“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
4
FARZAND TARBIYASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY
QADRIYATLARNING O
‘
RNI
Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yеtuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan,
mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning
taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga yеtkazish
vazifasini izchil davom ettirish mas’uliyati,
eng avvalo, oila zimmasidadir.
Ma’naviy-ruhiy sog‘lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog‘lom va ahil
oila mehnatining samarasi
sifatida qarab, oilada o‘zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma’naviy qadriyatlar muhitini
shakllantirish bugungi kunda har birimizning vazifamiz hisoblanadi. Bu vazifani
bajarishda milliy va
umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni judayam katta.
Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini
avloddan avlodga o‘tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz,
har
bir jamiyat, davlat o‘zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy
etmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni
ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida:
Dostları ilə paylaş: