Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə106/315
tarix02.06.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#123283
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   315
Falsafadan

Bevosita (to’g’ri) javob – savolda ko’rsatilgan noma’lum sohaga taalluqli mulohazalar to’plamidan iborat. Masalan, «O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi (Asosiy qonuni) qachon qabul qilingan?» degan savolga «O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi (Asosiy qonuni) 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan», deb berilgan javob bevosita javob hisoblanadi.
Bilvosita javob – javobni qidirish sohasidan chetga chiqib, qo’shimcha ma’lumotlarga murojaat qilish asosida hosil qilinadigan mulohazalar to’plamidan iborat bo’lib, bevosita (to’g’ri) javob ulardan xulosa chiqarish yo’li bilan hosil qilinadi. Masalan, «Mantiq falsafiy fanmi?» degan savolga «Mantiq tafakkurning shakllari va qonunlarini o’rganuvchi fan», deb beriladigan javob bilvosita javob bo’ladi.
To’liq va to’liqsiz javoblar javobda beriladigan ma’lumotlar miqdori bo’yicha farq qilinadi. To’liq javob – o’zida savolning barcha elementlari (qismlari) haqida ma’lumotlarni mujassamlashtirgan mulohazalar to’plamidir, «O’zbekiston Respublikasi Madhiyasini kim yozgan?» degan savolga «O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi matnini A. Oripov yozgan, uning musiqasini esa, M. Burxonov bastalagan», deb berilgan javob to’liq javob bo’ladi. To’liqsiz javob – savolni tashkil etuvchi elementlarning bir qismi haqidagina ma’lumotni ifoda etgan mulohazalardan iborat. Masalan, «Jamiyatni demokratiyalashning mohiyati nimada?» deb qo’yilgan savolga «Jamiyatni demokratiyalash xalqning davlatni boshqarishda ishtirok etishini taqozo etadi», deb berilgan javob to’liqsiz bo’ladi, chunki unda jamiyatni demokratiyalashtirishning boshqa mezonlari haqida ma’lumotlar yo’q.
Mantiqiy qiymati bo’yicha, ya’ni borliqqa munosabatiga ko’ra chin va xato javoblar farq qilinishi mumkin. Agar javobda ifodalangan fikr-mulohazalar borliqqa muvofiq kelsa, uni adekvat holda aks ettirsa, u chin javob va aksincha, borliqqa muvofiq kelmasa, adekvat tarzda aks ettirmasa, u xato javob bo’ladi. Masalan, «Tib qonunlari» asarining muallifi kim?» deb berilgan savolga «Tib qonunlari» asarining muallifi Ibn Sinodir», deb berilgan javob – chin, «Tib qonunlari» asarining muallifi Ar-Roziydir», deb berilgan javob esa, xato hisoblanadi.
Grammatik shakliga ko’ra, javoblar qisqa yoki batafsil bo’ladi. Qisqa javob «ha» yoki «yo’q» tarzida beriladigan tasdiq yoki inkor shaklidagi bitta so’zdan iborat. Batafsil javob savolning har bir elementi takrorlanadigan mulohazadir. Masalan, «Muhammad payg’ambar tarixiy shaxsmi?» degan savolga «Ha», deb berilgan javob – qisqa javob, «Ha, Muhammad payg’ambar tarixiy shaxs», deb berilgan javob – batafsil javob bo’ladi.
Javobning aniq yoki noaniq bo’lishi savolning sifatiga, uning mantiqiy tarkibiga bog’liq. Ma’lumki, savol va javob mantiqan bog’langan bo’ladi, ya’ni javobning mazmuni qo’yilgan savolning sifatiga bog’liq. SHuning uchun ham bahs yuritish jarayonida «savoliga yarasha javob» degan qoida amal qiladi. Noaniq, ko’p ma’noli savollarga aniq javob olish qiyin.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   315




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin