57
Oxirgi - ketma-ket qator oxirida turgan o’quvchi (talaba).
Front - shug’ullanuvchilar safning old tomoni (qatorda).
Ichkari - front teskarisi, ya’ni orqa tomoni, 2-, 3-, 4-
qatorlar.
Qanot - safning chap yoki o’ng tomoni.
Saf chuqurligi - ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi
o’quvchi (talaba) orasidagi masofa.
Safkengligi - o’ng qanotdan chap qanotgacha bo’lgan
masofa (qatorda).
Masofa - yonma-yon turgan shug’ullanuvсhilar orasidagi
masofa (ketma-ket qatorda).
Oraliq - front bo’yicha shug’ullanuvchilar orasidagi
masofa.
Mashg’ulotda safni o’qituvchi va talabalar (guruh sardori,
o’quv bo’limlarining boshliqlari va navbatchilar) tovush yoki
belgilangan signal bilan beriladigan buyruq, topshiriqlar berish
orqali tuzadilar.
Zich saf - talabalarning qatorda bir-biridan kaft
kengligidagi (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki ketma-ketlarda bir-
biridan oldinga uzatilgan qo’l uzunligidagi masofadan iborat
safdir.
О nisi ochiq saf - talabalarning qatorda bir qadam
oraliqda yoki o’qituvchi belgilab bergan oraliqda joylanishidan
iborat safdir.
Dostları ilə paylaş: