydi? g=10 m/s
2
.
Javob: 30
612. 200 m/s tezlik bilan uchgan 8 kg massali snaryad portlab, ikki snaryad parchasiga
bo’linadi. 6 kg massali snaryad parchasi snaryadning uchish yo’nalishida 400 m/s tezlikka ega
bo’ldi. Portlash paytida ajralgan energiyani (kJ da) aniqlang.
Javob: 480
613. 990 kg massali zambarakdan 10 kg massali snaryad gorizontal ravishda uchib chiqadi.
Porox gazlarining portlashida ajraladigan energiyaning qanday qismi (foizlarda) zambarakning
orqaga tisarilishiga sarflanadi?
Javob: 1
614. Massasi 60 kg bo’lgan odam muz ustida 40 kg massali chana yonida turibdi. Odam
chanaga 3 m/s tezlik berib, uni itarib yuboradi, o’zi esa qarama-qarshi tomonga sirpanib ketadi.
Bunda odam qanday ish bajaradi?
Javob: 300
54
615. Konkichi yukli chanani muz ustida 4 m/s tezlik bilan itarib boradi. Keyin uni oldinga
turtib, qo’yib yubordi. Agar chananing tezligi 8 m/s gacha oshgan bo’lsa, konkichi qanday ish
bajargan? Chananing massasi 70 kg, odamning massasi 80 kg.
Javob: 1050
616. 480 g massali sharga uning markazi orqali o’tadigan chiziq bo’ylab 100 m/s tezlik bilan
uchayotgan 20 g massali o’q tegadi. O’qning harakatiga qarshilik kuchini shar moddasi ichida
o’zgarmas va 1650 N deb hisoblab, o’qning oxirgi tezligini toping. Sharning diametri 5 cm.
Javob: 40
617. 480 g massali sharga uning markazi orqali o’tadigan chiziq bo’ylab 100 m/s tezlik bilan
uchayotgan 20 g massali o’q tegadi. Urilishdan so’ng o’q orqaga uchib ketadi, va urilish paytida
90 J energiya issiqlikka aylanadi. Sharning oxirgi tezligini toping.
Javob: 5
618. Sportchi qo’llaridagi yadro bilan rolikli konkida uchadi, va yo’l-yo’lakay yadroni itarib
yuboradi va itarish natijadasida darhol to’xtab qoladi. Agar sportchining massasi 70 kg,
yadroning massasi 10 kg, yadroning tezligi esa 8 m/s ga teng va gorizontga 30
0
burchak ostida
yo’nalgan bo’lsa, sportchi qanday ish bajargan?
Javob: 290
619. Harakatlanayotgan snaryad portlab, tezliklari orasidagi burchak 60
0
ni tashkil qiladigan
ikki snaryad parchasiga bo’lindi. Snaryad parchasining biri 20 kg massaga va 100 m/s tezlikka,
boshqasi esa 80 kg massa va 25 m/s tezlikka ega. Snaryad portlashi paytida ajralgan energiya
(kJ da) qanchaga teng?
Javob: 65
620. 20 m/s tezlik bilan gorizontal uchayotgan 1,2 kg massali granata portlab, ikki bo’lakka
bo’lindi. 800 g massali bo’lakning tezligi 30 m/s ga teng va gorizontga 60
0
burchak ostida
yo’nalgan. Granata portlash paytida qanday energiya ajralgan?
Javob: 840
5. STATIKA
Teng ta’sir qiluvchi kuchlar. Qo’zg’almas jism uchun Nyutonning qonuni
621. 5 N kuchni qarama-qarshi tomonlarga ta’sir qiladigan (avvalgi to’gri chiziq bo’yicha)
ikkita kuch bilan almashtirish kerak. Bu kuchlardan kichigi 11 N. Ikkinchi kuch qanday
kattalikda bo’lishi kerak?
Javob: 16
622. O’zaro ulangan ikkita dinamomertrga og’irligi 8 N bo’lgan yuk osilgan. Har bir
dinamometrning og’irligi 2 N. Yuqoridagi dinamometr necha nyutonni ko’rsatadi?
Javob: 10
623. 1000 N og’irlikdagi yuk polda yotibdi, kishi uni vertikal yuqoriga yo’nalgan 200 N kuch
bilan ko’tarishga harakat qilyapti. Yuk polga qanday kuch bilan bosadi?
Javob: 800
624. Og’irligi 700 N bo’lgan odam 400 N og’irlikdagi yukni tekis ko’taradi. Odam polga qanday
kuch bilan bosadi?
Javob: 1100
625. Bikirliklari 2 N/m va 3 N/m bo’lgan ikki prujina parallel ulangan. Ikki prujinadan hosil
bo’lgan sistemaning bikirligi qanchaga teng?
Javob: 5
626. Bikirliklari 5 N/m va 20 N/m bo’lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Ikki prujinadan
hosil bo’lgan sistemaning bikirligi qanchaga teng?
Javob: 4
627. Jismga bir-biriga to’g’ri burchak ostida yo’nalgan 3 N va 4 N ga teng bo’lgan ikkita kuch
ta’sir qiladi. Jismga uchinchi kuch ta’sir qilganda barcha kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga
teng bo’lishi uchun, uchinchi kuchning miqdori qanday bo’lishi kerak?
Javob: 5
628. 80 kg massali parashyutchiga sakrash boshida vertikal tashkil etuvchisi 400 N,
gorizontal tashkil etuvchisi esa 300 N bo’lgan havoning qarshilik kuchi ta’sir etadi. Barcha
kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping. g=10 m/s
2
.
55
Javob: 500
629. Samolyotga vertikal yo’nalishda 550 kN og’irlik kuchi va 555 kN ko’tarish kuchi;
gorizontal yo’nalishda esa 162 kN tortish kuchi va 150 kN havoning qarshilik kuchi ta’sir etadi.
Barcha kuchlar teng ta’sir etuvchisining miqdorini (kN da) toping.
Javob: 13
630. Agar birinchi va ikkinchi kuch hamda ikkinchi va uchinchi kuch orasidagi burchaklar
60
0
dan bo’lsa, har biri 200 N dan bo’lgan shu uchta kuchning teng ta’sir etuvchisini toping.
Javob: 400
631. Bir-biriga 60
0
burchak ostida yo’nalgan, 3 N va 5 N ga teng bo’lgan ikkita kuchning teng
ta’sir etuvchisini toping.
Javob: 7
632. O’zaro 120
0
burchak ostida yo’nalgan, 3 N va 8 N ga teng bo’lgan ikkita kuchning teng
ta’sir etuvchisini toping.
Javob: 7
633. Samolyot ikkita planyorni shatakda o’zgarmas tezlik bilan tortmoqda. Samolyot va
planyorlar bir gorizontal tekislikda parvoz qilmoqda, hamda uchish yo’nalishi va shatak troslari
orasidagi burchaklar bir xil va 60
0
ga teng. Har bir shatak trosining taranglik kuchi 500 N,
samolyot harakatiga havoning qarshilik kuchi 400 N. Dvigatelning tortish kuchini toping.
Javob: 900
634. 20 kg massali fonar ko’chada, oralaridagi burchagi 120
0
bo’lgan ikkita bir xil troslarga
osilgan. Har bir trosning taranglik kuchini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 200
635. O’rtasida 20 kg massali yoritgich mahkamlangan 20 m uzunlikdagi sim ikki bino orasida
tarang tortilgan. Agar sim uning ikki uchi mahkamlangan gorizontal sathdan 50 cm ga osilib
tursa, simning tarangligi qanday bo’ladi? g=10 m/s
2
. Simning massasini hisobga olmang.
Javob: 2000
636. 6 kg massali va 80 cm uzunlikdagi bir jinsli sterjen har birining uzunligi 50 cm bo’lgan
ikkita ipga osilgan. Iplar sterjenning uchlariga bog’langan va shiftga bir nuqtada
mahkamlangan. Bunda har bir ipning tarangligi qanday bo’ladi? g=10 m/s
2
.
Javob: 50
637. 10 kg massali jism qiyalik burchagi 30
0
bo’lgan qiya tekislikda muvozanatda qolishi
uchun unga sirt bo’ylab yo’nalgan qanday kuch qo’yish kerak? Ishqalanish hisobga olinmasin.
g=10 m/s
2
.
Javob: 50
638. 10 kg massali jism qiyalik burchagi 45
0
bo’lgan qiya tekislikda muvozanatda qolishi
uchun unga qanday gorizontal kuch qo’yish kerak? Ishqalanish hisobga olinmasin. g=10 m/s
2
.
Javob: 100
639. Balandligi 0,7 m va uzunligi 2,5 m bo’lgan qiya tekislikda 5 kg massali jism turibdi.
Jismning tekislikka normal bosim kuchi qanday? g=10 m/s
2
.
Javob: 48
640. 0,4 kg massali shar silliq vertikal devorga ip yordamida osildan. Agar ip vertikal bilan
60
0
burchak tashkil etsa, uning taranglik kuchini aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 8
641. 30 kg massali yuk ikki ip yordamida shunday osib qo’yilganki, bunda birinchi ip vertikal
bilan 45
0
burchak hosil qiladi, boshqasi esa gorizontal holatda. Ikkinchi ipning taranglik kuchini
toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 300
642. Simga osilgan 24 kg massali yuk, unga gorizontal yo’nalishda qo’yilgan kuch ta’sirida
vertikaldan 60
0
burchakka og’adi. Agar yuk harakatsiz bo’lsa, simning taranglik kuchini toping.
g=10 m/s
2
.
Javob: 480
643. Stol ustida yotgan 500 g massali taxtaga gorizontal yo’nalgan 5 N kuch ta’sir qiladi.
Taxta tinch holda qolishi uchun uning ustiga qanday eng kichik massali yuk qo’yish kerak?
Taxta va stol orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. g=10 m/s
2
.
56
Javob: 2
644. Brusokni vertikal devorga siqib muvozanatda ushlab turish uchun gorizontal yo’nalgan
500 N minimal kuch talab etiladi. Agar brusok va devor orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,1
bo’lsa, brusokning massasi qanchaga teng? g=10 m/s
2
.
Javob: 5
645. Uzunligi 13 m va balandligi 5 m bo’lgan qiya tekislikda 26 kg massali yuk yotibdi.
Ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. Yukni pastga siljitish uchun, unga tekislik bo’ylab pastga
yo’nalgan qanday minimal kuch qo’yish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 20
646. Uzunligi 1 m va balandligi 0,8 m bo’lgan qiya tekislikda 2 kg massali yuk yotibdi.
Ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. Yuk pastga sirpanib ketmasligi uchun, unga tekislikka
perpendikulyar yo’nalgan qanday minimal kuch qo’yish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 20
647. Balandligi 40 cm va asosining uzunligi 100 cm bo’lgan qiya tekislikda 6 kg massali yuk
yotibdi. Agar ishqalanish koeffitsiyenti 0,5 ga teng bo’lsa, jismni qiya tekislikdan tortib tushirish
uchun, unga gorizontal yo’nalgan qanday minimal kuch qo’yish kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 5
648. Qiya tekislikda joylashgan 2,6 kg massali brusokni pastga sirpanib ketishdan saqlab
qolish uchun, unga gorizontal yo’nalgan qanday minimal kuch qo’yish kerak? Qiya tekislik
uzunligi 50 cm, balandligi 30 cm, ishqalanish koeffitsiyenti 0,4. g=10 m/s
2
.
Javob: 7
649. Gorizontal tekislikda 10 kg massali yuk turibdi. Unga 12 N gorizontal kuch qo’yilgan.
Yukni joyidan qo’zg’atish uchun, unga yana qanday minimal gorizontal kuchni perpendikulyar
yo’nalishda (avvalgi kuchga) qo’yish kerak? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,2. g=10 m/s
2
.
Javob: 16
650. Balandligi 3 m va uzunligi 9 m bo’lgan qiya tekislikda 6 kg massali jism yotibdi. Jismni
joyidan qo’zg’atish uchun, unga tekislik bo’ylab yo’nalgan qanday minimal gorizontal kuch
qo’yish kerak? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. g=10 m/s
2
.
Javob: 20
Momentlar qoidasi
a) Parallel kuchlar
651. Dastgoh valining yuzasiga urinma bo’ylab momenti 6,25 Nm ga teng bo’lgan kuch ta’sir
qiladi. Agar valning diametri 25 cm bo’lsa, bu kuch qanchaga teng?
Javob: 50
652. Dastasining uzunligi 40 cm bo’lgan gayka kaliti yordamida gayka buriladi. Kalit
dastasining uchiga 80 N kuch qo’yilgan va dastaga perpendikulyar yo’nalgan. Agar kuch dasta
uchiga emas, balki o’rtasiga qo’yilsa, shu kuchning momenti qanday bo’ladi?
Javob: 16
653. Odam quduq valiga bog’langan arqonni val o’qiga perpendikulyar va radiusni davom
ettirishdan hosil bo’lgan chiziqqa 30
0
burchak ostida yo’nalgan 100 N kuch bilan tortadi. Agar
valning diametri 28 cm bo’lsa, odam val o’qiga nisbatan qanday kattalikdagi kuch momenti hosil
qiladi?
Javob: 7
654. 12 N og’irlikdagi quvur yerda yotibdi. Uning bir uchidan ko’tarish qo’yish uchun qanday
kuch qo’yish kerak?
Javob: 6
655. 1 m uzunlikdagi va 200 kg massali bir jinsli bo’lmagan to’g’ri balka tarang tortilgan
vertikal troslarda ikki uchidan osib qo’yilgan. Balka gorizontal vaziyatda turibdi. Agar
balkaning og’irlik markazi uning chap uchidan 0,3 m masofada joylashgan bo’lsa, o’ngdagi
trosning tarangligini toping.
Javob: 600
656. Ikki kishi ustida yuki bor taxtani yelkalariga qo’yib olib borishadi. Ulardan biriga yuk
og’irligining 2/5 qismiga teng yuklanish to’g’ri keladi. Agar yuk taxtaning o’rtasidan 10 cm
57
masofada joylashgan bo’lsa, uning uzunligi (cm da) qancha? g=10 m/s
2
. Taxtaning massasini
hisobga olmang.
Javob: 100
657. Ikki kishi metal quvurni yelkalariga qo’yib olib borishadi. Birinchi kishi quvurni uning
uchidan 1 m masofada, ikkinchisi esa quvurning qarama-qarshi uchidan ushlab ketmoqda. Agar
quvurning uzunligi 2,5 m bo’lsa, birinchi kishiga to’g’ri keladigan yuklanish ikkinchisinikidan
necha marta katta?
Javob: 5
658. Uzunligi 10 m va og’irligi 9000 N bo’lgan rels ikki vertikal tros yordamida gorizontal
holatda tekis ko’tariladi. Troslardan biri relsning bir uchiga, ikkinchisi esa uning boshqa
uchidan 1 m masofada mahkamlangan. Ikkinchi trosning tarangligini aniqlang.
Javob: 5000
659. 1 m uzunlikdagi va 12 kg massali bir jinsli sterjen bir uchidan 20 cm masofada osib
qo’yilgan. Agar sterjenning qisqa uchidan ushlab, uni gorizontal vaziyatda ushlab turilsa,
sterjen qo’lga qanday kuch bilan bosadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 180
660. Bir uchiga 1,2 kg massali yuk osilgan bir jinsli sterjen muvozanatda turishi uchun
tayanch uning o’sha uchidan o’z uzunligining 1/5 qismiga teng masofada qo’yilgan. Sterjenning
massasi (g da) qanchaga teng?
Javob: 800
661. Stol ustida 75 cm uzunlikdagi bir jinsli chizg’ich uning (stolning) chetiga perpendikulyar
holda yotibdi. Chizg’ichning bir qismi stoldan chiqib turibdi. Uning shu qismining uchiga
massasi chizg’ich massasidan 2 marta katta bo’lgan yuk osilgan. Agar butun sistema
muvozanatda bo’lsa, chizg’ichning o’rtasi stol chetidan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Chizg’ich faqat stol chetiga suyanib turibdi.
Javob: 25
662. To’g’ri burchakli gorizontal platforma ustida 200 kg massali bir jinsli balka uning chetiga
perpendikulyar holda yotibdi. Balkaning to’rtdan bir qismi platforma chetidan chiqib turadi.
Balkaning chiqib turgan uchiga vertikal pastga yo’nalgan kuch qo’yiladi. Shu kuchning qanday
eng kichik qiymatida balkaning qarama-qarshi uchi ko’tarila boshlaydi? g=10 m/s
2
.
Javob: 2000
663. Ikkita yuk yelkalari 50 cm va 70 cm bo’lgan richagning uchlarida muvozanatlashtirilgan.
Agar richagning tayanchga bosim kuchi 72 N bo’lsa, katta yukning og’irligini toping. Richagning
og’irligi inobatga olinmasin.
Javob: 42
664. Jismni yelkalari teng bo’lmagan richagli tarozida o’lchashda uning bir palladagi og’irligi
36 N ga, boshqasida esa 49 N ga teng bo’ldi. Jismning haqiqiy og’irligini aniqlang.
Javob: 42
665. Jismni yelkalari teng bo’lmagan richagli tarozida o’lchashda uning bir palladagi og’irligi
16 N ga, boshqasida esa 25 N ga teng bo’ldi. Jismning massasini aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 2
666. Richagli tarozining bir pallasida 1,2 N, boshqasida esa 1,1 N og’irlikdagi yuk bor. Tarozi
muvozanatda bo’lishi uchun 0,4 N vazndagi qadoqtoshni tarozi shayinining markazidan qanday
masofada (mm da) ilish kerak? Shayinning uzunligi 0,2 m.
Javob: 25
667. 0,9 m uzunlikdagi va 2 kg massali gorizontal sterjenning uchlariga ikkita yuk osilgan:
chapda – 1 kg massali, o’ngda – 3 kg massali. Sterjen muvozanatda qolishi uchun katta
massadan qanday masofada (cm da) unga tirgak qo’yish kerak?
Javob: 30
668. Massalari 30 kg va 40 kg bo’lgan ikkita bola 4 m uzunlikdagi va 30 kg massali bir jinsli
taxtada “tebranib turishibdi”. Agar bolalar taxtaning uchlarida o’tirishgan bo’lsa, uning tayanch
nuqtasi o’rtadan qanday masofada (cm da) bo’lishi kerak?
Javob: 20
58
669. 200 g massali sterjen o’rtasidan to’g’ri burchak ostida bukildi va uchlaridan biriga
bog’langan ip bilan osib qo’yildi. Sterjen pastki yarmining o’rtasi aynan osish nuqtasi ostida
joylashishi uchun, uning shu yarmining uchiga qanday massali (g da) kichkina yuk ilish kerak?
Javob: 50
670. 300 g massali sterjen to’g’ri burchak ostida bukildi (bukish nuqtasi uni 1 : 2 nisbatda
bo’ladi) va bukilgan nuqtaga bog’langan ip bilan osib qo’yildi. Sterjenning uchlari bir sathda
bo’lishi uchun, qisqa tomonning uchiga qanday massali (g da) kichkina yuk mahkamlash kerak?
Javob: 350
671. 100 g massali sterjen o’rtasidan 120
0
burchak ostida bukildi va bukish nuqtasiga
bog’langan ip bilan osib qo’yildi. Burchakning bir tomoni gorizontal vaziyatni egallashi uchun,
uning boshqa tomoni uchiga qanday massali (g da) kichkina yuk mahkamlash kerak?
Javob: 25
672. Tomoni 2√3 m bo’lgan teng tomonli uchburchak shaklidagi 70 kg massali bir jinsli
plastinani uch kishi ko’tarib bormoqda. Bir kishi plastina asosining o’rtasini, boshqa ikkitasi esa
qarama-qarshi uchni ushlab ketyapti. Plastina ustiga 100 kg massali yuk shu uchdan qanday
masofada (cm da) qo’yilganda, barcha ko’tarib boruvchilarga teng yuklanish (nagruzka) tushadi?
Plastina gorizontal holatda.
Javob: 30
b) parallel bo’lmagan kuchlar
673. Ishchi 16 kg massali taxtaning bir uchidan shunday ushlab turibdiki, bunda taxta
boshqa uchi bilan yerga tiraladi va gorizont bilan 60
0
burchak hosil qiladi. Ishchi taxtani qanday
kuch bilan ushlab turibdi? Kuch taxtaga perpendikulyar yo’nalgan. g=10 m/s
2
.
Javob: 40
674. Radiusi 5 cm va massasi 6 kg bo’lgan shar silliq vertikal devorga 8 cm uzunlikdagi ip
yordamida osib qo’yilgan. Sharning devorga bosim kuchini aniqlang. g=10 m/s
2
.
Javob: 25
675. 1,5 m uzunlikdagi va 2 kg massali tayoq stol chetiga shunday suyantirib qo’yildiki,
bunda tayoqning yuqori uchidan stolga urinish nuqtasigacha bo’lgan masofa 50 cm ga teng
bo’ldi. Stolning balandligi 0,8 m ga teng. Tayoq va stol orasidagi ishqalanishni hisobga olmagan
holda, ularning o’zaro ta’sir kuchini toping. g=10 m/s
2
.
Javob: 9
676. 30 kg massali narvon silliq devorga 45
0
burchak ostida tirab qo’yilgan. Narvonning
devorga bosim kuchini toping. Narvonning og’irlik markazi uning o’rtasida joylashgan. g=10
m/s
2
.
Javob: 150
677. Devorga 1,5 kg massali narvon tirab qo’yilgan. Narvonning og’irlik markazi uning yuqori
uchidan o’z uzunligining 1/3 qismiga teng bo’lgan masofada joylashgan. Narvonning yuqori uchi
devorga bosim bermasligi uchun uning o’rtasiga qanday gorizontal kuch qo’yish kerak? Narvon
va devor orasidagi burchak 45
0
. g=10 m/s
2
.
Javob: 20
678. Ichki radiusi 6 cm bo’lgan silliq, baland silindrik stakan ichiga 13 cm uzunlikdagi va 250
g massali tayoqcha joylashtiriladi. Tayoqchaning yuqori uchi stakan devoriga qanday kuch bilan
ta’sir etadi? g=10 m/s
2
.
Javob: 3
679. 3 kg massali shar qiyalik burchagi gorizontga 60
0
bo’lgan qiya tekislikda joylashgan.
Sharning muvozanatiga tekislikka ishqalanish hamda bir uchi bilan sharning yuqori qismiga,
boshqa bir uchi bilan qiya tekislik uchiga mahkamlangan ipning tarangligi hisobiga erishiladi.
Agar ip gorizontal holatda bo’lsa, uning taranglik kuchini toping. g=10 m/s
2
.√3=1.7.
Javob: 17
680. Radiusi 0,5 m va massasi 10 kg bo’lgan g’ildirak 0,1 m balandlikdagi zina oldida turibdi.
G’ildirakni zina ustiga ko’tarish uchun uning o’qiga qanday eng kichik gorizontal kuch qo’yish
kerak? g=10 m/s
2
.
Javob: 75
59
681. Agar narvonning polga ishqalanish koeffitsiyenti 0,5 bo’lsa, u silliq vertikal devorga tirab
qo’yilganda, vertikalga nisbatan qanday eng katta burchak ostida (graduslarda) turishi
mumkin? Narvonning og’irlik markazi uning o’rtasida joylashgan.
Javob: 45
682. 4 m uzunlikdagi narvon silliq devorga gorizontga 60
0
burchak ostida tirab qo’yilgan.
Narvon va pol orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,25. Narvon sirpana boshlagunga qadar kishi
narvon bo’ylab qanday masofaga (cm da) ko’tarila oladi? Narvon massasi inobatga
olinmasin.√3=1.7
Javob: 170
683*. Bir jinsli taxta devorga tirab qo’yilgan. Agar ishqalanish koeffitsiyenti taxta va pol
orasida 0,4, taxta va devor orasida esa 0,5 bo’lsa, taxta bilan gorizontal pol orasidagi
burchakning qanday eng kichik qiymatida (graduslarda) taxta o’z muvozanatini saqlab qoladi?
Javob: 45
684. Gorizontal tekislikda joylashgan 50 kg massali kubni pastki qirrasi orqali ag’darib
tashlash uchun, uning yuqori qirrasiga qanday minimal gorizontal kuch qo’yish kerak? g=10
m/s
2
.
Javob: 250
685. Qiya tekislik gorizont bilan tangensi 0,6 ga teng bo’lgan burchak tashkil qiladi. Tekislik
ustida 1,5 m radiusli bir jinsli silindr turibdi. Silindrning qanday maksimal balandligida (cm da)
u ag’darilib ketmaydi?
Javob: 5
686. Yuk mashinasining kuzovida asosining radiusi 10 cm, balandligi esa 50 cm bo’lgan
silindr turibdi. Silindr ag’darilib ketmasligi uchun mashina qanday maksimal tezlanish bilan
tormozlanishi mumkin? g=10 m/s
2
.
Javob: 4
687. 10 kg massali yig’ma (ikki tomonga ochiladigan) narvonning pastki uchlari arqon
yordamida ulangan. Narvonning har bir tomoni pol bilan 45
0
burchak tashkil qiladi. Polni
absolyut silliq hisoblab, arqonning tarangligini toping.
Javob: 25
688. Yig’ma narvonning pastki uchlari arqon yordamida ulangan. 80 kg massali kishi narvon
bo’ylab uning yarim balandligigacha ko’tarilgan paytda arqonning taranglik kuchi qanday
bo’ladi? Narvonning massasi hamda polga ishqalanish inobatga olinmasin. Narvonning har bir
tomoni pol bilan 45
0
burchak tashkil qiladi. g=10 m/s
2
.
Javob: 200
689. Har birining radiusi 10 cm va massasi 600 g bo’lgan ikkita bir xil sharni ikki tomoni
vertikal ochiq bo’lgan, gorizontal tekislikda turgan 15 cm radiusli yupqa silindr ichiga qo’yishdi.
Ishqalanishni hisobga olmagan holda, silindrning qanday minimal massasida (g da) sharlar uni
ag’darib yubormasligini toping.
Javob: 400
Og’irlik markazi
690. Har birining radiusi 30 cm dan bo’lgan ikkita shar bir-biriga tegib turadi. Agar bir
sharning massasi boshqasinikidan ikki marta katta bo’lsa, sistemaning og’irlik markazi urinish
nuqtasidan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 10
691. 0,8 m uzunlikdagi sterjen va 0,2 radiusli shar o’zaro biriktirilgan, bunda sterjenning o’qi
va shar markazi bir to’g’ri chiziqda yotadi. Agar sterjen va sharning massalari bir xil bo’lsa,
sistemaning og’irlik markazi sterjen o’rtasidan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 30
692. Radiuslari 1 cm va 6 cm bo’lgan ikkita shar 10 cm uzunlikdagi bir jinsli sterjen
yordamida ulangan. Birinchi sharning massasi 60 g, ikkinchi sharniki – 72 g, sterjenning
massasi 12 g. Sistemaning og’irlik markazidan kichik sharning markazigacha bo’lgan masofani
(cm da) toping.
Javob: 9
60
693. Ikkita bir jinsli silindr o’zaro shunday ulanganki, bunda ularning o’qlari bir to’g’ri
chiziqda yotadi. Silindrlardan birining massasi 3 kg, uzunligi 1 m. Boshqasining massasi 1 kg,
uzunligi esa 0,6 m. Sistemaning og’irlik markazi katta silindrning markazidan qanday masofada
(cm da) joylashgan?
Javob: 20
694. Massalari m
1
=1 kg, m
2
=5 kg, m
3
=7 kg, m
4
=3 kg, bo’lgan to’rtta bir jinsli shar vaznsiz
sterjenda shunday ketma-ket (nomerlar tartibida) mahkamlanganki, bunda ularning markazlari
sterjen o’qida, bir-biridan 0,2 m masofada joylashgan. Sistemaning og’irlik markazi uchinchi
sharning markazidan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 5
695. Bir jinsli yupqa plastina asosi 16 cm va yon tomoni 10 cm bo’lgan teng yonli uchburchak
shakliga ega. Plastinaning og’irlik markazi asosdan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 2
696. Bir jinsli yupqa plastina tomonlari 15, 20 va 25 cm bo’lgan uchburchak shakliga ega.
Plastinaning og’irlik markazi katta tomondan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 4
697. Bir jinsli yupqa plastina tomonlari 13, 14 va 15 cm bo’lgan uchburchak shakliga ega.
Plastinaning og’irlik markazi ikkinchi tomondan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 4
698. ABC uchburchakning uchlarida mos ravishda 4, 6 va 10 g li massalar joylashgan.
Uchburchak tomonlari: AB = 50 cm, BC = 40 cm va CA = 30 cm ga teng. Sistemaning og’irlik
markazi BC tomondan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 6
699. Tomoni 1 m bo’lgan teng tomonli uchburchak shaklidagi simli ramkaning ikki tomoni
alyuminiy simdan, uchinchisi esa xuddi shu diametrli mis simdan tayyorlangan. Sistemaning
og’irlik markazi mis simning o’rtasidan qanday masofada (cm da) joylashgan? Misning zichligi
alyuminiyning zichligidan 3 marta katta. √3=1.7
Javob: 17
700. ABC uchburchakning uchlarida mos ravishda 4, 6 va 10 g li massalar joylashgan.
Uchburchak tomonlari: AB = 50 cm, BC = 40 cm va CA = 30 cm ga teng. Sistemaning og’irlik
markazi AB tomondan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 12
701. To’g’ri burchakli ABC uchburchakning uchlariga mos ravishda 9, 2 va 4 g li massalar
joylashtirilgan. Uchburchakning katetlari: AC = 4 cm va BC = 9 cm ga teng. Sistemaning og’irlik
markazi A uchdan qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 2
702. Radiusi R bo’lgan bir jinsli diskda R/3 radiusli teshik o’yilgan. Teshik markazi disk
markazidan 24 cm masofada joylashgan. Shu jismning massalar markazi disk markazidan
qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 3
703. Radiusi 28 cm bo’lgan bir jinsli shar ichida sharning yuzasiga urinadigan, radiusi ikki
marta kichik sharsimon kovak bor. Sistemaning og’irlik markazi katta sharning markazidan
qanday masofada (cm da) joylashgan?
Javob: 2
6. GIDROSTATIKA
Paskal qonuni. Suyuqlik ustunining bosimi
1
704. Yuzasi 200 cm
2
bo’lgan suyuqlik solingan silindrik idish 1 kg massali porshen bilan zich
yopilgan. Porshenning suyuqlikka beradigan qo’shimcha bosimini aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 500
1
Anglashilmovchilik yuzaga kelmasligi uchun shuni qayd qilamizki, “suyuqlikning bosimi” iborasi, xuddi oddiy “bosim” kabi, to’liq
bosimni bildiradi (tashqilarini ham hisobga olgan holda). Suyuqlikning ma’lum bir nuqtasida, tashqi bosim yo’qligida vujudga
keladigan bosimni bildirish uchun “suyuqlik ustunining bosimi” iborasi ishlatilmoqda.
61
705. Suyuqlik solingan silindrik idish 1 kg massali porshen bilan zich yopilgan. Porshenning
yuzasi 200 cm
2
. Porshenga uning tekisligiga 30
0
burchak ostida yo’nalgan 200 N kuch ta’sir
etadi. Porshenga suyuqlik tomonidan qanday bosim ta’sir etadi? g=10m/s
2
. Atmosferik bosim
inobatga olinmasin.
Javob: 5500
706. Suv ustunining bosimi 10
5
Pa. Suv ustunining balandligini aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 10
707. Simobli barometrdagi simob ustunining balandligi 75 cm. Suv ustunining qanday
balandligi (cm da) xuddi shunday bosim hosil qiladi? Simobning zichligi 13600 kg/m
3
.
Javob: 1020
708. Agar idishdagi suyuqlik ustunining balandligi 2 m, uning zichligi esa 800 kg/m
3
bo’lsa,
idish tubidagi bosim atmosferik bosimdan necha kPa ga farq qiladi? g=10m/s
2
.
Javob: 16
709. Neft solinadigan bak tagidagi teshik silindrik probka bilan bekitilgan. Probkani
tashqariga itarib chiqarish uchun 16 N kuch qo’yish kerak. Agar probkaning yuzasi 10 cm
2
bo’lsa, bu bakka qanday balandlikkacha neft quyish mumkin? Neftning zichligi 800 kg/m
3
.
g=10m/s
2
.
Javob: 2
710. Quvur ichidagi suv ustunining bosimi bino poydevori yaqinida 490 kPa ga teng. Binoning
15 m balandlikdagi (bino asosidan) to’rtinchi qavatida suv krandan qanday bosimda (kPa)
chiqadi? (Gap suv ustunining bosimi to’g’risida boryapti, ya’ni atmosfera ustidagi ortiqcha
bosim). g=9.8 m/s
2
.
Javob: 343
711. Suv minorasi rezervuaridagi suv sathi havzaning sirtidan 30 m balandlikda joylashgan.
20 m balandlikda joylashgan quvur ichidagi suvning ortiqcha (atmosferik bosim ustidagi,
aniqrog’i gidrostatik) bosimini (kPa da) aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 100
712. Qanday chuqurlikda suvning bosimi 100 kPa ga teng bo’lgan atmosferik bosimdan 3
marta katta bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 20
713. 70 m chuqurlikdagi suv bosimi 10 m chuqurlikdagi bosimdan necha marta katta bo’ladi?
Atmosferik bosim 100 kPa ga teng, g=10m/s
2
.
Javob: 4
714. Tubining yuzasi 0,01 m
2
bo’lgan silindrik idishga suyuqlik quyilgan. Agar suyuqlik
sirtida 300 g massali jism suzib yursa, idish tubidagi suyuqlik bosimi qanchaga o’zgaradi?
g=10m/s
2
.
Javob: 300
715. Qirrasi 10 cm bo’lgan kub shaklidagi idish suv bilan to’ldirilgan. Suvning idish yon
devoriga beradigan bosim kuchini aniqlang. Atmosferik bosimni hisobga olmang. g=10m/s
2
.
Javob: 5
716. To’g’ri burchakli parallelepiped shaklidagi akvarium suv bilan to’ldirilgan. Agar
akvarium devorining uzunligi 0,8 m, balandligi esa 0,5 m bo’lsa, uning devoriga suv qanday
kuch bilan ta’sir qiladi? Atmosferik bosim hisobga olinmasin. g=10m/s
2
.
Javob: 1000
717. Ichi bo’sh kub suyuqlik bilan to’ldirilgan. Suvning idish tubiga beradigan bosim kuchi
yon devorga beradigan bosim kuchiga qaraganda necha marta katta? Atmosferik bosim hisobga
olinmasin.
Javob: 2
718. Sisterna yonboshiga yotgan 1 m diametrli silindr shakliga ega. Sisternaning ustki
qismida joylashgan tuynuk orqali uni yuqorisigacha suv bilan to’ldirishdi. Sisternaning vertikal
devoriga suv qanday kuch bilan ta’sir qiladi? π=3.14. g=10m/s
2
.
Javob: 3925
62
719. Silindrik idishga massalari teng bo’lgan suv va simob quyilgan. Suyuqliklar ustunining
umumiy balandligi 146 cm. Shu ustunning idish tubiga bosimini aniqlang. Simobning zichligi
13600 kg/m
3
, g=10m/s
2
.
Javob: 27200
720. Ichki devorlariga porshen zich tegib turadigan vertikal quvur pastki uchi bilan suvga
tushirildi. Dastlab porshen eng quyi vaziyatda, suv sathida joylashgan edi, keyin esa uni asta-
sekin 20 m balandlikka ko’tarishdi. Ishqalanishni hisobga olmagan holda bunda bajarilgan ishni
(kJ da) toping. Porshenning yuzasi 100 cm
2
. Atmosferik bosim 100 kPa. g=10m/s
2
.
Javob: 15
Gidravlik press. Tutash idishlar
721. Gidravlik pressning kichik porsheniga 10 N kuch qo’yilgan. Shu kuch ta’sirida u bir
yurishda 25 cm ga pastga tushadi, buning natijasida katta porshen 5 mm ga ko’tariladi. Bunda
katta porshenga qanday bosim kuchi uzatiladi?
Javob: 500
722. 2000 kg massali yukni gidravlik press yordamida ko’tarishda 40 J ish bajarildi. Bunda
kichik porshen har yurishda 10 сm ga ko’chib, 10 ta yurish qildi. Katta porshenning yuzasi
kichik porshen yuzasidan necha marta katta? Og’irlik kuchining tezlanishi g=10m/s
2
.
Javob: 500
723. Tutash idishlarga simob quyilgan. Idishlardan biriga ustunining balandligi 27,2 cm
bo’lgan kerosin quyildi. Shu idishdagi simobning sathi boshqasinikiga qaraganda necha
millimetrga past bo’ladi? Simobning zichligi 13600 kg/m
3
, kerosinning zichligi 800 kg/m
3
.
Javob: 16
724. Suvli idish ichiga 2 cm
2
kesimdagi trubka kiritildi. Trubkaga 72 g massali moy quyildi.
Moyning zichligi 900 kg/m
3
. Moy va suvning yuqori sathlari orasidagi farqni (cm da) toping.
Javob: 4
725. Tutash idishlarga simob quyilgan. Idishlardan biriga ustunining balandligi 4 cm bo’lgan
suv quyildi. Agar zichligi suvning zichligidan 1,25 marta kichik bo’lgan suyuqlik boshqa idishga
quyilsa, simob sathi ikki idishda ham bir xil bo’lishi uchun shu suyuqlikning ustuni qanday
balandlikda (cm da) bo’lishi kerak?
Javob: 5
726. Simob solingan tutashgan idishlardan biriga 30 cm balandlikdagi moy ustuni,
boshqasiga 20,2 cm balandlikdagi suv ustuni quyildi. Idishlardagi simob sathining farqini (mm
da) aniqlang. Simobning zichligi 13600 kg/m
3
, moyniki esa 900 kg/m
3
.
Javob: 5
727. Bir xil kesimdagi tutash idishlarga suv quyilgan. Idishlarning biriga suvning ustiga
ustun balandligi 40 cm bo’lgan moy quyildi. Boshqa idishdagi suvning sathi necha santimetrga
o’zgaradi? Moyning zichligi 800 kg/m
3
.
Javob: 16
728. Tutash idishlarda simob bor. Bir idishning kesim yuzasi boshqasinikidan 2 marta katta.
Ingichka idishga 1,02 m balandlikdagi suv ustuni quyiladi. Keng idishdagi simob necha
millimetrga ko’tariladi? Simobning zichligi 13600 kg/m
3
.
Javob: 25
729. Tutash idishlarda simob bor. Bir idishning kesim yuzasi boshqasining kesim yuzasidan
ikki marta katta. Keng idishga suv quyib, uni oxirigacha to’ldirishadi. Boshqa idishdagi
simobning sathi necha santimetrga ko’tariladi? Dastlab simobning sathi idishning yuqorisidan
39,8 cm pastda bo’lgan. Simobning zichligi suvning zichligidan 13,6 marta katta.
Javob: 2
730. Har birining kesimi 20 cm
2
bo’lgan tutash idishlarda yengil porshenlar yordamida
yopilgan suv bor. Porshenlardan birining ustiga 160 g massali yuk qo’yiladi. Boshqa idishdagi
suvning sathi necha santimetrga ko’tariladi?
Javob: 4
731. Kesimi 100 cm
2
bo’lgan tutash idishlarda simob bor. Idishlardan biriga 2 kg massali suv
quyiladi va uning ichiga 0,72 kg massali brusok tushiriladi. Boshqa idishdagi simob necha
millimetrga ko’tariladi? Simobning zichligi 13600 kg/m
3
.
63
Javob: 10
Arximed qonuni
a) To’liq botish. Jismning suyuqlik ichidagi og’irligi
732. Suvda to’liq cho’kkan, 0,5 m
3
hajmli toshga ta’sir etadigan itarib chiquvchi kuchni (kN
da) aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 5
733. Havoda 50 dm
3
hajmli jismga ta’sir qiladigan arximed kuchi (mN da) qanchaga teng?
Havoning zichligi 1,29 kg/m
3
. g=10m/s
2
.
Javob: 645
734. Havodagi og’irligi 350 N bo’lgan toshni suv ostida ushlab turish uchun qanday kuch
qo’yish kerak? Tosh moddasining zichligi 2500 kg/m
3
.
Javob: 210
735. Massasi 2 kg va hajmi 0,001 m
3
bo’lgan jism ko’l ichida 5 m chuqurlikda joylashgan. Uni
suv sirtidan 5 m balandlikkacha sekinlik bilan ko’tarish uchun qanday ish bajarish kerak?
g=10m/s
2
.
Javob: 150
736. Alyuminiy bo’lagining havodagi og’irligi 270 N, glitserindagi og’irligi esa 144 N. Agar
alyuminiyning zichligi 2700 kg/m
3
bo’lsa, glitserinning zichligini aniqlang.
Javob: 1260
737. Jismning suvdagi og’irligi havodagi og’irligidan 2 marta kichik. Jism moddasining
zichligi (g/cm
3
da) qanday?
Javob: 2
738. Agar qandaydir bir jismning zichligi 800 kg/m
3
bo’lgan suyuqlikdagi og’irligi havodagi
og’irligiga qaraganda 3 marta kichik bo’lsa, jismning zichligi shu suyuqlik zichligidan qanchaga
katta?
Javob: 400
739. Bir jismning zichligi suvning zichligidan 1,25 marta katta. Shu jismning suvdagi og’irligi
havodagi og’irligidan necha marta kichik bo’ladi?
Javob: 5
740. Metall bo’lagining suvdagi og’irligi 6800 N, benzindagi og’irligi esa 7100 N. Benzinning
zichligini aniqlang. Metallning zichligi 7800 kg/m
3
.
Javob: 700
741. Jism havoda 3 N, suvda 1,8 N va noma’lum zichlikdagi suyuqlikda esa 2,04 N og’irlikka
ega. Shu noma’lum suyuqlikning zichligi qanday?
Javob: 800
742. Probka bo’lagi havoda 1 N og’irlikka, metall bo’lagi esa 10 N og’irlikka ega. Agar bu
bo’laklarni ip bilan bog’lab kerosinga to’liq botirilsa, ularning umumiy og’irligi 5 N bo’ladi.
Probkaning zichligini toping. Kerosinning zichligi 800 kg/m
3
, metallning zichligi 4000 kg/m
3
.
Javob: 200
743. Kvars ichiga joylangan sof oltin u bilan birgalikda (kvarts bilan) dinamometr prujinasini
2,26 N kuch bilan cho’zadi. Oltin suvga botirilganda unga 0,2 N itarib chiquvchi kuch ta’sir
qiladi. Oltinning massasini (g da) toping. Oltinning zichligi 19,3 g/cm
3
, kvarsning zichligi 3,3
g/cm
3
. g=10m/s
2
.
Javob: 193
744. Arximed masalasini yeching – oltin va kumush qotishmasidan tayyorlangan toj
tarkibidagi oltinning massasini (g da) toping. Tojning havodagi og’irligi 25,4 N, suvdagisi esa
23,4 N. Oltinning zichligi 19,3 g/cm
3
, kumushniki – 10,5 g/ cm
3
. g=10m/s
2
.
Javob: 965
745. 1 cm
3
hajmli shisha sharcha suvda tekis tushib bormoqda. Sharchaning 10 m ga
ko’chishida 0,17 J issiqlik ajraladi. Shishaning zichligini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 2700
746. Sharcha o’z materialining zichligidan 4 marta katta zichlikdagi suyuqlikda o’zgarmas
tezlik bilan qalqib chiqmoqda. Suyuqlikning sharcha harakatiga qarshilik kuchi sharchaga ta’sir
etuvchi og’irlik kuchidan necha marta katta?
64
Javob: 3
747. 0,18 kg massali sharcha zichligi 800 kg/m
3
bo’lgan suyuqlikda barqaror
ϑ
tezlik bilan
tushmoqda. Sharchaning hajmi 100 cm
3
. Sharcha 2
ϑ
tezlik bilan yuqoriga ko’tarilishi uchun
unga qanday kuch bilan ta’sir qilish kerak? Qarshilik kuchi tezlikka proporsional. g=10m/s
2
.
Javob: 3
b) To’liq bo’lmagan botish
748. Suvli idish ichida shar shunday yotibdiki, bunda uning yarmi suvda joylashgan va u
idish tubiga tegib turadi. Agar sharning havodagi og’irligi 8 N bo’lsa, u idish tubiga qanday kuch
bilan bosadi? Shar moddasining zichligi 800 kg/m
3
.
Javob: 3
749. 60 g massali bir jinsli sharcha bo’sh stakanning ostida yotibdi. Stakanga suyuqlik
shunday quyiladiki, bunda sharcha hajmining suyuqlikka botgan qismi uning umumiy hajmidan
6 marta kichik bo’lib qoladi. Suyuqlikning zichligi sharcha materialining zichligidan 3 marta
katta. Sharchaning stakan tubiga bosim kuchini (mN da) toping. g=10m/s
2
.
Javob: 300
750. Uzunligi 2 m va ko’ndalang kesim yuzasi 100 cm
2
bo’lgan alyuminiyli silindr suv
havzasidan o’zgarmas tezlik bilan asta-sekin tortib chiqariladi. Havzadan silindr uzunligining
0,25 ga teng qismi chiqqan paytda arqon uzilib ketdi. Arqonning maksimal tarangligini
aniqlang. Alyuminiyning zichligi 2700 kg/m
3
, g=10m/s
2
.
Javob: 390
751. Ipning bir uchi tubga, ikkinchisi esa probkali po’kakka mahkamlangan. Bunda
po’kakning butun hajmining 75% i suvga botgan. Agar po’kakning massasi 2 kg ga teng bo’lsa,
ipning taranglik kuchini aniqlang. Po’kakning zichligi 300 kg/m
3
, g=10m/s
2
.
Javob: 30
752. Ichida suvi bor silindrik idishda muz parchasi ip bilan idish tubiga tortilgan holda suzib
yuribdi. Muz parchasi erigach, suv sathi 1 cm ga pasaydi. Ipning taranglik kuchi qanday
bo’lgan? Idish tubining yuzasi 100 cm
2
. g=10m/s
2
.
Javob: 1
753. Yuzi 300 cm
2
bo’lgan suvli silindrik idishning tubida 3000 kg/m
3
zichlikdagi materialdan
tayyorlangan, asosining yuzi 100 cm
2
va balandligi 40 cm bo’lgan silindr turibdi. Agar suv
qatlamining boshlang’ich qalinligi 30 cm bo’lsa, silindrni suvdan chiqarib olish uchun qanday ish
bajarish kerak? g=10m/s
2
. Silindr vertikal holatda ko’tariladi.
Javob: 21
754. Yuzi 400 cm
2
bo’lgan suvli silindrik idishning tubida 2500 kg/m
3
zichlikdagi materialdan
tayyorlangan, asosining yuzi 100 cm
2
va balandligi 40 cm bo’lgan silindr turibdi. Agar suv
qatlamining boshlang’ich qalinligi 60 cm bo’lsa, silindrni suvdan chiqarib olish uchun qanday ish
bajarish kerak? g=10m/s
2
. Silindr vertikal holatda ko’tariladi.
Javob: 36
755. Yupqa bir jinsli tayoqcha yuqori uchidan sharnirli mahkamlangan. Tayoqchaning pastki
qismi suvga botirilgan. Tayoqcha suv yuzasiga nisbatan qiya joylashib, uning yarmi suv ichida
bo’lgan vaqtda muvozanat vaziyati ro’y beradi. Tayoqcha yasalgan materialning zichligi qanday?
Javob: 750
756. Balandligi 8 cm va radiusi 3 cm bo’lgan silliq stakan ichiga 12 cm uzunlikdagi va 100 g
massali bir jinsli tayoqcha qo’yildi. Stakan zichligi tayoqcha materialining zichligidan ikki marta
kichik bo’lgan suyuqlik bilan yuqorisigacha to’ldirildi. Tayoqcha stakanning chetini qanday kuch
(mN da) bilan bosadi? g=10m/s
2
.
Javob: 235
757. 4 cm radiusli silliq baland stakan ichiga uzunligi 10 cm va massasi 60 g bo’lgan tayoqcha
qo’yildi, so’ngra stakanga 3 cm balandlikkacha zichligi tayoqcha materialining zichligidan bir
yarim marta katta bo’lgan suyuqlik quyildi. Tayoqchaning yuqori uchi stakanning devoriga
qanday kuch bilan (mN da) bosadi? g=10m/s
2
.
Javob: 250
65
Jismlarning suzishi
758. Yaxlit jism suvda suzmoqda, bunda jism hajmining 3/4 qismi suvga botgan. Jismning
hajmi 0,1 m
3
. Jismga ta’sir etuvchi og’irlik kuchini aniqlang. g=10m/s
2
.
Javob: 750
759. Yog’och bo’lagi hajmining 3/4 qismi suvga botgan holda suvda suzmoqda. Yog’och qanday
zichlikka ega?
Javob: 750
760. Hajmi 0,0002 m
3
bo’lgan bir jinsli jism zichligi jism materiali zichligidan 4 marta katta
bo’lgan suyuqlikda suzmoqda. Jismning qanday hajmi (cm
3
da) suyuqlik sirtidan chiqib turadi?
Javob: 150
761. Zichligi 800 kg/m
3
bo’lgan jism zichligi 1000 kg/m
3
bo’lgan suyuqlikda suzadi. Jism
hajmining qanday qismi (foizlarda) suyuqlikka botgan?
Javob: 80
762. Suvda suzuvchi suv ichida chalqancha holda harakatsiz yotibdi. Bunda uning yuzining oz
qismidan tashqari, butun tanasi suvga botgan. Suzuvchining massasi 75 kg. Uning tanasining
hajmini (dm
3
da) toping.
Javob: 75
763. Kemaga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchi 10
3
kN ga teng. Bu kema qanday hajmdagi suvni
siqib chiqaradi?
Javob: 100
764. Tubining yuzasi 38 cm
2
va balandligi 6 cm bo’lgan to’g’ri burchakli tunuka quticha suvda
shunday suzmoqdaki, bunda uning suv yuzidagi qismining balandligi 4 cm ga teng. Qutichaning
massasini (g da) aniqlang.
Javob: 76
765. Aysbergning qanday qismi (foizlarda) suv ostida bo’ladi? Muzning zichligi 900 kg/m
3
.
Javob: 90
766. Suvda suzayotgan muz parchasining suvdan chiqib turgan qismining hajmi 2 m
3
bo’lsa,
uning massasini (t da) aniqlang. Muzning zichligi 900 kg/m
3
.
Javob: 18
767. Suv sirtidan 4 cm ga chiqib turgan bir tekis qalinlikdagi muz parchasi suvda suzmoqda.
Agar muz parchasi asosining yuzasi 45 m
2
bo’lsa, uning massasi qanday? Muz zichligi 900 kg/m
3
.
Javob: 16200
768. 25 cm qalinlikdagi yassi bir jinsli muz parchasi 75 kg massali kishini suvda saqlay olishi
uchun uning yuzasi kamida qanday bo’lishi kerak? Muz zichligi 900 kg/m
3
.
Javob: 3
769. Yassi bir jinsli muz parchasi suvga to’liq botib ketishi uchun uning ustiga qo’yiladigan
yukning minimal massasini aniqlang. Muz parchasining yuzasi 1 m
2
, qalinligi 20 cm, zichligi
900 kg/m
3
.
Javob: 20
770. Uzunligi 3,5 m va ko’ndalang kesimi 0,04 m
2
bo’lgan to’sin suvda suzmoqda. Agar uning
ustiga odam chiqib olsa, to’sin cho’kib ketmasligi uchun odamning massasi ko’pi bilan qanday
bo’lishi mumkin? Yog’ochning zichligi 500 kg/m
3
.
Javob: 70
771. Yuzasi 1 m
2
va qalinligi 0,4 m bo’lgan muz parchasi suvda suzmoqda. Muzni suvga to’liq
botirish uchun qanday minimal ish bajarish kerak? Muzning zichligi 900 kg/m
3
. g=10m/s
2
.
Javob: 8
772. Ichida suvi bor va yuzasi 150 cm
2
bo’lgan baland silindrik idish ichida balandligi 30 cm
va asosining yuzasi 50 cm
2
bo’lgan silindr vertikal holda suzmoqda. Agar silindr 400 kg/m
3
zichlikdagi materialdan yasalgan bo’lsa, uni suvga to’liq botirish uchun qanday ish (mJ da)
bajarish kerak?
10
g
m/s
2
.
Javob: 540
773. Ichida suvi bor va yuzasi 300 cm
2
bo’lgan silindrik idish ichida balandligi 20 cm va
asosining yuzasi 100 cm
2
bo’lgan silindr vertikal holda suzmoqda. Agar silindr 300 kg/m
3
66
zichlikdagi materialdan yasalgan bo’lsa, uni suvdan to’liq chiqarib olish uchun qanday ish (mJ
da) bajarish kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 120
774. Ichida suvi bor va yuzasi 300 cm
2
bo’lgan baland silindrik idish ichida balandligi 20 cm
va asosining yuzasi 100 cm
2
bo’lgan, 400 kg/m
3
zichlikdagi materialdan yasalgan silindr vertikal
holda suzmoqda. Agar suv sathining boshlang’ich balandligi 20 cm bo’lsa, silindrni idish tubiga
tekkizish uchun qanday ish (mJ da) bajarish kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 960
775. Ichida suvi bor va yuzasi 200 cm
2
bo’lgan chuqur silindrik idish ichida balandligi 20 cm
va asosining yuzasi 100 cm
2
bo’lgan, 500 kg/m
3
zichlikdagi materialdan yasalgan silindr vertikal
holda suzmoqda. Agar dastlab suvning sathi idishning yuqori chetidan 2 cm pastda bo’lsa,
silindrni suvga to’liq botirish uchun qanday ish (mJ da) bajarish kerak? g=10m/s
2
.
Javob: 460
776. Tubining yuzasi 100 cm
2
bo’lgan silindrik idishga suv solingan. Agar suv sirtida 300 g
massali muz bo’lagi suzib yursa, idish tubiga beriladigan bosim qanchaga o’zgaradi? g=10m/s
2
.
Javob: 300
777. Kesimining yuzasi 0,01 m
2
bo’lgan silindrik idishga suv quyilgan. Agar idishga 0,1 kg
massali yog’och brusok solinsa, suv sathi necha santimetrga ko’tariladi?
Javob: 1
778. Tubining yuzasi 200 cm
2
bo’lgan silindrik idish ichiga suzadigan jism tushirildi. Suv
sathi 15 cm ga ko’tarildi. Jismning massasi qanday?
Javob: 3
779. Silindrik idishdagi suv sirtiga ruxdan yasalgan quticha qo’yib yuborildi, natijada esa suv
sathi 14 mm ga ko’tarildi. Agar quticha ichiga suv kirib, u cho’kib ketsa, suv sathi necha
millimetrga pasayadi? Ruxning zichligi 7000 kg/m
3
.
Javob: 12
780. Kesim yuzi 100 cm
2
bo’lgan silindrik idishdagi suvda ichida 35 g massali rux muzlab
qolgan muz bo’lagi suzmoqda. Muz erigach, suv sathi necha millimetrga pasayadi? Ruxning
zichligi 7000 kg/m
3
.
Javob: 3
781. Konus suyuqlikda shunday suzmoqdaki, bunda uning o’qi vertikal holatda va uchi
yuqoriga qaragan. Konus materialining zichligi suyuqlik zichligining 7/8 qismini tashkil etadi.
Konusning suv ostidagi qismining balandligi uning jami balandligidan necha marta kichik?
Javob: 2
782. Paroxod bandargohga kirib, yukning bir qismini tushirdi. Bunda uning botishi (botish
chuqurligi) 0,6 m ga kamaydi. Agar paroxodning vaterliniya chizig’idagi kesim yuzasi 5400 m
2
bo’lsa, u bandargohda qancha yuk (t da) qoldirgan?
Javob: 3240
783. Ichi bo’sh silindr kerosinda suzmoqda. Silindr suvda o’sha botish chuqurligi bilan suzishi
uchun uning ichiga 100 kg massali yukni joylash kerak bo’ladi. Silindrning massasini aniqlang.
Kerosinning zichligi 800 kg/m
3
.
Javob: 400
784. Kovak shar o’z hajmining 1/5 qismi bilan botgan holda suvda suzmoqda. Agar sharning
hajmi 1 dm
3
, shar materialining zichligi 2500 kg/m
3
bo’lsa, kovakning hajmini (cm
3
da) toping.
Javob: 920
785. Kovak shar yarmigacha botgan holda suyuqlikda suzmoqda. Sharning ichki kovagi uning
hajmidan qanday ulushni (foizlarda) tashkil etadi? Suyuqlikning zichligi shar moddasi
zichligidan 2 marta kichik.
Javob: 75
786. Kub birinchi suyuqlikda suzganda 40 mm ga, ikkinchi suyuqlikda suzganda esa 60 mm
ga botadi. Zichligi avvalgi ikki suyuqlik zichliklarining o’rta arifmetik qiymatiga teng bo’lgan
uchinchi suyuqlikda kub necha millimetrga botadi?
Javob: 48
67
787. Simob va uning ustidan suv quyilgan silindr ichida metall brusok suzmoqda. Bunda
brusok simobda o’z balandligining 1/4 qismicha, suvda esa 1/2 qismicha botgan. Metallning
zichligini aniqlang. Simobning zichligi 13600 kg/m
3
.
Javob: 3900
788. Jism ikki suyuqlik chegarasida suzmoqda. Bir suyuqlik zichligi jism zichligidan 2,5
marta katta, boshqasining zichligi esa jism zichligidan 2 marta kichik. Zichligi kattaroq bo’lgan
suyuqlikda jism hajmining qanday qismi (foizlarda) botgan?
Javob: 25
789. Yaxlit silindr suvli idishda vertikal holatda suzmoqda. Idishga zichligi kichik bo’lgan
(suvdan), 20 cm qalinlikdagi suyuqlik shunday quyiladiki, u silindr yuqorisigacha yetib
bormaydi. Bunda silindrning suvga botgan qismining balandligi 15 cm ga kamayadi. Quyilgan
suyuqlikning zichligi qanchaga teng?
Javob: 750
790. 810 kg/m
3
zichlikdagi suyuqlikka cho’kkan 1 kg massali bir jinsli jism tubni 1 N kuch
bilan bosmoqda. Agar jism suv sirtida suzib yursa, uning qanday qismi (foizlarda) suvga botadi?
10
g
m/s
2
.
Javob: 90
791. Bir xil 100 cm
3
hajmli ikkita shar ip yordamida bog’langan va suyuqlikka botirilgan.
Yuqoridagi sharcha yarmigacha suyuqlikka botgan holda suzadi. Agar ipning taranglik kuchi
0,1 N, pastdagi sharning yuqoridagidan 3 marta massiv ekanligi ma’lum bo’lsa, suyuqlik
zichligini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 800
Tezlanish bilan harakatlanayotgan idish ichidagi suyuqlik
792. Idish tubida probka bilan yopilgan teshik bor. Agar idishga 12 cm balandlikdagi simob
qatlami quyilsa, probka chiqib ketadi. Probka chiqib ketmasligi uchun 7,5 cm balandlikdagi
simob solingan idishni qanday minimal tezlanish bilan ko’tarish mumkin? g=10m/s
2
.
Javob: 6
793. Suyuqlik solingan ochiq idish 2 m/s
2
tezlanish bilan tushayotgan lift ichida turibdi.
Suyuqlikning qaysidir nuqtasidagi bosim tinch turgan idishning shu nuqtasidagi bosimdan
necha foizga kichik? Atmosferik bosim hisobga olinmasin. g=10m/s
2
.
Javob: 20
794. Platformada turgan, tomoni 2 m bo’lgan kub shaklidagi sisterna suyuqlik bilan deyarli
oxirigacha to’ldirildi va yopib qo’yildi. Platforma 2 m/s
2
gorizontal tezlanish bilan harakatlana
boshladi. Suvning sisterna orqa devoriga bosim kuchini (kN da) toping. Atmosferik bosim
hisobga olinmasin. g=10m/s
2
.
Javob: 56
795. Platformada turgan silindrik sisterna suyuqlik bilan deyarli oxirigacha to’ldirildi va
yopib qo’yildi. Platforma 2 m/s
2
gorizontal tezlanish bilan harakatlana boshladi. Sisternaning
orqa devoriga bosim kuchi oldingi devorga qaraganda necha marta katta? Sisternaning diametri
2 m, uzunligi 10 m. Atmosferik bosim hisobga olinmasin. g=10m/s
2
.
Javob: 3
796. Platformada turgan, tomoni 2 m bo’lgan kub shaklidagi ochiq sisterna suyuqlik bilan
yarmigacha to’ldirildi. Platforma 2 m/s
2
gorizontal tezlanish bilan harakatlana boshladi.
Suyuqlik va platforma bir butun kabi harakatlana boshlaganda, platformaning orqa devorida
suyuqlik sathi qanchaga (cm da) ko’tarilgan? g=10m/s
2
.
Javob: 20
797. Platformada turgan kub shaklidagi ochiq sisterna suyuqlik bilan to’rtdan bir qismigacha
to’ldirildi. Platforma 3 m/s
2
gorizontal tezlanish bilan harakatlana boshladi. Suyuqlik va
platforma bir butun kabi harakatlana boshlaganda, platforma orqa devoriga bosim kuchi old
devoriga qaraganda necha marta katta bo’ladi? g=10m/s
2
.
Javob: 16
798. Zichligi 500 kg/m
3
bo’lgan jism g/2 tezlanish bilan vertikal yuqoriga ko’tarilayotgan
idishdagi suv sirtida suzmoqda. Jism hajmining qanday qismi (foizlarda) suvga botgan?
68
Javob: 50
799. Massasi 2 kg bo’lgan bir jinsli shar 2 m/s
2
tezlanish bilan vertikal yuqoriga
ko’tarilayotgan suvli idish tubida yotibdi. Shar idish tubiga qanday kuch bilan bosadi? Sharcha
materialining zichligi 4000 kg/m
3
. g=10m/s
2
.
Javob: 18
800. Suvli sisterna 2 m/s
2
gorizontal tezlanish bilan harakatlanmoqda. Silindr tubida, orqa
vertikal devorga tekkan holda 4,5 kg massali shar yotibdi. Agar sharning zichligi 3000 kg/m
3
bo’lsa, u devorni qanday kuch bilan bosmoqda?
Javob: 6
801. 2,25 m/s
2
gorizontal tezlanish bilan harakatlanayotgan suv bilan to’ldirilgan sisternaning
shiftiga 5 kg massali shar ip yordamida osilgan. Ip turg’un qiya vaziyatni egallagandan keyin,
uning tarangligini toping. Shar materialining zichligi 5000 kg/m
3
. g=10m/s
2
.
Javob: 41
802. Suvli sisterna 2,25 m/s
2
gorizontal tezlanish bilan harakatlanmoqda. Sisternaning poliga
bir uchida suvda to’liq botgan 1 kg massali sharcha joylashgan ipning ikkinchi uchi mahkamlab
qo’yilgan. Shar materialining zichligi 200 kg/m
3
. Ip turg’un qiya vaziyatni egallagandan keyin,
uning taranglik kuchini toping. g=10m/s
2
.
Javob: 41
7. MOLEKULYAR FIZIKA. GAZ QONUNLARI
Molekulyar fizika
803. 1,204
.
10
24
ta molekuladan tashkil topgan jismning modda miqdori qanday? Avagadro
soni 6,02
.
10
23
mol
-1
.
Javob: 2
804. 3
.
10
23
ta azot molekulasi qanday massaga (g da) ega? Azotning molyar massasi 28 g/mol.
Avagadro soni 6,02
.
10
23
Javob: 14
805. 50 mol kislorodning massasi (g da) qanday? Kislorodning molyar massasi 32 g/mol.
Javob: 1600
806. 3 g vodoroddagi molekulalar soni 9 g suvdagiga qaraganda necha marta ko’p?
Vodorodning molyar massasi 2 g/mol, suvniki esa 18 g/mol.
Javob: 3
807. Atmosferali havo faqat kislorod va azotdan tashkil topgan hamda havoning molyar
massasi 29,12 g/mol deb hisoblab, aralashmadagi kislorod molekulalarining foizli ulushini
aniqlang. Kislorodning molyar massasi 32 g/mol, azotniki 28 g/mol.
Javob: 28
808. 3
.
10
-5
m
3
hajmli simobli lampa ballonida 10
12
molekula bo’lsa, undagi simob bug’lari 300
K temperaturada qanday bosim (mkPa da) hosil qiladi? Bolsman doimiysi 1,38
.
10-
23
J/K.
Javob: 138
809. 5
.
10
24
ta gaz molekulasi 300 K temperatura va 414 Pa bosimda qanday hajmni
egallaydi? Bolsman doimiysi 1,38
.
10-
23
J/K.
Javob: 50
810. Agar idishdagi havo 0,83 mkPa bosimgacha so’rib olingan bo’lsa, 27
0
C temperaturada
idishning 1 mm
3
hajmida necha ming havo molekulasi bo’ladi? Universal gaz doimiysi 8,3
J/(mol
.
K). Avagadro soni 6,02
.
10
23
Javob: 200 000
811. 0,01 m
3
hajmli ballonda 27
0
C temperaturali gaz bor. Gaz chiqib ketishi oqibatida
ballondagi bosim 4140 Pa ga kamaydi. Agar temperatura o’zgarmagan bo’lsa, ballondan qancha
molekula chiqib ketgan? Bolsman doimiysi 1,38
.
10-
23
J/K. Javobda natijani 10-
20
ga
ko’paytirgan holda bering.
Javob: 100
812. Xonada elektrokamin yoqilganidan so’ng o’zgarmas bosim holatida havo temperaturasi
18
0
C dan 27
0
C gacha ko’tarildi. Xona ichidagi havo molekulalarining soni necha foizga
kamaygan?
Javob: 3
69
813. 2 mol ideal gazning 27
0
C temperaturadagi to’liq ilgarilanma harakat kinetik energiyasi
qanday bo’ladi? Universal gaz doimiysi 8,31 J/(mol
.
K).
Javob: 7479
814. 5
l sig’imli ballonda 800 kPa bosim ostida bo’lgan gaz molekulalarining to’liq ilgarilanma
harakat kinetik energiyasi (kJ da) qanday bo’ladi?
Javob: 6
815. Agar gaz –73
0
C gacha sovutilganda uning molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi 2
marta kamaygan bo’lsa, gaz qanday temperatura ostida (
0
C da) bo’lgan?
Javob: 527
816. Gazning bosimi 30 kPa, uning zichligi 1 kg/m
3
. Gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik
tezligi qanchaga teng?
Javob: 300
817. 400 kPa bosim ostidagi gazning zichligi 1,6 kg/m
3
. 2 kg massali boshqa gaz 200 kPa
bosim ostida 10 m
3
hajmni egallaydi. Ikkinchi gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi
birinchinikiga qaraganda necha marta katta?
Javob: 2
818. Gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi 1000 m/s ga teng. Gazning bosimi va
hajmi 1,2 marta oshirilgandan so’ng o’rtacha kvadratik tezlik qanchaga teng bo’ladi?
Javob: 1200
819. Gaz temperaturasini 100 K ga oshirganda uning molekulalarining o’rtacha kvadratik
tezligi 300 m/s dan 500 m/s gacha oshdi. O’rtacha kvadratik tezlik 700 m/s gacha ortishi uchun
temperaturani yana necha gradusga ko’tarish kerak?
Javob: 150
Ideal gaz holatining o’zgarishi
a) izobar jarayon
820. Qo’zg’aluvchan porshenli silindr ichida joylashgan gaz 300 K temperaturada 250 cm
3
hajmni egallaydi. Agar temperatura 270 K gacha pasaysa, gaz qanday hajmni (cm
3
) egallaydi?
Javob: 225
821. Gazning hajmi uning 0
0
C dagi hajmidan ikki marta katta bo’lishi uchun uni o’zgarmas
bosimda necha gradusga qizdirish kerak?
Javob: 273
822. Agar havo 3 K ga qizdirilganda uning hajmi 1% ga ortgan bo’lsa, havoning boshlang’ich
temperatusi (K da) qanday bo’lgan? Jarayon izobar.
Javob: 300
823. Gaz 27
0
C dan 39
0
C gacha qizdirildi. Agar gazning bosimi o’zgarmagan bo’lsa, uning
hajmi necha foizga ortgan?
Javob: 4
824. Massasi 0,012 kg va temperaturasi 177
0
C bo’lgan gaz 0,004 m
3
hajmda turibdi. Agar
gazning bosimi o’zgarmas saqlansa, qanday temperaturada (K da) uning zichligi 6 kg/m
3
bo’ladi?
Javob: 225
825. Gaz doimiy hajmda 127
0
C dan 27
0
C gacha sovutildi. Shundan so’ng gazning hajmi
izotermik jarayonda necha foizga kamaytirilganda uning bosimi avvalgisiga teng bo’ladi?
Javob: 25
b) izoxor jarayon
826. Gaz temperaturasi 286 K dan 326 K gacha o’zgarganda bosim 20 kPa ga ortdi. Gazning
dastlabki bosimini (kPa) toping. Jarayon izoxor.
Javob: 143
827. Havo harorati ertalab 7
0
C bo’lganda rezinali qayiqqa puflab dam berildi. Agar qayiq
kunduzi quyosh nurlari ostida 21
0
C gacha qizigan bo’lsa, undagi havo bosimi necha foizga
ortgan? Qayiqning hajmi o’zgarmagan.
Javob: 5
828. Gaz o’zgarmas hajmda 1 K ga qizdirilganda bosim 0,2 % ga ortdi. Gaz qanday
boshlang’ich temperaturada (
0
C da) bo’lgan?
Javob: 227
70
829. Ochiq idishdagi havo sekinlik bilan 400 K gacha qizdirildi, so’ngra idish germetik
bekitilib, 280 K gacha sovutildi. Bunda idishdagi bosim necha foizga o’zgargan?
Javob: 30
830. Silindr ichida, porshen ostida gaz bor. Gazning absolyut temperaturasi 2 marta
oshirilganda porshen o’zgarmas holatda qolishi uchun uning ustiga 10 kg yuk qo’yish lozim.
Porshenning yuzasi 10 cm
2
. Gazning boshlang’ich bosimini (kPa da) toping. g=10m/s
2
.
Javob: 100
831. Vertikal silindr ichidagi 5 kg massali porshen ostida gaz bor. Gazning absolyut
temperaturasi ikki marta oshirilganda porshen o’zgarmas holatda qolishi uchun uning ustiga
qanday massali yuk qo’yish kerak? Atmosferik bosim 100 kPa, porshenning yuzasi 0,001 m
2
.
Javob: 15
832. Zich berkitilgan shisha idishning ichidagi havo bosimi 7
0
C temperaturada 150 kPa ga
teng. Agar idishni qizdirmay turib tiqinni tortib olish uchun 45 N minimal kuch talab etilsa, u
shisha og’zidan otilib chiqishi uchun idishni qanday temperaturagacha (
0
C da) qizdirish kerak
bo’ladi? Tiqinning ko’ndalang kesimi yuzasi 4 cm
2
.
Javob: 217
833. Gaz dastlab 400 K dan 600 K gacha izoxor ravishda, keyin esa T temperaturagacha
izobar ravishda qizdiriladi. Shundan so’ng bosim gazning hajmiga to’g’ri proporsional ravishda
kamayadigan jarayonda gaz boshlang’ich holatga keltiriladi. T temperaturani (K da) toping.
Javob: 900
d) izotermik jarayon
834. Gaz 5
.
10
6
Pa bosimda 2
.
10-
2
m
3
hajmni egallaydi. Xuddi shu temperaturada, lekin 1 m
3
hajmda gaz qanday bosim ostida bo’ladi? Javobni atmosferada ifodalang (1 atm = 10
5
Pa).
Javob: 1
835. 10
l sig’imli ballonni 30 l sig’imli, 100 kPa bosim ostida havosi bo’lgan ballon bilan
tutashtirilganda 200 kPa umumiy bosim yuzaga kelishi uchun uni qanday (kPa) bosimgacha
havo bilan to’ldirish kerak? Temperatura o’zgarmas.
Javob: 500
836. Ikki idish kranli, yupqa trubka bilan ulangan. 15 dm
3
hajmli birinchi idishda 2 atm
bosim ostida gaz bor, ikkinchisida esa 10 atm bosim ostida xuddi shunday gaz bor. Agar kran
ochilsa, ikkala idishda ham 4 atm bosim yuzaga keladi. Ikkinchi idishning hajmini (dm
3
da)
toping. Temperatura o’zgarmas.
Javob: 5
837. Agar 3
l sig’imli futbol to’piga dam solishda porshenli nasos 40 marta bosib-tortilgan
bo’lsa, to’pga qanday bosimgacha (kPa da) dam berilgan? Har bir dam solishda nasos
atmosferadan 150 cm
3
havoni so’rib oladi. Atmosferik bosim 100 kPa. Dam urish paytigacha to’p
ichida bo’lgan havo miqdori inobatga olinmasin. Temperatura o’zgarmas.
Javob: 200
838. Idishdagi havo bosimi 10
5
Pa ga teng edi. Havo so’ruvchi nasos porshenining uch
yurishidan so’ng havo bosimi 800 Pa gacha tushdi. Nasos silindrining hajmi idish hajmidan
necha marta kattaligini aniqlang. Temperatura o’zgarmas.
Javob: 4
839. Porshenli nasos silindrining hajmi havosi tortib olinayotgan idishning hajmiga teng.
Nasos porshenining 5 yurishidan keyin idishdagi bosim qanchaga teng bo’ladi? Idishning
boshlang’ich bosimi 10
5
Pa ga teng bo’lgan. Temperatura o’zgarmas.
Javob: 3125
840. Silindrning porsheni ostidagi gaz 10
5
Pa bosimda 240 cm
3
hajmni egallaydi. Gaz hajmini
kamaytirib, porshenni 2 cm ga siljitish uchun unga o’z tekisligiga perpendikulyar ravishda
qanday kuch qo’yish kerak? Porshenning yuzasi 24 cm
2
.
Javob: 60
841. Baland silindr ichida, ishqalanishsiz ko’cha oladigan og’ir porshen ostida gaz joylashgan.
Porshenning yuzasi 30 cm
2
. Silindrni ochiq tomoni bilan pastga qaratib qo’yilganda, gazning
hajmi 3 marta ortdi. Porshenning massasi qanchaga teng? Atmosferik bosim 100 kPa. g=10m/s
2
.
Javob: 15
71
842. Vertikal silindr ichida, massasi 20,2 kg va kesimi 20 cm
2
bo’lgan porshen ostida havo bor.
Silindr 5 m/s
2
tezlanish bilan vertikal yuqoriga ko’chira boshlangandan so’ng havo ustunining
balandligi 20% ga kamaydi. Temperaturani o’zgarmas hisoblab, atmosferik bosimni (kPa da)
toping. g=10m/s
2
.
Javob: 101
843. Og’zi probka bilan berkitilgan idishda 0.5
.
10
5
Pa bosim ostida havo joylashgan. Agar
idish suv ichiga ochiq tomoni bilan 10 m chuqurlikka tushirilsa va probka ochilsa, idishga
qanday hajmda suv (
l da) kiradi? Idishning hajmi 4 l, atmosferik bosim 10
5
Pa, g=10m/s
2
. Suv
qatlami ichida va uning sirtida temperatura bir xil.
Javob: 3
844. Suv havzasining tubidan ko’tarilayotgan havo pufakchasining hajmi qanday chuqurlikda
suv sirtidagidan 3 marta kichik bo’ladi? Atmosferik bosim 100 kPa. Suv qatlami ichida va uning
sirtida temperatura bir xil.
Javob: 20
845. Havo pufakchasi 35 m chuqurlikdagi suv havzasi tubidan ko’tarilmoqda. 5 m
chuqurlikda pufakchaning hajmi havza tubidagiga qaraganda necha marta katta bo’ladi?
Atmosferik bosim 100 kPa, g=10m/s
2
. Suv qatlami ichida va uning sirtida temperatura bir xil.
Javob: 3
846. Suv havzasi tubidan ko’tarilayotgan havo pufakchasining radiusi qanday chuqurlikda
sirtdagiga qaraganda 2 marta kichik bo’ladi? Atmosferik bosim 100 kPa, g=10m/s
2
.Suv qatlami
ichida va uning sirtida temperatura bir xil.
Javob: 70
847. Gorizontal holatdagi probirka ichida 150 mm uzunlikdagi simob ustuni bilan
atmosferadan ajratilgan 240 cm
3
havo bor. Agar probirkani ochiq tomoni bilan yuqoriga qaratib
qo’yilsa, havoning hajmi 200 cm
3
bo’lib qoladi. Atmosferik bosimni (kPa da) toping. Simobning
zichligi 13600 kg/m
3
, g=10m/s
2
.
Javob: 102
848. Uzunligi 1 m, ikkala tomoni ham ochiq bo’lgan vertikal holatdagi silindrik trubka
yarmigacha simobga botirildi. So’ngra uning yuqori uchi mahkam berkitilib, simobdan chiqarib
olinadi. Trubkada 25 cm uzunlikdagi simob ustuni qoladi. Shu berilganlar bo’yicha atmosferik
bosimni (kPa da) aniqlang. Simobning zichligi 13600 kg/m
3
, g=10m/s
2
.
Javob: 102
849. Bir uchi mahkam yopilgan, 42 cm uzunlikdagi trubka ochiq tomoni bilan simobga
tushiriladi. Trubkaning yuqori uchi simob sathi bilan tenglashgan paytda trubka ichidagi havo
ustuni necha cm bo’ladi? Atmosferik bosim 750 mm sim. ust.
Javob: 30
850. Bir uchi yopiq bo’lgan trubka ichidagi havo ustuni 19 cm uzunlikdagi simob ustuni bilan
qamab qo’yilgan. Agar trubka ochiq tomoni bilan pastga qaratilsa, havo ustunining uzunligi 10
cm, agar ochiq tomoni bilan yuqoriga qaratilsa, 6 cm bo’ladi. Atmosferik bosimni (mm sim. ust.
da) toping.
Javob: 760
851. Bir uchi ochiq bo’lgan, uzun gorizontal trubka ichida 16 cm uzunlikli havo ustuni 20 cm
uzunlikdagi simob ustuni bilan qamab qo’yilgan. Trubka o’zining yopiq uchi orqali o’tuvchi
vertikal o’q atrofida aylantirila boshlanadi. Burchak tezlik qanday bo’lganda simob ustuni 4 cm
ga siljiydi? Atmosferik bosim 750 mm sim. ust., g=10m/s
2
.
Javob: 5
852. Massasi 50 g bo’lgan yupqa devorli stakan suv yuziga to’ntarib qo’yiladi va shunday
botiriladiki, bunda stakan doim vertikal holda qoladi. Stakanning balandligi 10 cm, tubining
yuzasi 20 cm
2
. Stakan qanday minimal chuqurlikka tushirilganda cho’kib ketadi? Atmosferik
bosim 100 kPa,
10
g
m/s
2
. Chuqurlik suv sirtidan stakan ichidagi suv sathigacha (izlanayotgan
chuqurlikda) hisoblanadi. Temperatura sirtda va chuqurlikda bir xil. Stakandagi havo massasi
inobatga olinmasin.
Javob: 30
72
Birlashgan gaz qonuni
853. Gazning hajmi 2 marta kamaytirilganda bosim 120 kPa ga o’zgardi, absolyut
temperatura esa 10% ga oshdi. Gazning dastlabki bosimi (kPa da) qanday bo’lgan?
Javob: 100
854. Gazning hajmi 7 marta oshirilganda bosim 10 marta kamayishi uchun uning absolyut
temperaturasini necha foizga kamaytirish kerak?
Javob: 30
855. Ikki idish kranli, yupqa trubka bilan ulangan. 3
l hajmli birinchi idish 10 kPa bosim
ostida turgan gaz bilan to’ldirilgan, 6
l hajmli boshqa idishda bosim hisobga olmas darajada
kam. Birinchi idishdagi gazning temperaturasi 27
0
C. Agar kranni ochib, gazning
temperaturasini 177
0
C gacha ko’tarilsa, idishlarda qanday bosim (kPa) qaror topadi?
Javob: 5
856. Normal sharoitda (T
0
=273 K) porshenli nasos har yurishda atmosferadan 10 dm
3
havoni
so’rib oladi va uni 10 m
3
hajmli rezervuarga uzatadi. Rezervuardagi temperatura doimiy va 364
K ga teng. Rezervuardagi bosimni normaldan (p
0
=1 atm) 10 atm gacha ko’tarish uchun nasos
porsheni nechta yurish qilishi kerak?
Javob: 6750
857. Silindr porshenining ostidagi havo dastlab izotermik ravishda bosim 2 marta oshguncha
siqildi, keyin esa o’zgarmas bosimda qizdirildi. Natijada havoning hajmi dastlabkisiga
qaraganda 3 marta ortdi. Agar havoning boshlang’ich temperaturasi 300 K bo’lgan bo’lsa, u
qanday temperaturagacha (K da) qizdirilgan?
Javob: 1800
858. 127
0
C temperatura va 200 kPa bosimda 3
l hajmni egallagan gaz izotermik siqiladi,
keyin –73
0
C temperaturagacha izobar sovutiladi, undan so’ng hajm 1
l gacha izotermik
o’zgartiriladi. Gazning oxirgi bosimini (kPa da) toping.
Javob: 300
859. Silindr ichidagi porshen ostida joylashgan gaz o’zgarmas bosimda shunday qizdirildiki,
bunda uning hajmi 1,5 marta ortdi. Keyin porshen mahkamlanib, uning bosimi 2 marta
ortguncha qizdirildi. Gazning oxirgi absolyut temperaturasining boshlang’ich absolyut
temperaturasiga nisbati qanday?
Javob: 3
860. Ichida 300 K temperaturada kislorod bo’lgan ikkita bir xil idish o’rtasida simob ustuni
joylashgan yupqa, gorizontal trubka bilan ulangan. Idishlarning hajmi 4
.
10
-5
m
3
. Bir idish 3 K ga
qizdirilib, boshqasi esa 3 K ga sovutilgandan so’ng simob ustuni 1 cm ga siljidi. Trubkaning
kesim yuzasi (mm
2
da) qanday?
Javob: 40
861. Issiqlikni o’tkazmaydigan porshen ichida 7
0
C temperaturali gaz bo’lgan gorizontal
idishni teng ikki qismga bo’ladi. Har bir qismning uzunligi 30 cm. Idishning bir qismi
qizdirilganda porshen 2 cm ga siljidi. Gaz necha gradusga qizdirilgan? Idishning boshqa
qismidagi gazning temperaturasi o’zgarmagan.
Javob: 40
862. Issiqlikni o’tkazmaydigan porshen ichida 5
0
C temperaturali gaz bo’lgan gorizontal
idishni teng ikki qismga bo’ladi. Har bir qismning uzunligi 144 cm. Idishning bir qismi 18
0
C ga,
boshqasi esa 2
0
C ga qizdirildi. Porshen qancha masofaga (mm da) siljiydi?
Javob: 4
863. 40
l hajmli ballon ichida 18 MPa ostida 27
0
C temperaturali siqilgan havo bor. Shu
ballonning havosi yordamida suv osti kemasining sisternasidan qanday hajmli (
l
da) suvni siqib
chiqarish mumkin? Kema 7
0
C temperaturadagi 20 m chuqurlikda joylashgan. Atmosferik bosim
0,1 MPa, g=10m/s
2
.
Javob: 2200
864. Havo bilan to’ldirilgan yupqa rezinali shar suv ichiga 65,2 m chuqurlikka tushirilganda
uning radiusi necha marta kamayadi? Suv sirtidagi bosim 100 kPa. Sirtdagi suvning
temperaturasi 27
0
C, chuqurlikdagisi 9
0
C.
Javob: 2
73
865. Bir xil kesimdagi tutash idishlarda simob bor. Idishlardan biri yopiladi va uning ichidagi
havo temperaturasi 300 K dan 400 K gacha oshiriladi. Agar yopiq idish ichidagi havo ustunining
boshlang’ich balandligi 10 cm bo’lgan bo’lsa, simob sathlari orasida yuzaga keladigan farqni (cm
da) toping. Atmosferik bosim 750 mm sim. ust.
Javob: 5
Mendeleyev – Klapeyron tenglamasi
866. 0,06 m
3
sig’imli ballon ichida 27
0
C temperaturada 8.3
.
10
5
Pa bosim ostida joylashgan
vodorodning massasini (g da) aniqlang. Vodorodning molyar massasi 2 kg/kmol, universal gaz
doimiysi 8300 J/(kmol
.
K).
Javob: 40
867. Sig’imi 83
l bo’lgan ballonda 2,2 kg karbonat angidrid gazi bor. Ballon 4
.
10
6
Pa dan ortiq
bo’lmagan bosimga bardosh beradi. Qanday temperaturada (K da) ballon portlab ketishi
mumkin? Karbonat angidrid gazining molyar massasi 44 kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300
J/(kmol
.
K).
Javob: 800
868. Ichida vodorod bo’lgan ballon 1172 K temperaturada portlagan bo’lsa va u o’n marta
mustahkamlik zahirasi bilan 293 K temperaturali 7 kg massali azotni saqlashga mo’ljallangan
bo’lsa, ballonda qanday massali (g da) vodorod bo’lgan? Vodorodning molyar massasi 2 kg/kmol,
azotniki esa 28 kg/kmol.
Javob: 1250
869. 0,02 kg miqdordagi gaz 10
6
Pa bosim va 47
0
C temperaturada 1660 cm
3
hajmni
egallaydi. Shu berilganlar bo’yicha gazning molyar massasini (kg/kmol da) aniqlang. Universal
gaz doimiysi 8300 J/(kmol
.
K).
Javob: 32
870. 27
0
C temperaturali ballon ichida joylashgan 0,007 kg massali gaz 50 kPa bosim hosil
qiladi. Agar 4 g massali vodorod (molyar massasi 2 kg/kmol) xuddi shunday ballonda 60
0
C da
444 kPa bosim hosil qilishi ma’lum bo’lsa, noma’lum gazning molyar massasini (kg/kmol) toping.
Javob: 28
871. Bir xildagi ballonlarda bir xil temperaturada teng massali vodorod va kislorod bor. Agar
kislorodning molyar massasi 32 kg/kmol, vodorodniki esa 2 kg/kmol bo’lsa, vodorodning ballon
devoriga beradigan bosimi kislorodnikiga qaraganda necha marta katta bo’ladi?
Javob: 16
872. 85 cm uzunlikdagi idish ishqalanishsiz harakatlana oladigan yupqa to’siq bilan ikki
qismga bo’lingan. Idishning chap qismida vodorod, o’ng qismida esa xuddi shunday massali
kislorod joylashgan. Idishning chap qismi uzunligini (cm da) toping. Vodorodning molyar
massasi 2 kg/kmol, kislorodniki – 32 kg/kmol. Gazlarning temperaturalari bir xil.
Javob: 80
873. Ikkita ballon kranli yupqa trubka yordamida bir biri bilan ulangan. Bir ballonda 400 kPa
bosim ostida 2 g massali gaz, boshqasida esa 200 kPa bosim ostida 4 g massali xuddi shunday
gaz bor. Agar kran ochib yuborilsa, ballonlarda qanday bosim (kPa da) yuzaga keladi? Gaz
temperaturasi ballonlarda bir xil.
Javob: 240
874. Silindr ichida, vaznsiz porshen ostida hajmi 0,02 m
3
, temperaturasi esa 250 K bo’lgan 1
mol gaz joylashgan. Porshenning yuzasiga perpendikulyar yo’nalishda qanday kuch bilan ta’sir
qilganda, u qo’zg’almaydi? Atmosferik bosim 100 kPa, porshenning yuzasi 0,02 m
2
, universal
gaz doimiysi 8300 J/(kmol
.
K).
Javob: 75
875. Gaz quvuri orqali 0,83 MPa bosim va 27
0
C temperaturadagi karbonat angidrid gazi
o’tmoqda. Agar 2,5 min ichida quvurning 5 cm
2
yuzali ko’ndalang kesimi orqali 2,2 kg gaz oqib
o’tsa, quvurdagi gaz oqimining tezligi qanday? Karbonat angidrid gazining molyar massasi 44
kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300 J/(kmol
.
K).
Javob: 2
74
876. Aerostatning sferik qobig’i har bir metr kvadratining massasi 900 g bo’lgan materialdan
tayyorlangan. Shar 27
0
C temperatura va 100 kPa bosimdagi vodorod bilan to’ldirilgan.
Atrofdagi havoning temperaturasi va bosimi vodorodniki bilan bir xil. Shar o’zini ko’tara olishi
uchun uning radiusi (cm da) kamida qanday bo’lishi kerak? Universal gaz doimiysi 8300
J/(kmol
.
K). Havoning molyar massasi 29 kg/kmol, vodorodniki 2 kg/kmol.
Javob: 249
877. 198 g massali rezina shar azot bilan to’ldirilgan va suv ichida, temperaturasi 7
0
C
bo’lgan 73 m chuqurlikda tinch turibdi. Shardagi azot massasini (g da) toping. Atmosferik bosim
100 kPa. Azotning molyar massasi 28 kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300 J/(kmol
.
K).
Javob: 2
878. Vertikal silindr ishqalanishsiz ko’cha oladigan og’ir porshen yordamida ikki bo’lakka
bo’linadi. Porshen ostida uning ustidagiga qaraganda uch marta ortiq gaz joylashgan. 300 K
temperaturada porshen idishni teng ikkiga bo’ladi. 800 K temperaturada porshen ostidagi
gazning hajmi porshen ustidagidan necha marta katta bo’ladi?
Javob: 2
879. 1,5 mol vodorod va 2,5 mol kislorod aralashmasining zichligi 27
0
C temperatura va 240
kPa bosim ostida qanchaga teng? Vodorodning molyar massasi 2 kg/kmol, kislorodniki 32
kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300 J/(kmol
.
K).
Javob: 2
Modda miqdorining o’zgarishi
880. Agar ochiq idishdagi havoni 0
0
C dan 100
0
C gacha qizdirilsa, uning massasi necha
grammga kamayadi? Havoning boshlang’ich massasi 373 g.
Javob: 100
881. Agar hajmi 249 m
3
bo’lgan zalning temperatusi yozda 27
0
C ga, qishda esa 17
0
C ga teng
bo’lsa, shu zalni qishda va yozda to’ldiradigan havoning massasi qanchaga farq qiladi? Bosim
qishin-yozin
5
10
Pa. Universal gaz doimiysi 8300 J/(kmol
.
K), havoning molyar massasi 29
kg/kmol.
Javob: 10
882. Idishda 60 atm bosim ostidagi gaz bor. Agar idishdan undagi gaz massasining 7/12 qismi
chiqarib yuborilsa, qanday bosim (atm da) vujudga keladi? Temperaturani o’zgarmas deb
hisoblang.
Javob: 25
883. Ballonda 27
0
C temperatura va 200 kPa bosimda gaz bor. Agar ballondan gazning 80% i
chiqarib yuborilsa va uni 12
0
C gacha sovutilsa, bosim (kPa da) qanday bo’ladi?
Javob: 38
884. Ballonda qandaydir gaz bor edi. Gazning bir qismini chiqarib yuborgandan keyin
ballondagi gazning temperaturasi 3 marta, bosim esa 4 marta kamaydi. Gazning qanday qismi
(foizlarda) chiqarib yuborilgan?
Javob: 25
885. Ballonda 27
0
C temperatura va 2
.
10
5
Pa bosimda 2 kg massali gaz bor. Gazning bir
qismini chiqarib yuborib, qolgan qismini 627
0
C gacha qizdirilganda bosim 3
.
10
5
Pa gacha
oshdi. Agar ballonning hajmi 1 m
3
bo’lsa, qolgan gaz qismining zichligi qanday bo’ladi?
Javob: 1
886. Ikkita bir xil idish yupqa trubka yordamida ulangan. Sistema gaz bilan to’ldirilgan va
24
0
C temperaturada turibdi. Idishlardan birining temperaturasi 33
0
C ga oshirildi. Sistemaning
bosimi o’zgarmasligi uchun ikkinchi idishning temperaturasini necha gradusga kamaytirish
kerak?
Javob: 27
887. Ikkita bir xil idish hajmi inobatga olinmasa bo’ladigan trubka yordamida ulangan.
Sistema gaz bilan to’ldirilgan va 300 K temperaturada turibdi. Idishlardan biri qizdirilib,
boshqasi esa oldingi temperaturada qoldirilganda sistemadagi bosim 1,5 marta oshdi.
Idishlardan biri necha gradusga qizdirilgan?
Javob: 600
75
888. Yupqa trubka vositasida ulangan uchta bir xil idish 40 K temperaturali gazsimon geliy
bilan to’ldirilgan. Keyin idishlardan biri 100 K gacha, boshqasi 400 K gacha qizdirildi, uchinchi
idishning temperaturasi esa o’zgarmay qoldi. Sistemadagi bosim necha marta ortgan?
Javob: 2
889. Idishda 727
0
C temperaturada O
3
ozon bor. Biroz vaqtdan so’ng gazning temperaturasi
127
0
C gacha pasaydi, ozonning barchasi esa O kislorodga aylandi. Idishdagi bosim necha foizga
kamaygan?
Javob: 40
890. Yopiq idishda qamalgan azot temperaturasining 7
0
C dan 1407
0
C gacha ko’tarilishida
azot molekulalarining uchdan bir qismi atomlarga bo’linib ketdi. Bunda gazning bosimi necha
marta ortgan?
Javob: 8
891. Vodorod temperaturasining 300 K dan 1350 K gacha ko’tarilishida barcha molekulalar
atomlarga bo’linib ketdi. Bunda gaz zarrachalarining o’rtacha kvadratik tezligi necha martaga
ortgan?
Javob: 3
8. TERMODINAMIKA
Issiqlik miqdorini hisoblash. Isitkichning foydali ish koeffitsiyenti (FIK)
a) Isitish va sovutish
892. Qanday massali simobning issiqlik sig’imi 13 kg spirtning issiqlik sig’imiga teng?
Spirtning solishtirma issiqlik sig’imi 2440 J/(kg
.
K), simobning solishtirma issiqlik sig’imi 130
J/(kg
.
K).
Javob: 244
893. Ikkita bir xil jismning bir-biriga ishqalanishida ularning temperaturasi bir minutda 30
0
C ga ko’tarildi. Bu jismlarning o’zaro ishqalanishida hosil bo’ladigan o’rtacha quvvat qanday?
Har bir jismning issiqlik sig’imi 800 J/K.
Javob: 800
894. 600 W quvvatli elektroplitkada 3
l suvni qaynagunga qadar 40 minut isitiladi. Suvning
boshlang’ich temperaturasi 20
0
C. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4200 J/(kg
.
K).
Qurilmaning FIK ni (foizlarda) aniqlang.
Javob: 70
895. Qo’l parmasi (Drel) yordamida metallni parmalashda 0,05 kg massali parma 200 s
to’xtovsiz ishlash davomida 20
0
C ga isidi. Drel parmalash jarayonida elektr tarmog’idan iste’mol
qiladigan o’rtacha quvvat 10 W ga teng. Agar parma materialining solishtirma issiqlik sig’imi
460 J/(kg
.
K) bo’lsa, sarflangan energiyaning necha foizi parmaning qizishiga ketgan?
Javob: 23
896. 400 W quvvatli elektromotor 50 s to’xtovsiz ishlash davomida 10 K ga qiziydi. Motorning
FIK (foizlarda) qanchaga teng? Motorning issiqlik sig’imi 500 J/K.
Javob: 75
897. Moyga botirilgan transformator ortiqcha zo’riqish oqibatida qiziy boshlaydi. Agar
transformator 60 kW to’liq quvvat bilan 4 minut ishlaganda 60 kg massali moy 30
0
C ga qizisa,
transformatorning FIK (foizlarda) qanday? Moyning solishtirma issiqlik sig’imi 2000 J/(kg
.
K).
Javob: 75
898. Generator o’ta yuqori chastotali impulslar tarqatmoqda. Har bir impulsning energiyasi 6
J. Impulslarning takrorlanish chastotasi 700 Hz. Generatorning FIK 60%. Generatorning
sovutish sistemasi orqali o’tkaziluvchi suv 10 K dan ko’p qizimasligi uchun soatiga necha litr suv
o’tkazish kerak? Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4200 J/(kg
.
K).
Javob: 240
b) fazaviy o’zgarishlar
899. 0
0
C haroratda olingan qancha muzni 0,66 MJ energiya yordamida eritish mumkin?
Muzning solishtirma erish issiqligi 330 kJ/kg.
Javob: 2
76
900. Erish haroratidagi 100 kg po’latning qotish jarayonida 21 MJ issiqlik ajraldi. Po’latning
solishtirma erish issiqligi (kJ/kg da) qanday?
Javob: 210
901. –10
0
C haroratli 2 kg muzni to’liq eritish uchun unga qanday miqdordagi issiqlik (kJ da)
berish kerak? Muzning solishtirma issiqlik sig’imi 2100 J/(kg
.
K), muzning solishtirma erish
issiqligi 330 kJ/kg.
Javob: 702
902. –50
0
C haroratli muz parchasini 50
0
C temperaturali suvga aylantirish uchun 645 kJ
energiya talab qilinadi. Muzning massasi qancha? Suvning solishtirma issiqlik sig’imi 4200
Dostları ilə paylaş: |