Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish tendentsiyasi


Hisoblash tizimlarining turlanishi



Yüklə 485,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix16.05.2023
ölçüsü485,43 Kb.
#113994
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
13.Hisoblash tizimlarining turlanishi.Avval, o‘ttiz ikki razryadli bitta protsessorli kompyuterlarning unumdorligini oshirishda 
qo‘llanilgan – buyruqlar sathidagi parallelik nima ekanligini tushuntirib o‘tamiz. Ma’lumotlarni parallel ishlash shakllari, Intel 
firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, tartib bo‘yicha firmaning ikkinchi 32-razryadli, nisbatan takomillashtirilgan Intel 486 
protsessoridan boshlab qo‘llanilgan. Buyruqlar sathidagi ushbu shakldagi parallellik – konveyer g‘oyasiga asoslangan. Intel 486 
protsessori bitta besh sathli konveyerga, undan keyin ishlab chiqarilgan dastlabki Pentium protsessori esa ikkita besh sathli 
konveyerga ega edi Protsessorlarda buyruqlarni konveyer asosida ishlash deganda, buyruqlarning bajarilish jarayoni bir nechta 
qadamlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir qadam – ma’lum bir blok tomonidan o‘zaro parallel tarzda amalga oshirilishi tushuniladi. Bu 
bloklarni esa protsessorning apparat qismi hisoblangan – o‘ziga xos qurilmalar deb qarash mumkin. - rasmda beshta blokdan 
iborat bo‘lgan, besh sathi konveyer keltirilgan. Bu bloklar - bosqichlar ham deb ataladi. Birinchi bosqich (C1 bloki) – asosiy 
xotirada yozilgan buyruqni chaqirib oladi va oraliq xotiraga, ya’ni buyruqlar registri IR-ga joylashtiradi. Ikkinchi bosqich (C2 
bloki) – buyruqni dekodlaydi, ya’ni uni qanday buyruq ekanligini va ushbu buyruqning operandalari qanday operandalar 
ekanligini aniqlaydi. Operandalar deganda buyruqni bajarilishida qatnashadigan ma’lumotlar tushuniladi. Bu operandalar – 
ishorali yoki ishorasiz butun sonlar, suriluvchi nuqtali sonlar, o‘nli-ikkilik sonlar, simvolli yoki mantiqiy ma’lumotlardan biri 
bo‘lishi mumkin.  
14.Flinn klassifikatsiyasi,
1966-yilda M. Flinn tomonidan protsessorda ishlov beriluvchi oqim yoki elementlar ketma-ketligi (buyruqlar va ma'lumotlar) 
tushunchasi bo' lgan EHM va hisoblash tizimlari arxitekturalarining klassifikatsiyalari taklif qilingan. Ma'lumotlar va buyruqlar 



oqimi soniga asoslangan ushbu klassifikatsiyalar tizimi to'rtta asosiy turga ajratiladi. SISD (single instruction stream / single data 
stream)-bitta buyruq oqimi va bitta ma’lumotlar oqimiSIMD (single instruction stream / multiple data stream)- bitta buyruq oqimi 
va ko’p ma’lumotlar oqimi)MISD (multiple instruction stream / single data stream)- ko’p buyruqlar oqimi va bitta ma’lumotlar 
oqimi MIMD (multiple instruction stream / multiple data stream)- ko’p buyruqlar oqimi va ko’p ma’lumotlar oqimi 

Yüklə 485,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin