Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
89
Qadriyatlarning quyidagi turlarini ta’kidlab o‘tish lozim:
1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.
2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo‘ladigan axloqiy qadriyatlar.
3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnat malakalari va ko‘nikmalari, 
bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyon bo‘ladigan qadriyatlar.
4. 
Odamlar o‘rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, xayrixohlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlarda 
namoyon bo‘ladigan qadriyatlar.
5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.
Qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy 
qadriyatlar jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy qadriyatlar, ijtimoiy 
ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqa qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar haqiqiy qadriyatlarning namoyon bo‘lish vositalaridir (masalan, hayotda kerak 
bo‘ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmat qiladigan, o‘zi yaratgan, suyanadigan va qo‘llab-
quvvatlaydigan qadriyatlar dunyosining kengayishi, boyish va takomillashish tarixidir. Insoniyat o‘zining 
kundalik mehnati bilan yaratayotgan sun’iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz yaratayotgan ushbu moddiy 
va ma’naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi qadriyatlardir. Milliy g‘oyaga asoslangan qadriyatlar va 
qadriyat mezonlari kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga solish va to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi. 
Bunday o‘ziga xos boshqarishning samaradorligi kishilarimizning milliy g‘oya bilan bog‘liq qadriyatlar 
olamini bilishiga bog‘liq.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam ma’naviy immunitetli, o‘zining fikrlarini ravon ayta oladigan, 
yuqori marralarga erishuvchan avlodni tarbiyalash uchun ota-ona, oila muhiti juda katta ahamiyat kasb 
etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyosini 
zaharlashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o‘zining kimligini, qanday 
bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, iymon-
e’tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta’sirlardan, balo-qazolardan 
saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo‘ladi. Farzandlarimizga shunday tarbiya 
beraylikki, ular o‘z ota-bobolariga, o‘z tarixi, vatani, ona tiliga, millati, diniga va an’nalariga sodiq bo‘lib 
kamol topishsin.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin