EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION Innovative Academy Research Support Center
Open access journal
www.in-academy.uz
Volume 1, Issue 2 February 2023 ISSN 2181-2020
Page 59
Zamonaviy avtomobillarda uzatmalar qutisi uzatmalarni shovqinsiz, zarbsiz ulash,
boshqarishni yengillashtirish, ishonchli ilashishni ta’minlash va ishlash muddatini oshirish
maqsadida har xil konstruksiyali mexanizmlar qo‘llaniladi.
Uzatmalar qutisida haydovchining qo‘l kuchi bilan ishlatiladigan mexanik qurilmali
almashtirib qo‘yish uzatmalari keng tarqalgan. Mexanik qurilmali almashlab qo‘shish
yuritmalari vositali va bevositali turlarga bo‘linib, richagli, richag-tortqili, richag-trosli, richag
valli bo‘ladi.
Ish avvalida uzatmalar qutisidagi moy to‘kilgan bo‘lib, ish joyi, asbob-uskunalar moy
bo‘lishi va to‘kilishiga yo‘l qo‘yilmasin, bu sirpanib yiqilish yoki qo‘lni shikastlanishiga olib
keladi. Moy to‘kilgan hollarda darhol yog‘och qirindi sepilib, quruq holatga kelguncha tozalab
olinsin va artilsin. Uzatmalar qutisi moslama yoki maxsus stendga ishonchli mahkamlansin.
Asbob-uskunalar o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatilsin. Qo‘zg‘aluvchi detallarni olishda va o‘rniga
qo‘yishda qo‘lni qisib qolishdan ehtiyot bo‘ling.
Podshipniklarni chiqarishda moslamani to‘g‘ri joylashtirib, vintni siltamasdan burashga
harakat qiling. Pressda chiqarish imkoniyati bo‘lsa valni tik holatda bo‘lishini ta’minlang. Agar
val holati o‘zgarsa, pressni to‘xtatib, bosuvchi gidrotsilindrni orqaga qaytarib, valni qaytadan
tik holatga keltirgach chiqarishni davom eting. Valdagi shlitsalarni zarbadan saqlang, aksincha
shesternyalarni chiqarish va kiritishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Rezbali birikmalarni ko‘rsatilgan burash momentidan ortiq mahkamlamang, bu boltni
uzilib ketishi va shikastlanishga sabab bo‘ladi. Urib chiqarish va kiritish moslamalarini to‘g‘ri
yo‘naltiring. Uni zarba berish joyidan 25-50 mm pastroqdan ushlang. Bolg‘a dastagi ishonchli
o‘tqazilgan bo‘lib, toza va quruq holatda ishlatilsin. Yaroqsiz - asbob uskunalardan foydalanish
man etiladi, bu xavfsiz ishlashning asosiy tamoyili bo‘lib, unumli ishlashga imkon beradi.
Asboblarni ishlatishda ularni toza bo‘lishi va o‘z joyiga qo‘yilishiga odatlaning. Har
qanday ishni bajarishda shoshilib, chala bajarmang. Ehtiyotkorlik baxtsiz hodisa va
shikastlanishni oldini oladi, buni unutmang!