Zamonaviy pedagogik-innovativ metodlar – ta’lim sifatining kafolati



Yüklə 23,65 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü23,65 Kb.
#39205
Rakhmatullaeva Laziza TDJU


Zamonaviy pedagogik-innovativ metodlar – ta’lim sifatining kafolati

Rakhmatullaeva Laziza,

2nd year student of Primary school teaching faculty,

Jizzakh Pedagogical Institute

Mustaqillik sharofati ta’lim mazmunida, ta’lim tizimida mislsiz erkinliklarni yuzaga keltirdi. Umumiy o’rta ta’lim uchun chiqarilgan qaysi bir darslikni varaqlasangiz tarix ko’zgusini ko’rasiz. Ajdodlarimiz o’gitlari, xalqimizning butun bo’yi basti, Vatanimizning bosib o’tgan shonli yo’li o’z aksini topgan.

Bugungi kunda xalq ta’limi sohasida chet tillarini o’qitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadda davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorga muvofiq, joriy yilda 1-sinflar uchun “Kid’s english”, “Deutsch Macht Spab”, “Hirondelle” ingliz, nemis va fransuz tillaridagi darsliklar katta miqdordagi adadlarda qayta nashr etildi. Shu bilan birga, o’qituvchilar uchun 22ming nusxa uslubiy qo’llanmalar va multimediali ilovalar ham chop qilindi.

Mamlakatda xorijiy tillar o’rganilishi ko’p omillarga bog’liqdir. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy salohiyati va uning xalqaro miqyosdagi munosabatlari hamda hududiy va global tarmoqqa aloqadorlik darajasi xorijiy tillarmi o’qitish masalalariga hamda ularning o’rganish ketma-ketlik tartibiga ham ta’sir etadi. Xorijiy tillarni o’rganish jarayonida birinchi chet tili sifatida ko’pincha “foydalilik mezoni” bo’yicha eng muhim bo’lgan til ustuvor hisoblanadi bugungi kunda ingliz tili Lingua franca sifatida bunga misoldir.

Yevropadagi kabi “yevropacha ko’p tillilik ” tushunchasi ostida kamida ikkita zamonaviy xorijiy tilni o’rganish maqsad qilinsa unda navbatdagi chet tillarni o’rganish uchun birinchi chet tilining ahamiyatiga yanada ko’proq e’tibor berilishi lozim. Bu ayniqsa, bolalar bog’chalari, tayyorlov maktablari yoki boshlang’ich maktablarida birinchi chet tilini o’qitish uchun muhim sanaladi, chunki birinchi chet tili navbatdagi xorijiy tillarni o’rganishga yo’l ochib berishi lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiya­­­­—ta’lim berish va o’zlashtirish usullarini yaratib qo’llashlarni yagona tizimga keltirish yo’li bilan inson salohiyati va texnik vositalarning barcha imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, bilimlar o’zlashtirishning eng maqbul jarayonidir.

YUNESKO tashkiloti tomonidan ta’riflanishicha zamonaviy metodlardan foydalanib chet tilini o’qitishni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.

Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikmalar, bilimlar va malakalar hosil qilish, shuningdek o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma, malakalar darajasini belgilash biz bo’lajak kadrlardan yuksak pedagogik mahorat hamda chet tilini o’qitish darslarida mavzularga nisbatan yangicha yondashuvni talab qiladi. Zamonaviy metodlar o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv hususiyatga ega bo’lib, ya’ni har bir pedagogik ta’lim jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda tashkil qiladi.

Masalan quyidagi hususiyatlarni qo’llanilishini aytib o’tsak bo’ladi.


  • Ingliz rus tili darsini har bir mavzusini tushuntirishning samaradorligini oshirish;

  • O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik masalasi;

  • O’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlashni shaklllantirish;

  • O’qituvchiga iloji boricha talaffuzni to’g’irlanishi uchun o’rganilayotgan til ya’ni ingliz, rus tilida murojaat qilishni o’rgatish, odatlantirish

  • O’quvchilar imkoniyatini ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratish.

  • Dars jarayonida demokratik va insonparvarlik g’oyalariga erishishni kafolatlash.

O’quv materialini o’quvchilar tomonidan tushunilishi va tatbiq qilinishi quyidagi mezonlarga asoslanadi.

Chet tilini o’qitishda “to’g’ri metod”dan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Ushbu metoddan ko’zlangan asosiy maqsad chet tilini amaliy jihatdan o’rganishdir. Ona tilini o’rganish shart-sharoitlari “to’g’ri metod”da qabul qilingan. “To’g’ri metod”ning zamonaviy ko’rinishlaridan biri audiolingual va audiovisual metodlari ko’p tarqalgan.

Audiolingual metodini asoschilarining fikriga ko’ra chet tili amaliy va ta’limiy maqsadda o’rganiladi.

Nutq faoliyati turlarini o’rganish tartibi quyidagicha kechadi: tinglab tushunish, gapirish, o’qish, yozish.

Audiovizual metodi namoyondalari biz uchun mavzularda erkin fikr yuritish uchun 1500ta so’z tanlaganlar.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, til o’rganish kishilik jamiyatida bag’oyat muhim soha hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonimizda tillarni bilish ko’p tillilik ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Shunga asoslanib, ta’lim tizimida xorijiy tillarni o’qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish ham pedagogning mahoratidan dalolat beradi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  1. I.A.Karimov Barkamol avlod orzusi, Toshkent, 1998

  2. Taylaqov N.I, Usmonov M.S Uzluksiz ta’lim ilmiy-uslubiy jurnali, 5-son, 2013-yil, Toshkent, 2013

Yüklə 23,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin