ZAMONAVIY MIKROPROTSESSORLAR VA ULARNI ISHLATISH
PRINSIPI
Ishdan maqsad:
Mikroprotsessor (MP). Bu, Shahsiy Kompyuter(ShK)dagi markaziy blok bo’lib,
mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy
operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:
Boshqaruv Qurilmasi (BQ) – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda
bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini)
shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada
foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi,
mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
Arifmetik-Mantiqiy Qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik
va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar
ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi);
Mikroprotsessor Xotirasi (MPX) – mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida
qo’llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki,
asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur
bo’ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi;
Registrlar – uzunligi turlicha bo’la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga
teng va ish tezligi ancha past bo’lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); Mikroprotsessorning Interfeys Tizimi
– ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o’z ichiga MPning ichki interfeysi
va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish
sxemasini mujassam etadi.
Interfeys (ingl. interface) – kompyuterda mavjud qurilmalarni o’zaro ulab, ular o’rtasida aloqa
bog’lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo’ljallangan vositalar majmui
kiritish-chiqarish porti (ingl. – Input Output port) – mikroprotsessorga ShKning boshqa qurilmasini bog’lash
imkonini beruvchi ulash apparati.
Shahsiy
kompyuterlar
uchun
ishlab
chiqariladigan
integrallashgan
va
integrallashmagan protsessorlar mavjud bo’lib, CPU (Central Processing Unit)operatsiyalar
bajarish uchun bo’lsa GPU (Graphics Processing Unit)- grafik ma’lumotlarni tashish uchun kerak
bo’ladi.
Integrallashgan – CPU va GPU bitta integrallashgan platada joylashgan bo’lib
yuqoridagi rasmda ham aniq ko’rinib turibdi. Misol uchun oladigan bo’lsak Intel
kompaniyasining
yangi Core iX
turkumdagi
integrallashgan platadan foydalanilgan
Inntegrallashmagan – CPU va GPU kata integrallashgan platada alohida holatda
joylashgan bo’ladi. Bu rasmda ham chiroyli misol tariqasida keltirilgan.
Endi ularning texnik ko’rsatkichlari haqida fikr yuritsak. Ularni qo’ldan kelgancha
keltirib o’tsak
•
Mikroprotsessorning arhitekturasi;
•
Mikroprotsessorning yadrolar soni (Core);
•
Mikroprotsessorning chastotasi (GHz);
•
Mikroprotsessorning kesh xotirasi (Chache);
•
Mikroprotsessorning o’lchamli texnologiyasi (nm);
•
Mikroprotsessor shinasining chastotasi (FSB);
•
Mikroprotsessor controller bilan bog’lanish tezligi (QPI); va boshqalar
Mikroprotsessor arxitekturasi – foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy
tuzilish bo’lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bo’ladigan funktsiyalarning apparatlar va dasturlar
vosita amalga oshirilishiga ko’ra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab
beradi. x86(x32) va x64 kabi ifodalarga ko’plab duch kelammiz va shu protsesorning
arhitektusining belgisi hisoblanadi
Mikroprotsessorning yadrolar soni- parallel ravishda ma’lumotlarni qayta ishlovchi
ko’rsatkichi bo’lib bu qancha ko’ sinli bo’lsa kompyuter ma’lumotlarni tezroq qayta ishlashga
erishadi. Bu ikkaga karrali ravishda o’sib boradi. Masalan 1,2,4 va hokazo
Mikroprotsessorning chastotasi – bu kompyuterning taktik tezligi bo’lib, hozirgi kunda GHz
larda o’lchanmoqda (operatsiyalar soni / sekund ) sekundiga sodir bo’la oladigan amallar soni.
Bu ko’rsatkich qancha yuqori bo’lsa ko’p funktsiyali dasturlar va o’yinlarda qo’lkeladi.Hozirgi
kunda normar chastota 2.5GHz-
3.6 GHz atrofida qo’llanilmoqda. Lekin odatda bu parametr uncha katta qiymatda
ishlamaydi. O’rtacha 400-1000 MHz qismini ishlatiladi. Bazan esa 100 Mhz ham ishlab
turaveradi.
Mikroprotsessorning kesh hotirasi – Kompyuter platasidagi yagona sinxron ishlovchi
hotira qismi bo’lib operatsiyalarning ehtimolligini bashorat qiluvchi va opratsiyalarni ketma
ketlik algoritmini saqlab turuvchi vazifasini o’taydi. Bu hotira hozirgi kunda 3 bosqichdan iborat
bo’lib L1,L2 va L3 deb belgilanadi. Optimal variant L2 bosqich 2MB L3 bosqich esa 4-6MB
bo’lib kelmoqda.
Mikroprotsessorning o’lchamli texnologiyasi – Bu bo’lim protsessorning quvvat
sarflaydigan parametrini ifodalab uning mikro ko’rinishdagi holati haqida ahborot
beradi.Masalan hozirgi kunda 40-9 nm lik ashyolardan foydalangan holda mikroprotsessorlarni
yasab kelishmoqda.
Mikroprotsessor shinasing chastotasi – Bu protsessorni controller va RAM bilan
bog’lovchi transport hisoblanadi. Ko’zga ko’ringan holatlari 1333MHz 2666 MHz.
Mikroprotsessor va controller va boshqa mikrosxemalar bilan bog’lanish tezligi- Parallel polosali
uzatish liniyasi bo’lib ma’lumotlarni Core-Core va CoreChipset yo’nalishda tashiydi Hozirgi
kunda 5.6-25.6 GT/s normal hisoblanadi.
Intel,
AMD ,Motorola
kompaniyalari
ozlarining
turi
hil
mikroprotsessorlarini ishlab chiqarmoqda. Yetakchilari Intel va AMD bo’lib hozirda juda
kuchli protsessorlari mavjud. Intel firmasining Celeron, Pentium, Core iX ,Xeon markali ;AMD
firmasining
Ryzen, Athlon, A-Series,
G-Series, R-Series, Epyc va shu kabilari.
Endi birorta Intel protsessorini ko’rib chiqsak misol uchun Intel Core i9 9900 seriyasi
10 yadroli, 3.5 GHz va max 4.4GHz lik CPU, 19.25 MB smart kesh hotira, QPI 8GT/s,
Quvvati 165 W. Arxitekturasi x86 x64
AMD firmasining AMD Ryzen Threadripper 3990x markali protsessorini ko’rib chiqsak
Yaderlar soni-64 ta, Potoklar soni 128 ta, bazaviy chastota-2.9 GHz, max chastota–4.3GHz
L1=4MB, L2=32MB, e’tibor bering L3=256MB(AMD EPYC 7742 da ham shunday), shina
chastotasi=3200MHz, arxitekturasi x32 x64 . Bu firmaning yana bir a’zosi bo’lmish AMD EPYC
3000 bir hususiyati bilan lol qoldiradi. Uning integrallashgan tizimi yordamida e’tibor bering 4
kanalli
(DDR4) 1TB gacha RAMni qabul qila olar ekan, bu shunchaki mo’jiza.
Dostları ilə paylaş: |