106
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn
konferensiya
O`ZBEKISTONDA BOSHLANG`ICH TA`LIMNI RIVOJLANTIRISHNING
ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Norbekova Zebo
1
O`ralova Mehriniso
2
1
Termiz tumani 17-maktab o’qituvchisi
2
Termiz Davlat Universitetining
Pedagogika instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6559965
Annotatsiya: Bu maqolani yozilishidan maqsad, boshlang`ich ta`limni
zamonaviy usullar yordamida rivojlantirib borishda boshlang`ich ta`lim
o`qituvchi va o`quvchilarining o`rni haqida yoritib berishdan iborat.
Kalit so’zlar: Zamonaviy ta`lim, boshlang`ich ta`lim, tendensiya, ta`lim tizimi,
tafakkur, o`qituvchi, o`quvchi,
ko`nikma, ong, tarbiya, ona tili, matematika.
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi o`quv - bilim jarayonining rahbari
hisoblanadi. Shu sababdan, boshlang`ich sinf o`qituvchisi jarayonga to`g`ri
rahbarlik qilish uchun, chuqur bilimga ega bo`lishi kerak. Shu bilan birga yuksak
kasb mahoratiga ega bo`lishi lozim. O`qituvchi ko`p jihatdan o`quvchiga
o`rnakdir. Shuning uchun ham u birinchi navbatda bolani o`ziga
jalb eta olishi
kerak. Yangilanayotgan boshlang`ich ta`lim nazariyasi o`qituvchining shaxsiy
sifatlari, kasb mahorati va bilim darajasini diagnostika qilish asoslarini ishlab
chiqishi lozim. Tekshirish natijalari asosida boshlang`ich sinf o`qituvchilarini
tayyorlash va qayta tayyorlash va ta`lim amaliyotiga joriy etilishi kechiktirilib
bo`lmaydigan
vazifalardan
biridir.
Boshlang`ich
maktab
yoshidagi
o`quvchilarning ta`lim faoliyatini yaxshilashning eng samarali shakli – bu
o`qituvchining bilimliligi va mahoratida. Shu sababli avvalo ta`lim sifatini
yaxshilashning yo`li birinchi navbatda kasbini
sevuvchi hamda mahoratli
o`qituvchi tayyorlashda. O`qituvchi mahoratli bo`lsa , albatta o`quvchilar bilimli
va har tomonlama yetuk bo`ladi. Buning uchun avvalo o`qituvchining o`zi har
tomomlama barkamol bo`lishi talab etiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “
Yangi O`zbekiston strategiyasi” kitobida shunday so`zlarni ta`kidlab o`tgan “
Jonajon Vatanimiz – O`zbekistonni eng rivojlangan davlatlar, qatoriga olib
chiqish sharafli va ayni paytda nihoyatda mas`uliyatli vazifa” . Biz rivojlangan
davlatlar qatoriga olib chiqishimiz uchun ta`lim tizimiga katta e`tibor
qaratilyapdi. Buning dadili sifatida O`zbekiston hududining har bir viloyatida
“Prezident maktablari” qurilayotgani.
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim jarayonida o`quvchilarni
rivojlantiruvchi
xarakterga ega bo`lgan ta`lim tizimi tadbiq qilingan. Unda kichik maktab
yoshidagi o`quvchilar o`z yosh xususiyatlari, tafakkuri hamda ruhiy darajalarini
107
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga kirishadilar. Kichik maktab
yoshidagi bolalarda o`qish hamda o`rganishga qaratilgan faoliyatning
shakllanishida, har bir o`quv predmeti bo`yicha
nazariy bilimlarni egallash
jarayonida ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi. Bu ong va tafakkur
o`z
xarakteriga ko`ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni
o
`zlashtirish natijasida
vujudga kelgan ong va tafakkur bo`lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy etishini,
dunyoqarashining rivojlanishini ta`minlaydi. Shu asosga ko`ra, boshlang`ich
ta`limning bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim olishga,
o`rganishga qaratilgan faoliyatni shakllantirish. Va shu asosida ularni
tarbiyalash hamda shaxsiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishdan iborat. Kichik
maktab yoshidagi o`quvchilarning rivojlanishida o`yin, sport, ijodiy faoliyat ham
muhim o`rin tutadi. Lekin o`qish, o`rganish, ya`ni ta`limiy faoliyat boshqa barcha
faoliyat turlarini muayyan bir maqsadga- bolani
mujassam rivojlantirish
maqsadiga yo`naltirishi lozim.
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim uchun istiqbolli, ustuvor yo`nalishlardan biri
bu shaxsning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida
rivojlantirishdan iboratdir. O`quvchilarda har tomonlama rivojlangan shaxsni
tarbiyalashga yo`naltirilgan tarbiya jarayonidir. Bugungi kunda o`zida ta`lim va
tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang`ich ta`lim jarayonini tashkil
etish dolzarb mavzulardan biridir. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarni
o`qitish va ulardan milliy hamda umuminsoniy tarbiya elementlarini singdirish
yo`li amaliy jihatdan tadbiq qilinishi lozim. Bunda o`quv materiali shaklida
berilgan ta`limiy matnlarda o`quvchilarda turli shakllarda axloqiy – ma`naviy
tarbiya
va milliy nafosat meyorlarini, diniy hamda umuminsoniy qadriyatlarni
singdirish nazarda tutiladi. Boshlang`ich ta`lim jarayonida ona tili va matematika
ta`limining ahamiyati beqiyosdir.
O`quvchilarning salomatligi ta`limning samaradorligini ta`minlaydi. Ularning
o`qishi va dam olishini tashkil etish. Ta`lim vositalarining mazmunini aniqlashda
bolaning yoshi bilan bog`liq tarzda jismoniy hamda aqliy rivojlanishi hisobga
olinishi zarur. Bu o`quvchilarning yaxshi bilim olishiga va
jismoniy rivojlanishiga
yordam beradi.
Xulosa zamonaviy boshlang`ich ta`lim uchun istiqbolli, ustuvor
yo`nalishlardan biri bu –o`quvchilarning yetuk shaxs sifatida rivojlanishi hamda
milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosidan iboratdir. Boshlang`ich sinf
o`qituvchilari va o`quvchilarining zamonaviy ta`limda o`rni haqida o`rganishda
ushbu maqoladan foydalanishni talaba, ilmiy izlanuvchilar hamda boshlang`ich
sinf o`qituvchilari uchun tavsiya etiladi. Zamonaviy ta`limning o`rni O`zbekiston
yoshlarining kelajagidir.
108
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. SH. M. Mirziyoyev. Yangi O`zbekiston strategiyasi.
2. Shavkat Mirziyoyev. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan
quraylik”. Toshkent. “O`zbekiston”. 2017. F.Xaliqov, N. Isakulova. “Umumiy
pedagogika”.
3. R. Mavlonova, N. Rahmonqulova. “Bosjlang`ich ta`limda
pedagogika,
innovatsiya, integratsiya”.
4. “G`afur G`ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi”. Toshkent-2013.
5. A`zam Xoliqov. “Pedagogik mahorat”. “Tafakkur bo`stoni”. Toshkent-2011.