Замонавий илм-фанлар ривожида талаба-ёшлар фаолиятининг ўрни


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



Yüklə 1 Mb.
səhifə3/7
tarix02.06.2023
ölçüsü1 Mb.
#122632
1   2   3   4   5   6   7
3834-Текст статьи-9741-1-10-20201214

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


1.Biologiya 10-sinf (2017,J.Tolipova;M.Umaraliyev) 2.https://gulxan.uz sayti
3.https://kitoblardunyosiuz sayti

MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI


Avazov N.R. TDIU talabasi


Annotatsiya: Mazkur maqolada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda investitsiyalarning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining makroiqtisodiy holati va iqtisodiyotga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari maqolada mamlakatda investitsion faolikni oshirish va buning asosida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlari: makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish, investitsiya, investitsion muhit, investitsion jazibadorlik, investitsion faollik.


Annotation: This article analyzes the role of investment in ensuring macroeconomic stability. The article also discusses the macroeconomic situation in the Uzbekistan’s economy and the volume of investments in the economy. The article also contains proposals to increase investment activity in the country and, based on this, to ensure macroeconomic stability.
Keywords: macroeconomic stability, economic growth, investment, investment climate, investment attractiveness, investment activity.


Аннотаtsия: В данной статье анализируется роль инвестиtsий в обеспечении макроeкономической стабильности. В статье также рассматриваются макроeкономическая ситуаtsия в eкономике Узбекистана и объем инвестиtsий в eкономику. В статье также содержатся предложения по повышению инвестиtsионной активности в стране и, исходя из eтого, по обеспечению макроeкономической стабильности.
Ключевые слова: макроeкономическая стабильность, eкономический рост, инвестиtsии, инвестиtsионный климат, инвестиtsионная привлекательность, инвестиtsионная активность.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ko’p omillar ta’sir etadi. Bu omillar ichida investitsiyalar eng muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni iqtisodiyotning rivojlanishiga investitsiyalar o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda investitsiyalar hajmi oshib borishi bilan bunga parallel ravishda iqtisodiyot ham rivojlanib boradi. Bundan tashqari investitsiyalar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishi bu mamlakatda iqtisodiyot jadal rivojlanayotganidan darak beradi. Umuman olganda investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Investitsiyalar



  • iqtisodiy o‘sishning muhim omili bo‘lib, asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish maqsadida jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari yoki davlat tomonidan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar va ularga bo’lgan huquqlar hamda mavjud jamg’arilgan kapitaldan kelajakda foyda olish maqsadida amalga oshirilgan kapital qo’yilmalaridir[1]».

Investitsiyalarni ham bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ulardan xorijiy investitsiyalar alohida ahamiyotga ega. Chunki ichki investitsiyalar bu mamlakatda mavjud bo‘lgan kapitalning mamlakat ichida aylanishini bildirsa, xorijiy investitsiyalar bu mamlakatga chetda qo‘shimcha kapital kirib kelishini bildiradi. Shuning uchun ham xorijiy investitsiyalar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etib keladi.
Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiy o‘sishni belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik inflatsiyaning past darajada bo‘lgan va real almashuv kursi raqobatlasha oladigan darajada bir maromda bo‘lgan holatni anglatadi[2].
Makroiqtisodiy barqarorlik - deganda mamlakatda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi, inflatsiya, valyuta kursi, ishsizlik darajasi, to‘lov balansi va boshqalarning muvozanati buzilmasdan iqtisodiyot barqaror holda rivojlanishi tushiniladi[3].
Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishini hamda mamlakatda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanganligini ifodalaydi hamda makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari quyidagilarda ko’rinadi:
daromadlar taqsimlanishida muammolar yo’qligi;
barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga qayd etilganligi;


mamlakatda to’la bandlikni ta’minlanganligi ya’ni ishsizlik minimal miqdorda ekanligi;
ichki narxlarning barqarorligi (inflatsiya darajasi yuqori emasligi); baquvvat to’lov balansining mavjudligi;
davlat budjeti kamomadi YaIM ga nisbatan me’yorda ekanligi; barqaror valyuta almashinuv kursi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, investitsiyalar salmog’ining oshishi bu mamlakatda ishlab chiqarish salohiyatining yaxshilanayotganligidan darak beradi hamda yangi sanoat korxonalari paydo bo’ladi. Natijada aholi bandligi oshadi va ishsizlik darajasi esa pasayadi. Bu makroiqtisodiy barqarorlik ko’rsatuvchi asosiy belgilardan biri bo’ladi. Aholi bandligining oshishi esa aholi daromadlarining ko’payishiga olib keladi. Aholi daromadlarining oshishi esa iqtisodiy o’sishga yetaklovchi asosiy vosita hisoblanadi. Investitsiyalar asosida mamlakat eksport salohiyati rivojlanadi ekan, u mamlakat iqtisodiy ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat eksport salohiyatining yaxshilanishi mamlakatda baquvvat to’lov balansining shakllanishiga olib keladi hamda bu barqaror valyuta almashinuv kursining shakllanishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda investitsiyalar hajmini oshirishga qaratilgan islohatlar natijasida yillar davomida barqaror iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari kuzatilib kelmoqda (1-rasm).

1-rasm. 2016-2019 yillarda YaIM dinamikasi (foizda)


Manba: www.stat.uz O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
2016-2019 yillarda YaIM dinamikasiga e’tibor qaratilsa, bu davrda YaIM ning muttasil o’sib borganini kuzatish mumkin. YaIM dinamikasida, 2016-yilda 107,8 % o’sishni, 2017-yilda 105,3 % o’sishni, 2018-yilda 105,1 % o’sishni, 2019-yilda esa 105,6 % o’sishni tashkil qilgan. YaIM dinamikasidan ko’rish mumkin-ki, tahlil qilinayotgan davrda barqaror iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari qayd etilgan va bu mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanayotganligidan dalolat beradi.

Tahlil qilinayotgan davrda mamlakatda investitsiyalar ko’payishi dinamikasiga e’tibor qaratilsa, unda quyidagi holatni kuzatish mumkin (2-rasm).




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin