Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 282,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix01.01.2022
ölçüsü282,15 Kb.
#50563
növüReferat
1   2   3   4   5
talimni pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishda talim prinsiplarining tutgan orni (1)

 Ta’limning  mazmunli  tamoyillari.  Ular  ta‟lim  mazmunini  tanlash  bilan 

bog„liq bo„lgan qonuniyatlarni  aks ettiradi  va quyidagi  g„oyalarni  ifodalaydi: 

- fuqarolik; 

- ilmiyligi; 

- tarbiyalovchi  ta‟lim; 

-  fundamentalligi  va  amaliy  yo„nalganligi  (ta‟limning  hayot  bilan, 

nazariyaning  amaliyot  bilan  bog„liqligi); 

- tabiat bilan  uyg„unligi; 

- madaniyat  bilan  uyg„unligi; 

- insonparvarligi. 



Fuqarolik  tamoyili.  Unga  ko„ra  ta‟lim  mazmunini  shaxsning  sub‟ektivligini 

rivojlantirish,  uning  ma‟naviyligi  va  ijtimoiy  yetukligiga  yo„naltirishda  namoyon 

bo„lishi  kerak.  U  ta‟lim  mazmunini  insonparvarlashtirishni  nazarda  tutadi  va 

fuqarolikni  anglash,  O„zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy  va  siyosiy  tuzilishi 

haqidagi  tasavvurlar  tizimi,  o„zbek  xalqi  madaniyati  psixologik  xususiyatlari, 

uning  mentalitet  xususiyatlari,  milliy  siyosati  va  madaniyati  kabi  dolzarb  masalalar 

haqidagi  tasavvurlarining  shakllanishi  bilan  bog„liq. 

Ta’limning  ilmiyligi  tamoyili  ta‟lim  mazmunini  zamonaviy  fan  va  texnika 

rivojlanish  darajasi,  jahon  sivilizatsiyasi  to„plagan  tajribaga  mos  kelishini 

ifodalaydi.  Bu  tamoyil  ta‟lim  vaqtida  va  o„qishdan  tashqari  vaqtda  amalga 

oshiriladigan  ta‟lim  mazmuni  o„quvchilarni  ob‟ektiv  ilmiy  dalillar,  hodisalar, 




 

qonunlar,  zamonaviy  yutuqlar  va    rivojlanish  istiqbollarini  ochib  berishga 



yaqinlashtirib,  u  yoki  bu  sohaning  asosiy  nazariya  yoki  konsepsiyalari  bilan 

tanishtirishga  yo„naltirilgan  bo„lishini  talab etadi. 



Ta’limning  tarbiyalovchilik  tamoyili  yaxlit  pedagogik  jarayonda  ta‟lim  va 

tarbiyaning  birligi  qonuniyatlariga  tayanadi.  Bu  tamoyil  ta‟lim  jarayonida 

barkamol  rivojlangan  shaxsni  shakllantirishni  ko„zda  tutadi.  Ta‟lim  jarayonida 

tarbiyalashning  samarali  kechishi    shaxsning  intellektual  rivojlanishi,    birinchi 

navbatda, 

o„quvchilarning 

qiziqishlari, 

idrok 


etish 

hamda 


individual 

qobiliyatlarining  hisobga olinishi  bilan  bog„liq. 



Ta’limning  fundamentalligi  va  amaliy  yo‘nalganligi  tamoyili  umuiy  o„rta 

ta‟lim  maktablaridayoq  o„quvchilar  chuqur  nazariy  va  amaliy  tayyorlikdan 

o„tadilar.  Mazkur  holat  an‟anaviy  didaktikada  ta‟limning  hayot  bilan,  nazariyaning 

amaliyot  bilan  bog„liqligi   kabi ifoda etiladi. 



Ta’limning  tabiat  bilan  uyg‘unligi  tamoyili.  Ya.A.Komenskiy  o„zining 

tabiatga  uyg„un  bo„lishi  g„oyasini  ifoda  etib,  tabiatda  hayot  bahordan  boshlangani 

kabi  ta‟lim  olish  jarayoni  uchun  eng  qulay  davr  bolalik  ekanligini  ta‟kidlaydi. 

Ertalabki  soatlar  mashg„ulotlarni  bajarish  uchun  juda  qulay  hisoblanadi. 

O„quvchilarga  ularning  yosh  davrlarini  inobatga  olgan  holda  bilimlarning  berilishi 

ushbu  bilimlarning  ular  uchun  tushunarli  bo„lishini  ta‟minlaydi.  Demak,  tabiat 

bilan  uyg„unlik  g„oyasi  asta-sekinlik,  ketma-ketlik  va  mustaqil  faoliyat  kabi  ta‟lim 

tamoyilining  asosi hisoblanadi.  



Ta’limda  insonparvarlik  tamoyilinibolaning  shaxs  sifatidagi  qadr-qimmati, 

uning  erkinligi  hamda  baxtli  hayot  kechirishini  ta‟minlash,  uni  rivojlantirishi, 

ijodiy  imkoniyatlarini  ro„yobga chiqarishi, unga hayotda o„z o„rnini topishda  

Ta’limning  tashkiliy-metodik  tamoyillari.  Ta’limni  tashkil  etish  metodikasi 

ta’lim  mazmunini  shakllantirish  kabi  erkin  tanlanishi mumkin emas. Bu borada 


Yüklə 282,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin