Keywords :
socialization, creativity, parent, environment, education, upbringing, manners, care, family, makhalla. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Uzluksiz
ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, o‘qitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-
bosqich tatbiq etish”
33
kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini
ijtimoiylashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillarini aniqlashtirish, o‘smirlar ijtimoiylashuvi
mazmunini takomillashtirishni taqozo etadi.
Globallashuv jarayoni shaxsni ochiq ijtimoiy muhitda, jamiyatning barcha tarbiyaviy tuzilmalari –
umumiy o‘rta ta’lim maktabi, oila, mehnat jamoalari va jamoatchilikning bir-biri bilan ijodiy uzviy aloqa
qilish asosida tarbiyalashni muhimlashtirmoqda. Ijtimoiy muhitning ta’sirida shaxs shakllanib borar ekan,
bu jarayonni tavsiflash uchun “ijtimoiylashuv” tushunchasi ishlatiladi.
Ijtimoiylashuv shaxsning hayoti mobaynida o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning ijtimoiy me’yorlari va
madaniy qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonidir. O‘smirlik davri o‘ziga xos bo‘lib, o‘smir hayotida jiddiy
o‘zgarishlar ro‘y beradi, uning ruhiyati qayta shakllanishiga, tengdoshlari o‘rtasida munosabatlarning yangi
shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. Unga nisbatan katta avlod vakillari tomonidan yanada jiddiyroq talablar
qo‘yila boshlaydi. O‘smirlik yoshida o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?”savoliga
javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda
shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik
oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi.
33
“Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш
тўғрисида”ги ПФ-5712-сон фармони