I BOB. MANTIQIY MASALALARNI YECHISH USULLARI 1-§. TO`PLAM ELEMENTLARINI TARTIBLASHGA DOIR MANTIQIY MASALALARNI YECHISH USULLARI Bu turdagi masalalarni yechishning asosida tartib munosabati
tushunchasi yotadi: R munosabat X to`plamda bir vaqtning o`zida
antisimmetriklik va tranzitivlik xossalariga ega bo`lsa, bu munosabat
tartib munosabat deyiladi. Agar X to`plamda tartib munosabati
berilgan bo`lsa, u holda X to`plam shu munosabat yordamida
tartiblangan deyiladi. Suning uchun bu turdagi masalalarni yechishda
berilgan to`plam elementlarini to`g`ri tartiblash muhimdir.
To`plam elementlarini tartiblashga doir vaziyatlarni to`g`ri
chiziqda modellashtirish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham
bu
masalalarni
yechishda uning shartida berilgan to`plam
elementlarini to`g`ri chiziqda joylashgan nuqtalar bilan tasvirlanib,
berilgan munosabat asosida ular birin-ketin joylashtirilib, tartiblanadi.
1-masala. Daftar ruchkadan arzon, lekin qalamdan qimmat. Bu
o`quv jihozlari ichida eng arzonini aniqlang?
Yechish. Dastlab masala modelini quramiz. Bu holda to`g`ri
chiziq “narx chizig`i” vazifasini o`taydi. O`quvchilar bilan o`quv
jihozlarini to`g`ri chiziqda ularning bosh harflari ko`rsatilgan nuqtalar
bilan va arzonroq o`quv jihozlarini to`g`ri chiziqda chaproqda,
qimmatroq jihozni esa o`ngroqda belgilashga kelishib olamiz.
So`ngra tartib bilan har bir shartni to`g`ri chiziqda belgilaymiz.
- daftar ruchkadan arzon,
demak D nuqta R nuqtadan
chapda joylashdi.
- daftar qalamdan qimmat
bo`lsa,
u
holda
qalam
daftardan arzon bo`ladi, ya’ni Q nuqta D nuqtadan chapda joylashadi.
To`g`ri chiziqda eng arzon o`quv jihozi Q– qalam ekanligini
aniqlaymiz.
D R D Q R a)
b)