Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#37610
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
02gimnastikapdf

Tarbiyaviy vazifalari: 
Gimnastika  mashg’ulotiariga  chuqur  ishonch,  zo’r 
ishtiyoq bilan faol shug’ullanish. 
Tashqi  ko’rinish.  tozalikva  gigiyenani  saqlashga 
o’rgatish.  Kamtarlikni,  mehnatsevarlikni,  O’qituvchi  bergan 
vazifalarni  mas’uliyat  bilan  bajarishni,  o’rtoqlari  va  o’zidan 
kattaga  hurmat  bilan  qarash,  yordamga  muhtojlarga  doimo 
ko’maklashishga tayyor bo’lish. 
Harakatda  qaddi-qomatni  to’g’ri  tutishni,  o’zini  o’zi 
hurmat  qilishni,  mardlikni,  yuqori  darajada  o’z  irodasini 
namoyon qilish. 
Jamoa  bilan  birga  bo’lishni,  sheriklariga  beg’araz 
yordamga 
tayyor 
bo’lish, 
ma’naviy-ma’rifiy  jamoatchilik 
ishlarida faol ishtirok etish. 
Pedagoglar  tomonidan  guruh,  jamoa,  sinfga  berilgan  har 
qanday topshiriqni mas’uliyat bilan bajarish. 
Yangi  mashqlar  texnikasini  o’zlashtirishga  ijodiy 
yondashish. 
Darsdagi  sog’lomlashtirish,  ta’lim 
va 
tarbiyaviy 


77 
 
maqsadlar  birbiri  bilan  chambarchas  bog’liq,  lekin  ularga 
ajratilgan  vaqt  mashg’ulot  tashkillashtirish  sharoiti,  kutilmagan 
va  oldindan  rejalashtirilmagan  hodisalar  sababida  o’zgarishi 
mumkin. 
Vositalar.  Darsning  tayyorgarlik  qismida,  o’rtacha 
tezlikda  bajariladigan  mashqlar:  saf  mashqlari,  joydan  joyga 
ko’chishlarning  turli  xil  lari  (yurish,  yugurish,  sakrash,  raqs 
harakatlarining turli xillari), gimnastika jihozida  va jihozisiz, yuk 
bilan, 
gimnastika 
devori 
va 
o’rindiqlarida  bajariladigan 
umumrivojlantiruvchi 
mashqlar 
hamda 
sport 
o’yinlari 
qo’llaniladi.  Yuqori  shiddatda  bajariladigan  mashqlar  darsning 
keyingi,  asosiy  qismida  o’quv-  chilarning  mehnat  qobiliyatini 
pasaytirib  qo’yishi  mumkin.  Shuning  uchun  darsning 
tayyorgarlik  qismida  o’quvchilarda  kuch,  chidamlik  va  hatto, 
egiluvchanlik  kabi  jismoniy  sifatlarni  rivojlantirishga  jiddiy 
e’tibor berish kerak. 
Darsning  tayyorgarlik  qismi  uchun  mashqlar  tanlash 
gimnastika  darsining  asosiy  qismiga  qo’yilgan  vazifaga, 
mashg’ulotni o’tish sharoitiga va eng awalo, uning oldiga qanday 
vazifalar  qo’yilishiga,  guruhdagi  o’quvchilarning  jismoniy 
tayyorgarligiga, jinsiga va ularning salomatlik darajasiga bog’liq. 
Darsning  tayyorgarlik  qismida  qo’llaniladigan  mashqlar 
xilma-xildir.  O’quvchilar  dars  davomida  turli  xil  rejimda  (kuch 
ishlatish  va  bo’shashish  maromi,  mushak  guruhlarining  mashq 
bajarishda  uzliksiz  almashinib  turishi)  ishlashga  majbur 
bo’lishib,  butun  tayanch-harakat  apparatini  faol  ishga  soladigan 
ko’p sonli va turli xil mashqlarni bajaradilar. 
Mashqlarni  takrorlash.  Darsning  tayyorgarlik  qismi, 
aksari,  saf  mashqlarini  bajarishdan  boshlanadi.  Harakat  turlarini 
(sport  o’yinlari,  yurish,  yugurish)  saf  mashqlari  о’rnida  yoki 
bevosita 
saf 
mashqlaridan 
so’ng 
qoilash 
mumkin. 
Umumrivojlantiravchi  mashqlar  to’plarni  darsning  tayyorgarlik 


78 
 
qismini  yakunlaydi.  Ba’zan  (asosiy  qismning  mazmuniga  qarab) 
umumrivojlantiruvchi  mashqlar  bajarilishi,  boshqa  mashqlardan 
oldinroq o’ti1ishi mumkin. 
Umumrivojlantiruvchi 
mashqlar 
to’plarni 
ularning 
bajarilish  jadalligining  oshib  borishiga  qarab,  uning  oldiga 
qo’yilgan vazifasiga qarab taki'orlanadi. Mashg’ulotning boshida 
mo’tadil  ko’lamda  va  sekin  bajariladigan  mashqlar  tavsiya 
qilinib,  ularning  bajarilish  miqdori  cheklanadi.  Mashqlar 
to’plarnini  bajarish  davomida  harakat  koiami,  sur’ati  va  miqdori 
ni oshirib bornioq kerak. 
Darsning  tayyorgarlik  qismini  o’tishga  oid  umumiy 
uslubiy ко ‘rsatmalar. Gimnastika darsining tayyorgarlik qismini 
o’tkazishda o’qituvchi quyidagilarni amalga oshira bilishi kerak: 
  o’quvchilarga 
mashqni 
tushuntirishning 
turli 
usullaridan foydalanishni; 
  ko’maklashish, ularda to’g’riva chiroyli qaddi-qomatni 
shakllantirishni; 
  qo’yilgan  xatolarni  tuzatish,  mashqlarni  bajarishda 
gimnastika harakatlariga rioya qilishni; 
  o’quvchilarni  maydonchada  (zalda)  tez  va  qulay 
joylashtirishni. 
O’qituvchi  darsni  tushuntirishda  turli  usullardan 
foydalanishimumkin  (ko’rsatish,  ifodalash  va  og’zaki  aytib 
berish): 
1)  Tushuntirishning oddiy usuli bu bevosita ko’rsatish  va 
tushuntirish. Bu usul  o’quvchilarning har qanday tayyorgarlik  va 
sport  tabaqasiga  mos  kelaveradi  hamda  o’qituvchiga  muayyan 
mashqning  vazifasini,  tafsilotini  tushuntirgan  holda  ko’rsatib 
berish imkonini beradi. 
2)  Bo’laklarga  ajratib  tushuntirish  usuli.  O’qituvchi 
mashqni  oddiy  harakatlarga  ajratib  ko’rsatadi  va  tushuntiradi, 
shuningdek, bir yo’la o’quvchilarga harakatlarni bajarishni taklif 


79 
 
etadi,  shu  bois  mashqning  har  bir  qismining  aniq  bajarilishiga 
erishadi. 
3)  Og’zaki 
tushuntirish. 
O’qituvchi 
mashqni 
ko’rsatmasdan og’zaki tushuntiradi. Bunday usul o’quvchilarning 
e’tiborini  kuchaytiradi  va  ularning  mustaqilligini  tarbiyalashga 
ko’maklashadi. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar 
bilan  mashg’ulot  o’tayotganda,  O’qituvchi  darsni  bolalarni 
himoya  qilish  tarzida  olib  borishi  mumkin.  Bolalar  esa  uni  o’z 
tasavvurlarida  go’yo  harakat  tajribalariga  mos  keladigan 
harakatlarni bajarayotgan holda tinglashadi. 
4)  Ко‘rsatish usuli bilan tushuntirish. O’qituvchi mashqni 
so’zsiz, faqat ko’rsatadi. Mashqni ko’rsatgandan keyin u mashqni 
boshlash  va  tugallash  uchun  zarur  bo’lgan  buyruqlarni  beradi 
yoki  o’quvchilarga  o’zining  barcha  harakatlarini,  shu  jumladan, 
mashqlar  orasidagi  tanaffusda  ham  takrorlashni  tavsiya  qilishi 
mumkin.  Bu  holda  u  to’plamning  oxirigacha  yoki  uning  bir 
qismigacha  biror  so’z  aytmaydi,  Bu  usulni  o’quvchilarning  har 
qanday  tarkibi  bilan  mashg’ulot  o’tayotganda  qo’llashi  mumkin, 
ayniqsa,  yosh  bolalar  bilan  mashg’ulot  o’tayotganda  bu  usul 
yaxshi  natija  beradi.  Bu  usul  o’ziga  xos  bir  o’yinni  eslatadi. 
Bolalar  o’qituvchining  har  bir  harakatini  aniq  takrorlashga 
intiladilar. 
O’quvchilarga 
ко 
‘maklashish. 
O’qituvchi 
o’quvchilarning  mashqlarni  aniq  va  uyg’un  bajarishlari  uchun 
ularga  tushuntirish,  tez  va  qulay  joylashtirish,  kamchilikni 
ko’rsatish va sanoq orqali yordam- lashadi. 
Xatolarni  tuzatish.  Odatda,  mashqni  bajarayotganda 
o’quvchilarning  ko’pchiligi  xatoga  yo’l  qo’yadi.  O’qituvchi 
ularni  darhol  tuzatishi  kerak.  Ayrim  hollarda  u  mashq 
bajarilishini  to’xtatmasdan  turib,  ularning  sur’ativa  maromiga 
moslab,  yo’l  qo’yilgan  xatolarni  ko’rsatadi.  Bordi-yu 
o’quvchilarning ko’pchiligi xatoga yo’l qo’ysa, mashq bajarishni 


80 
 
to’xtatib, tegishli ko’rsatmalar berishi mumkin. 
O’quvchilarni 
maydonchada 
(zalda) 
joylashtirish. 
O’quvchilarning  mashqlarni  mustaqil  bajarishi  va  faolligi 
ularning  maydonchadagi  turgan  joyiga  bog’liq.  Mashqlarni 
bajarish  uchun  o’quv-  chilar  ketma-ket  qatorining  chap  qanoti 
o’qituvchiga  yaqinroq  joylashishi,  qulayroq  bo’lsa-da,  har  doim 
ham  shunday  bo’lavermaydi.  Ketma-ket  qator  yetakchisini, 
ularning  bo’yidan  qat’i  nazar,  muntazam  almashtirib  turish, 
natijada  guruhda  hamda  o’quv-  chilar  uchun  bir  xil  sharoit 
yaratgan  bo’ladi.  Shuni  nazarda  tutib,  to’plamning  turli 
mashqlarini  bajarishda  o’quvchilarni  chapga,  o’ngga,  orqaga 
burib,  bir-biriga  qaratib,  saf  yo’nalishini  o’zgartirib  turish  lozim 
va mashqlarni ketma-ket qatorda bajartirish ma’qul. 
Saf  mashqlari  va  ularning  turli  usul  harakatida  o’tishi 
pedagogga o’ziga xos turli-tuman imkoniyat yaratadi: 
  o’quvchilarni sport zalida yoki maydonda tez  va qulay 
joylashtiradi; 
  ularda  to’g’riva  chiroyli  qaddi-qomatni  shakllantiradi, 
harakatlarni  gimnastika  sportiga  oid  bajarish,  ritmni  sezish, 
harakat shiddatini aniqlay olishni tarbiyalaydi; 
  tartib, intizom va faolligini oshiradi; 
  pedagog 
bilan 
shug’ullanuvchilar 
o’rtasidagi 
subordinatsiya va o’zaro munosabatni shakllantiradi. 
Darsning tayyorlov qismi umumrivojlantiruvchi mashqlar 
to’plarni  bilan  tugallanadi.  Umumrivojlantiruvchi  mashqlar 
to’plamini  bajarish  osoyishtalik  bilan  boshlanib,  asta-sekin 
shiddati  o’zgaradi  (qo’llar,  oyoqlar  va  bo’yinning  cho’zilish  va 
qisqarish  mushaklari  uchun).  Bo’yin,  qo’l,  tana,  oyoq  va  butun 
gavda  mushaklari  uchun  mashqlar  berish  ketma-ketlik  tartibi 
qabul  qilingan.  U  asta-sekin  yurish,  chuqur  nafas  olish  va 
mushaklarni susaytirish mashqlari bilan tugallanadi. 
 


81 
 

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin