Annotation.
The article reflects the characteristics of modern teaching, interactive techniques, the role
and impact of innovative technologies, technological map. Also, the basic principles, ways, methods, forms,
means of effective organization of the educational process are identified. The most important thing is given
scientific recommendations on the innovative activity of the teacher and educational technology.
Key words:
teacher, ethical perfection, competence, innovative activity, competition, creativity,
patriotism, intellectual potential, creativity.
Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishni muvaffaqiyatli hal etish o‘qituvchiga, uning g‘oyaviy e’tiqodi, kasb
mahorati, iste’dodi va madaniyatiga bog‘liq. Bu g‘oyat murakkab va mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda
o‘qituvchi qanday o‘qitish kerakligini nazariy-amaliy jihatdan bilishi lozim. Ma’lumki, o‘qituvchining
pedagogik mahorati, asosan, darsda ko‘rinadi. O‘qituvchilik – katta san’at. Bu san’atga –o‘qituvchilik
kasbiga, chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan,
o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasi, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi,
mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollangan haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar insonlargina
erisha oladilar. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘qituvchining shaxsiy fazilatlari: axloqiy barkamollik, ya’ni
saxovatpeshalik, mehribonlik, talabchanlik, ma’naviy poklik, qanoatlilik, rostgo‘ylik, sadoqatlilik, pokizalik,
ziyraklik, andishalilik, vazminlik, sabr-bardoshliligi bilan birga uning kasbiy fazilatlari: o‘z sohasining
puxta bilimdoni bo‘lib, o‘zining nutq madaniyatiga ko‘ra tevarak-atrofdagi insonlarga namuna bo‘la olishi
muhimdir.
Tabiiyki, mohir o‘qituvchi o‘zining shaxsiy faoliyatini o‘zi tahlil etib boradi. Pedagogik kompetentligini
rivojlantirish uchun faoliyati davomida pedagogik vazifa va maqsadlarini o‘zgartirib, yangi vazifalarni
qo‘llash asosida o‘quvchi shaxsiga mohirlik, donolik, ijodiy dadillik, chuqur ilmiy tafakkur bilan yondashadi.
Pedagogik mahorat va kompetentlik o‘qituvchidan qat’iyat, tirishqoqlik, tadqiqotlarni olib borishga intilish,
yangi vaziyatga moslashish, samimiylik, to‘g‘rilik, halollik, kuch, o‘tkir aql-idrok talab etadi.
|