Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonani
boshqarishning tamoyillari, maqsad va vazifalari
Korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish uchun, avvalo,
boshqaruvning maqsadlari, shuningdek, vositalari va unga
erishish usullarini aniq belgilab olish zarur. Yuqori sifatli va
raqbotbardosh mahsulotlarni eng kam xarajatlar asosida ishlab
chiqarish eng ko’p daromad olishni ta’minlab, inqirozga
uchrashdan saqlaydi hamda har bir korxonaning asosiy vazifasi
hisoblanadi. Boshqaruvning barcha vazifalari ushbu maqsad
amalga oshishiga xizmat qilishi lozim. Boshqaruvning
samaradorligiga ko’p jihatdan korxona oldiga qo’yilgan
maqsadlar va bajariluvchi vazifalarning o’zaro munosabatlari
yordamida erishiladi.
Korxonani boshqarishning maqsadlarini quyidagi turlarga bo’lib
tasniflashimiz mumkin:
* amalga oshirish muddatiga ko’ra - joriy va istiqbolli;
* ahamiyat darajasiga ko’ra - asosiy (strategik) va ikkinchi
darajali (taktik);
* boshqaruv ob’ektiga munosabatiga ko’ra - xususiy va umumiy;
* natijaga erishish darajasiga ko’ra - yakuniy va oraliq yoki
bosqichli.
Dostları ilə paylaş: |