Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari Kompyuter



Yüklə 459,62 Kb.
səhifə4/11
tarix15.10.2023
ölçüsü459,62 Kb.
#155665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-ma’ruza mavzu Kompyuterning arxitekturasining rivojlanish bos

Kichik kompyuterlar. Kichik kompyuterlar (mini-EXM) - ishonchli, uncha qimmat bo‘lmagan, foydalanishda qulay kompyuterlar, meynfreymlarga qaraganda bir muncha kam imkoniyatlarga ega. Mini-kompyuterlar (ulardan eng quvvatlilari supermini-kompyuterlar) quyidagi ko‘rsatgichlarga ega bo‘ladi:

  • unumdorligi – 1000 MIPS gachan;

  • asosiy xotira sig‘imi – 8000 Mbayt gachan;

  • diskli xotira sig‘imi – 1000 Gbayt gachan;

  • qo‘llanadigan foydalanuvchilarning soni – 16 – 1024.

Mini-kompyuterlarning barcha modellari 32, 64 va 128 – razryadli mikroprotsessorlar to‘plamlari asosida loyixalashtiriladi. Ularning asosiy xususiyatlari:

  • aniq tadbiq soxasidan kelib chiqqan xolda unumdorlikning keng oralig‘i;

  • axborotni kiritish-chiqarish tizimli vazifasining ko‘pchiligini apparatli joriy etilishi;

  • ko‘p protsessorli va ko‘p mashinali tizimlarni oddiy joriy etilishi;

  • uzulishlarga ishlov berishning yuqori tezligi;

  • turli uzunlikdagi axborotlar o‘lchami bilan ishlash imkoniyati;





3-chizma. Katta xisoblash mashinasining tashqi ko‘rinishi.


Mini-kompyuterlarning afzalliklariga quydagilar kiradi:



  • yuqori modulli o‘ziga xos arxitekturasi;

  • meynfreymlarga qaraganda unumdorlik/narx nisbatining yaxshiligi;

  • xisoblashlarning yuuqori aniqligi.

Mini-kompyuterlar boshqaruvchi xisoblash majmua sifatida ishlatilishga mo‘ljallangan. Ushbu majmualarga xos bo‘lgan tashqi qurilmalarning ko‘p turliligi protsessorlar aro aloqa bloklari bilan to‘ldirilgan, uning sharofati bilan tarkibi o‘zgaruvchan xisoblash tizimlarini joriy etilishi ta’minlanadi. Mini-kompyuterlarning texnologik jaroyonlarni boshqarishda ishlatishdan tashqari, ularni ko‘p foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan xisoblash tizimlarda, avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlarida, murakkab bo‘lmagan ob’ektlarni modellashtirish tizimlarida va suniy intellekt tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Xozirgi zamonaviy mini-kompyuterlarning avlodini boshlovchisi bo‘lib DEC firmasining (AQSh) PDP-11 kompyuterlari xisoblanadi va Rossiyada ishlab chiqarilgan SM EVM (Sistema Malыx EVM - EXM Kichik Tizimi) : SM-1, -2, -3, -4, -1400, -1700 va xokazo. Xozirgi vaqtda PDP-11 mini-kompyuterlar oilasiga ko‘p sonli modellarni o‘z tarkibiga oladi, VAX-11 dan VAX-3600 gachan; mini-kompyuterlarning quvvatli gurux modellariga 8000 (VAX-8250, -8820); supermini-kompyuterlarning gurux modellariga 9000 (VAX-9410, -9430) kiradilar va xokazo.
VAX modellari keng oraliqdagi ko‘rsatgichlarga ega:

  • protsessorlar soni – 1 dan 32 tagachan;

  • unumdorligi – 10 dan 1000 MIPS gachan;

  • asosiy xotira sig‘imi – 512 Mbayt dan 2 Gbayt gachan;

  • diskli xotira xajmi – 50 Mbayt dan 500 Gbayt gachan;

  • kiritish-chiqarish kanallar soni – 64 tagachan.

VAX mini-kompyuterlari shu gurux kompyuterlarining ko‘rsatgichlarining to‘liq oralig‘ini qoplaydi va ular orasidagi chegarani xamda meynfreymlar o‘rtasidaga chegarani yuuvib yuboradi.


Boshqa mini-kompyuterlardan quydagilarni qayd qilib o‘tishimiz kerak:

  • bir protsessorli: IBM 4381, HP 9000;

  • ko‘p protsessorli: Wang VS 7320, AT&T 3B 4000;

  • supermini-kompyuterlar: HS 4000, ko‘rsatgichlari bo‘yicha meynfreymlardan qolishmaydi.


Yüklə 459,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin