Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’yektga yo’naltirilgan d
long (uzun);
signed (ishorali);
unsigned (ishorasiz).
4ta ishorali butun sonlar: signed char, short int, int, long int va 4ta ishorasiz butun sonlar: unsigned char, unsigned short int, unsigned int, unsigned long int ishlatiladi.
Unsigned manfiy butun sonlarni ifodalaydi. Dasturda short int, long int, signed int va unsigned int nomlarni mos ravishda short, long, signed va unsigned nomlar bilan almashtirish mumkin. Bundan tashqari butun sonlarga avtomat ravishda signed int toifasi beriladi.
Tartiblangan o’zgarmaslarni ifodalash uchun enum xizmatchi so’zi orqali ifodalanadi.
Masalan, enum {one=1, two=2, three=3,f our=4}; enum {zero,one,two,three};
– agar ro’yhatda o’zgarmaslarga qiymat berilmagan bo’lsa, ularga qiymatlar 0 dan boshlab avtomat ravishda o’zlashtiriladi: zero=0, one=1, two=2, three=3.
Visual С++.NET 2005 bir nechta nostandart butun sonlarni ishlatish imkonini beradi. Masalan, long long toifasi -9 223 372 036 854 775 808 dan +9 223 372 036 85 775 807gacha oraliqdagi butun sonlarni ifodalaydi, xotirada 8 bayt joy egallaydi.
Haqiqiy toifa. С++ standarti float, doublevalong double turlari aniqlangan. Ularning hammasi ishoralidir. Hqiqiy son mantissa va tartibdan tashkil topib, mantissa sonning aniqligini, tartibi uning qiymatlar diapazonini belgilaydi. Qo’zg’aluvchan nuqtali haqiqiy sonlar avtomat arvishda double toifasi bilan beriladi. Sonlar toifasini aniq ko’rsatish mumkin, buning uchun F, f(float) va L, l(long) sufikslariniko’rsatish mumkin.Masalan,3.14F,2E+6L(long double toifasiga tegishli).
Mantiqiy toifa. Mantiqiy toifadagi kattaliklar true va false qiymatlarini qabul qiladilar. Ular arifmetik amallarda ishtrok etishi mumkin. Bu kattaliklarni butun toifaga o’girganda mos ravishda true- 1 ga false- 0 ga tenglashtiriladi.
Belgili (simvolli) toifa. C++ tilida3 ta simvolli toifa belgilangan: char, signed char и unsigned char. Har bir simvolga xotirada faqat 1 bayt joy ajratiladi: