Modulli o'qitish samaradorligi quyidagi omillarga bog'liq:
ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
malakali professor-o'qituvchilar tarkib darajasi;
talabalar tayyorgarlik darajasi;
kutiladigan natijalar ko'rsatkichlari;
didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga,
modullar natijasi va tahliliga.
Modulli o'qitish fanning asosiy masalalari bo'yicha umumlashtirilgan ma'lumotlar beruvchi muammoii va yo'nqli ma'razalar o'qilishini taqozo etadi. Ma'ruzalar talabalaming ijodiy qobiliyatim rivojlantirishga qaratilmog'i lozim.
Modul amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari, ma'ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma'ruzalar mazmunini o'rganiladigan yangi material bilan to'ldirishi kerak.
Modulli o'qitishnmg samaradorligini oshirishga erishish uchun quyidagi usullarni qo'llash mumkin:
muammoli muloqotlar;
evnstik suhbatlar;
o'quv o'yinlari;
loyihalash va yo'naltiruvchi matnlar va hokazo.
Modulli o'qitishda talabalarni o'z qobiliyatiga ko'ra, bilim olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Modulli yondashuv o'qituvchi uchun ma'lum darajada darslik funksiyasini bajaruvchi o'quv qo'llanmalar va o'quv materiallarini ishlab chiqishda ham qo'llanishi mumkin. Maxsus fanlar bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish va o'quv amaliyotlarini o'tkazishda qo'llaniladigan o'quv materiallari bo'yicha namunaviy modullar 1 va 2-ilovada keltirilgan. Ushbu o'quv materiallarining afzalligi shundaki, modul bo'yicha amalga oshiriladigan har bir faoliyat turi xaritalar ko'rinishida berilib, ular asosan talabaning mustaqil ravishda amaliy ishlarni bajarish, tajribalar o'tkazishga yo'naltirilish imkoniyatini beradi.
Hisobot: Talabalarga modulli o'qitish usuli to`g`risida hisobot tayyorlaydilar.
Talaba seminar mashg`uloti bo`yicha hisobot tayyorlaydi va uni o`qituvchiga taqdim etadi.