ZAMONAVIY INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ON-LINE DARSLARNI TASHKIL ETISH
II bob. On-line ochiq kurslar haqida 2.1. Zamonaviy axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari Jahonning barcha oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim sifati, ya’ni sifatli kadrlar tayyorlash hamma vaqt ham dolzarb masala bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Sifat masalasi, ayniqsa, XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida yana ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab yurtimizda ta’lim sohasiga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga tobora keng kirib borayotgan bir sharoitda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini modernizatsiyalash, jumladan, ta’lim jarayonida rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan keng foydalanilmoqda.
Ta’lim tizimini isloh etish va uning sifatini oshirish maqsadida uning normativhuquqiy bazasi shakllantirildi, jumladan, Respublikamizda «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Mazkur normativhuquqiy hujjatlarni qabul qilishda Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «…shuning uchun ham amaldagi ta’lim-tarbiya tizimining zaif tomonlarini, zamon talablari, jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga javob bermaydigan jihatlarini chuqur tasavvur qilish, erkin, badavlat yashayotgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, o‘z o‘lkamizda yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlash dasturimizning asosiy sharti bo‘lmog‘i lozim», ayniqsa, globallashuv, axborotlashuv jadal borayotgan sharoitda xalqaro maydonda o‘zini oqlagan ta’lim modellarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan usullarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga 331 moslashtirish bo‘yicha izlanishlarni amalga oshirish hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Olib borilgan ilmiy-metodik tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ommaviy onlayn ochiq kurs (OOOK)lar juda yangi yo‘nalish bo‘lganligi sababli (ommaviy onlayn ochiq kurs termini 2008-yil birinchi bo‘lib kiritildi) kam o‘rganilgan, shunday bo‘lsada o‘rganilayotgan va tadqiq qilinayotgan muammoning nazariy va amaliy tomonlarining ayrim qirralari bilan xorijda D. Komer, S. Dauns, K. G. Skripkin, L. Breslow, D. E. Pritchard, J. DeBoer, A. McAuley, B. Stewart, G. Siemens, D. Cormier, L. Pappano, S. Mak, R. Williams, J. Mackness va D. Simenslar, respublikamizda ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkillashtirish mavzusi bo‘yicha maqola muallifi V. Hamidovlar tadqiqotlar olib borganlar. Tahlil natijalaridan ayon bo‘ldiki, oliy ta’lim tizimida ommaviy onlayn ochiq kurslardan foydalangan holda o‘quv jarayonini va professoro‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonini tashkillashtirish bo‘yicha muammolar hali yetarli darajada o‘rganilmagan.
Elektron ta’lim (ET) rivojlanishi ta’lim jarayoniga uning samarali tadbiq etilishi amaliyotini yanada kengaytirib, hozirgi zamon ta’lim paradigmasining rivojlanishida asosiy vektorlarni belgilab beruvchi zamonaviy tendentsiyalar va mavjud jahon tajribasiga diqqat bilan nazar solishni talab etmoqda. Bular orasida so‘nggi 2– 3 yilda ET rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri — OOOKlarning shakllanishi bo‘ldi, ularning asosida esa ommaviy va barchaga teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ta’lim g‘oyasi yotadi. OOOK — bu ommaviy ochiq onlayn kurslar (ingliz. — Massive Open Online Course, MOOC) bo‘lib, ular jahonning ko‘plab universitetlari tomonidan Yer sharining istalgan nuqtasida bo‘lgan har qanday insonga masofaviy texnologiyalar yordamida professor-o‘qituvchilar va yuz minglab talabalar (kurs tinglovchilari)ga erkin muloqotni tashkil qilish imkoniyatini beruvchi akademik kurslarni taqdim etadi. ОOOKning siri nimadan iborat? Nima uchun bunday noodatiy ta’lim turi ommalashib, shiddat bilan rivojlanib bormoqda? Ushbu savollarga javob berishga harakat qilib ko‘ramiz.
Tarixga nazar solsak, OOOK atamasi 2008-yilda AQShda paydo bo‘lib, ammo hozirgi ta’lim OOOK 332 yo‘nalishiga 2011-yilda Stenford shahrida yaratilgan Coursera asos solgan va u dastlab AQSHning uchta yirik universitetlarning ochiq resurslarini birlashtirdi, 2012-yilda Time jurnali fikriga ko‘ra, eng yaxshi ta’lim sayti bo‘lgan. Coursera asoschilari Endryu Ng va Dafna Koller o‘z loyihasini ommaviy onlayn o‘qitish g‘oyasida («bir dunyodan bir kurs») shakllantirib, barcha xohlovchilarga jahonning yetakchi universitetlari ma’ruzalarini tinglash imkoniyatini berdi. Ommaviy ochiq onlayn kurslar tashkil etgan tashkilotlar. Coursera rasmiy sayting umumiy ko‘rinishi Faqatgina birinchi yarim yil ichida loyihada ishtirok etish uchun 1 mln.ga yaqin tinglovchilar a’zo bo‘ldilar, 2015-yil mart oyida Coursera da deyarli 12 mln. 333 foydalanuvchilar (2015-yil 15-martda — 11 937 678 kishi) ro‘yxatdan o‘tib, Courseraning 116 hamkori taqdim etgan 984 kursda o‘qidilar, ayniqsa, 2013-yildan boshlab ko‘pgina oliy ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlarda OOOKga bo‘lgan qiziqish butun dunyoda keng tarqalib ketdi. Bu sohada 15 OOOK-maydonchalar (Coursera, EdX, Udacity va bosh.) va millionlab tinglovchilarga ega AQSh yetakchilardan biri bo‘lib sanaladi. O‘zining OOOK maydonchalarini Germaniya (Iversity) va Ispaniya (Crypt 4 you), Buyuk Britaniya 12 oliy ta’lim muassasasidan iborat Futurelearn, Yevropa Ittifoqi Open up Ed (11 universitet) ittifoqlarini yaratdilar.
Coursera rasmiy saytidagi kurslardan namunalar 334 Udacity rasmiy saytining umumiy ko‘rinishiОOOKning keng tarqalishi masofaviy texnologiyalardan maksimal foydalangan holda yangi ta’lim paradigmasining shakllanishiga va yagona transmilliy axborotta’lim muhiti yaratilishiga olib keladi. Hozirda Coursera loyihasi ishga tushgandan boshlab elektron ta’limning mashhurligi nihoyatda oshib ketdi. Shu bilan birga, onlayn-kurslarning sifati ham oshgan, uzluksiz ravishda texnologiyalar takomillashib bormoqda, materialni o‘zlashtirish va foydalanish uchun qulay bo‘lgan universal virtual muhitni yaratishga yordam beradigan turli ilovalar va platformalar ishlab chiqilmoqda. OOOK loyihalariga ishonchlilik va ahamiyatlilikning ortishi jahonning yetakchi universitetlari bo‘lgan Masachusets texnologik, Stenford, Garvard va boshqalarning ishtiroki natijasida sodir bo‘layapti. Shuni ham aytib o‘tish joizki, OOOK haqida fikrlarning har xilligiga qaramay, onlaynkurslar ommalashib bormoqda.
OOOKning uch-to‘rt yillik faol tarqalishi bir necha o‘nlab, hatto minglab kishilardan iborat auditoriyani to‘plash kabi sensatsion natijalarga olib keldi. O‘zining bepulligi tufayli ommaviy va ochiq bo‘lgan yetakchi jahon universitetlarining kurslari bo‘yicha o‘qish hozirda haqiqatga aylandi, bu esa 335 millionlab insonlar uchun yuqori saviyada uzluksiz ta’limning rivojlanishini ta’minladi hamda katta mablag‘ bo‘lmagan to‘lovlar evaziga imtihonlarni topshirib yoki yakuniy topshiriqlarni bajarib, sertifikat olishga imkoniyatlar yaratildi. OOOK tugatganligini tastiqlovchi sertifikat namunasi ОOOKning asosiy xususiyatlari ta’limning uzluksizlik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillarini amalga oshirish, tushunish uchun qulay bo‘lgan shaklga keltirib, zamonaviy ilmiy g‘oyalarni keng targ‘ib etish kabi vazifalar bilan bog‘liq: 1) ommaviylik, ya’ni kurs tinglovchilari soni cheksizligi; 2) ochiqlik, ya’ni istagan kishiga, unga qulay joyda va vaqtda bilimlarni bepul berishi; 3) kurslarning yaxlitligi, ya’ni kurslar nafaqat o‘quv material parchalari, balki amaliy mashg‘ulotlar, kommunikatsiya, olingan bilimlarni nazorat qiluvchi materillarni o‘z ichiga oladi; 4) kurs muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganda sertifikat olish imkoniyati. 336 Onlayn-kurslarda o‘qish natijalarini hisobga olish bo‘yicha harakatlar AQSHda kuzatilmoqda.
U yerda 2013-yilda Amerika ta’lim kengashi universitetlar mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va AQSH kollejlarida hisobga olish uchun tavsiya qilingan 5ta kursni ma’qulladi. Kurslar yakunida real vaqtda videokonferensiya rejimida akkreditatsiyadan o‘tgan imtihon xizmati yordamida onlayn-imtihon o‘tkaziladi. Yevrokomissiya ham VMPass loyihani virtual mobillik va ochiq ta’lim resurlar bo‘yicha o‘qishni, onlayn-mashg‘ulotlarni real mashg‘ulotlarga tenglashtirish, OOOK bo‘yicha attestatsiya natijalarini rasmiy o‘qish dasturlariga, shu bilan bir qatorda, universitet dasturlariga kiritishni qayta hisoblash imkoniyatini beruvchi o‘qish pasporti yordamida tan olinishini ma’qulladi. Loyiha onlayn-ta’limni an’anaviy ta’limga tenglashtirish va ularning diplomlarini teng ahamiyatli qilishni taklif etadi. Massachusets texnologik instituti va Garvard universitetlari tomonidan yaratilgan edX platformasida bilimning turli sohalari bo‘yicha 300 dan ortiq kurslar joylashtirilgan.
Bugungi kunda 2011–2012 yillarda AQShda start olgan, yuqorida qayd etilgan uchta platforma (Coursera, EdX, Udacity)lar auditoriyasi millionlab insonlarni o‘z ichiga qamrab oladi, ammo boshqa davlatlarda OOOK vositasida ta’limni amalga oshiruvchi o‘xshash loyihalar paydo bo‘lmoqda. Buyuk Britaniyada Ochiq universitet yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda Futurelearn platformasini yaratdi, Rossiyada Lektorium loyihasi ishga tushirildi, uning doirasi ikkita: mediateka (ochiq videoma’ruzalar) va OOOK yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda. Avstraliyaning ochiq universitetlari Open 2 Study loyihasini yo‘lga qo‘ydi, ularning platformasiga sakkizta kategoriya bo‘yicha taqsimlangan 50ta kurslar joylashtirilgan. Kanada, Yevropa Ittifoqi, Lotin Amerikada internet-maydonlar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, bu mamlakatlarning universitetlar va tashkilotlar tomonidan o‘z saytlari yoki mustaqil saytlarda taklif qilinuvchi ko‘pchilik OOOKlar mavjud. D.Simens 2012-yildagi internet nashridan birida OOOKni yaratishda qo‘llanuvchi pedagogik modellarning farqlarini tahlil qildi. Coursera va edX loyihalarining shiddatli rivojlanishiga to‘xtalib, birinchi navbatda, diqqatini OOOKning oliy ta’lim tizimidagi o‘rni, kurslarning shakllari kabi masalalarga emas, butun dunyoda 337 millionlab talabalarning hayotini o‘zgartiruvchi OOOKning ta’lim potensialiga qaratdi, bu OOOK yaratuvchilarning birinchi navbatdagi maqsadi bo‘lishi kerak, deb ta’kidladi.